А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit
O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari
Download 491.92 Kb.
|
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- T O‘ R T I N CH I B O B KREDITNING BAHOSI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR 4.1. Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi
O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari
Kredit turlari nima va uni tasniflashda oltita mezonning qaysilaridan foydalanish mumkin? Kredit ta’minlanganligiga ko‘ra qanday turlarga ega? Kredit tarmoq xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga ega? Kredit ob’ektiga ko‘ra qanday turlarga ega? Kredit muddatiga ko‘ra qanday turlarga ega? Kredit to‘lovligiga ko‘ra qanday turlarga ega? Kredit foizining mazmuniga ko‘ra qanday turlarga ega? 8. Qaysi mezonlar bo‘yicha kreditning shakllarini ajratish mumkin? 9. Kreditning qaysi shakllari qiymatlar bilan bog‘liq holda ajratiladi? 10. Kreditning qaysi shakllari kreditor va qarz oluvchi bilan bog‘liq holda ajratiladi? 11. Kreditning qaysi shakllari qarz oluvchining maqsadli talablari bilan bog‘liq? T O‘ R T I N CH I B O B KREDITNING BAHOSI VA UNGA TA’SIR QILUVCHI OMILLAR 4.1. Kredit bahosi va uning shakllanish mexanizmi Iqtisodiyotda banklar tomonidan beriladigan kreditlar uchun iqtisodiy asosga ega bo‘lgan bahoni belgilash kredit operatsiyalarning samaradorligi, kredit va unga hisoblangan foizning o‘z vaqtida qaytarilishi bilan bog‘liq. Kredit bahosi – bu vaqtincha muddatga berilgan qiymatdan foydalanganligi uchun qarz oluvchi tomonidan kreditorga to‘lanadigan o‘ziga xos to‘lovdir. Bankda kreditning to‘lovchisi ham ta’minot manbai ham mijozlar bo‘lib hisoblanadi. Kredit bahosi tuzilgan shartnomadagi belgilangan foiz stavkasi va qo‘shimcha to‘lovni tashkil etadi. "Kredit bahosi" atamasi tarixan kredit operatsiyalarning samaradorligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkich sifatida qadimgi davrdan kurtaklanib shakllana boshladi. Bu davr ichida u ajib va mazmunli yo‘lni bosib o‘tdi, uning rivojlanish davrida bir qator maktablar (konsepsiyalar, yo‘nalishlar) takomillashdi, u atrof muhit va inson ongida aks etishi borasidagi tasavvurlar klassik, ma’muriy, psixologik, axloqiy va ruhiy jihatdan bir-biriga mustahkam bog‘lanishi bilan birga bank sohasining ehtiyojlariga mos ravishda parallel rivojlandi. Qadimda yashab o‘tgan faylasuf Platon "Siyosat yoki davlat" nomli asarida "... mijozlarga kredit faqat ishonch asosida va foizsiz shaklda berilishi maqsadga muvofiq" yoki faylasuf Arastu esa "... pul pulni yaratmaydi, foiz daromad keltirmaydi" degan mazmunni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu qarashlar qadimgi davr talablariga muvofiq kelishi mumkin. Sudxo‘rlik rivojlangan davrda bu kabi fikrlar jamiyatning rivojlanishida tabaqalanishning cheklanishiga xizmat qilgan. J. Keys "foiz normasi – bu qarzdorning kapitaldan foydalanganligi uchun to‘laydigan foydasidir", I. Fisher esa "foiz normasi – bu pulda ifodalangan va bir yildan so‘ng to‘lanadigan foizning mukoftidir" degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu kabi qarashlar kredit bahosining asosini tushuntirib berishga va uning mohiyatini ochishga yordam bera olmaydi, uning mazmunini ssuda kapitalidan emas, balki kreditlash jarayonidan qidirib topish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Muallif foiz to‘lovlarini daromadning bir ko‘rinishi sifatida emas, balki uni daromadning umumiy ko‘rinishi sifatida ifodalab bergan. Fikrimizcha, foiz to‘lovining manbai – bu qo‘shilgan qiymatdir. O.I. Lavrushin "ssuda foizi – bu vaqtinchalik muddat ichida ssudadan foydalanishdan olinadigan o‘ziga xos to‘lov" degan mazmunni qo‘llab-quvvatlaydi. Muallif kredit bahosining mikro- va makrodarajadagi omillar ta’sirida shakllanishini guruhlarga ajratib tushuntirib bergan. T.M. Qoraliev "pul bozorida kreditga bo‘lgan talab va taklif mujassamlanadi va uning zamirida baho, ya’ni ssuda foizi shakllanadi" degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Bunda muallif ssuda foizi darajasini pul-kredit instrumentlarining ta’sirida shakllanishini e’tirof etadi. SH. Abdullaeva esa kredit bahosini berilgan mablag‘lar bahosi bilan kredit operatsiyalari bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati asosiy mezon sifatida xizmat qilishini e’tirof etadi. Kredit bahosi o‘zining shakllariga ko‘ra tijorat krediti bo‘yicha foiz, bank krediti bo‘yicha foiz, iste’mol krediti bo‘yicha foiz, lizing shartnomasi bo‘yicha foiz, davlat krediti bo‘yicha foiz; kredit tashkilotlari bo‘yicha Markaziy bank hisobiga foiz, lombard krediti bo‘yicha foiz, bank krediti bo‘yicha foiz; investitsiyalar turi bo‘yicha aylanma mablag‘lar uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz, asosiy fondlar uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz, qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun berilgan kredit bo‘yicha foiz; kreditlash muddati bo‘yicha qisqa muddatli ssuda foizi, o‘rta muddatli ssuda foizi va uzoq muddatli ssuda foizi; kredit tashkilotlarining operatsiyalari bo‘yicha depozit foizi, ssuda foizi, banklararo kredit foizi kabi turlarga bo‘linadi. Kredit tashkilotlari ssudani asosan o‘zining mablag‘lar hisobidan emas, balki jalb qilingan mablag‘lar hisobidan ajratadi. Vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qayta taqsimlashdagi vositachilik faoliyati uchun bankning olgan daromad kompensatsiya rolini bajaradi. Bank aktivlari zimmasidagi majburiyatlarning bajarilmaslik riski omonatchilar o‘zining passivlari oldidagi majburiyatlarning bajarilmaslik riskining oshishiga olib keladi. Demak, bank ssudalar bo‘yicha to‘lay olmaslik riskini o‘z zimmasiga oladi. Foiz siyosati nafaqat pul-kredit siyosatini muvofiqlashtiradi, hatto kredit munosabatlarini boshqarishda ham ustuvor iqtisodiy dastak vazifasini bajaradi. Bank foizining shakllanish mexanizmi deganda ssuda foizi siyosatini olib borishda va uni amaliyotga joriy qilishda qo‘llaniladigan vositalar va choralar majmui tushuniladi. Ularning ayrimlari quyidagilar hisoblanadi: foiz darajasini shakllantirish usuli; foiz stavkalarini tabaqalashtirish mezonlari; Markaziy bank tomonidan foiz me’yorlarini muvofiqlashtirish usuli; foizlar bo‘yicha to‘lovlar va undirishlar tartibi; foizni to‘lash manbalari; qarz oluvchilar manfaatlarini himoya qilish tizimi bilan foiz o‘rtasidagi bog‘lanish; kredit tashkilotining daromadlari va xarajatlarini shakllantirishda foizning o‘rni. Bu mexanizm, bir tomondan, foizni tovar ishlab chiqarishning iqtisodiy kategoriyasi sifatida ifodalasa, ikkinchi tomondan, uning foiz siyosatini olib borish bilan o‘zaro bog‘liq ekanligini ifodalaydi. Amaliyotda aksariyat hollarda uning iqtisodiy tabiatiga qarama-qarshi sub’ektiv ustuvorlik namoyon bo‘ladi. Bozor munosabatlarigacha, ya’ni xo‘jalik mexanizmi amal qilgan davrda bank foizidan foydalanish asosan davlatning xo‘jalik yuritish siyosatiga bo‘ysungan holda amalga oshirilgan. Ushbu siyosatning o‘zgarishi bilan bank foizidan foydalanish mexanizmi ham o‘zgardi. Hozir bank foizining quyidagi mexanizmidan foydalanilmoqda: - foiz darajasi kredit resurslariga bo‘lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda sub’ektlar o‘rtasida tuziladigan shartnoma asosida o‘rnatiladi; - ssudalar bo‘yicha foiz stavkasini o‘rnatish kredit kelishuvlari amalga oshirilayotgan aniq sharoitlarga, ya’ni ssuda summasi va uni qoplash muddati; ssuda ta’minotining mavjudligi; mablag‘larni jalb qilish sarfi; kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari; bankning rentabelli bo‘lishini ta’minlash zaruriyati; mijozning kreditga layoqatliligi kabi belgilarni inobatga olgan holda bank bilan mijoz o‘rtasidagi kelishuvlar asosida amalga oshiriladi. - bankning passiv operatsiyalariga qaraganda foizning ahamiyati oshib boradi, bo‘sh pul mablag‘larini omonatga qo‘yishni rag‘batlantiradi; - foizlarni o‘rnatish va undirish o‘zaro kelishuv bitimi asosida amalga oshiriladi va, odatda har oyda kredit foizi to‘lab turiladi; - kredit jamg‘armalarining yo‘nalishiga qarab foizlarni to‘lash turlicha bo‘lishi mumkin: aylanma mablag‘lar uchun berilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar mahsulot tannarxiga qo‘shiladi; asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa aylanma mablag‘lari bo‘lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha xarajatlar korxona foydasiga qo‘shiladi. Bank kreditidan foydalanganligi uchun to‘langan foiz xarajatlari Markaziy bank tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi doirasida soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o‘tgan kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi. Foiz mexanizmidan foydalanish foizli daromadlar va xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita bog‘liqligida namoyon bo‘ladi. Kredit bahosidan foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlardan biri - bu kredit bahosi darajasining shakllanish usuli hisoblanadi. Bozor munosabatlarining rivojlanishi sharoitida, kredit to‘lovlarining erkinligida, makroiqtisodiyot darajasida foiz uchun belgilangan o‘rtacha foyda me’yoriga erishish kabi jarayonlar ustuvor vazifa hisoblanadi. Foizning o‘rtacha foyda me’yoridan u yoki bu tomonga og‘ishiga bir qator omillar ta’sir qiladi. Ularni ikki guruhga, ya’ni umumiy va xususiy omillarga ajratish mumkin. Download 491.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling