А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit
Download 491.92 Kb.
|
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)
Kreditning bank krediti shakli eng ko‘p tarqalgan shakllardan biri hisoblanadi. Aynan banklar o‘zining ssudasini dastlab vaqtinchalik moliyaviy yordamga muhtoj sub’ektlarga beradi. Kreditning bank shaklida ssuda hajmi bo‘yicha uning boshqa shakllarida ssudaga berilishi muhim ahamiyatga ega. Bu tasodif emas. Bank o‘ziga xos sub’ekt bo‘lib, uning asosiy vazifasi kredit ishlarini takshil etadi, u qaytarish sharti asosida pul mablag‘larining karrali doiraviy aylanishini amalga oshiradi.
Bank krediti shakli bo‘yicha dastlabki o‘ziga xos xususiyatlar shundan iboratki, bank o‘z kapitali bilan emas, balki jalb qilingan resurslari bilan muomala qiladi. Pul bitta sub’ektda mavjud bo‘lib, u pul mablag‘larini yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtinchalik foydalanish maqsadida beradi (qayta taqsimlaydi). Uning ikkinchi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bank vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zida hisobvaraqlar ochgan yoki omonatlarga mablag‘larni joylashtirgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga qarzga beradi. Kredit shaklining uchinchi o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bank pul mabalag‘larini shunchaki ssuda sifatida qarzga bermaydi, balki pul mablag‘larini kapital sifatida beradi. Bu esa qarz oluvchining bankdan olingan mablag‘lardan maqsadli foydalanish zarurligini, ularni kreditorga qaytarib berish, ssuda foizini to‘lash va hatto, etarli darajada foyda olishni ko‘rsatadi. Bank krediti shaklining to‘lovchanligi uning ajralmas atributi sifatida shakllanadi. Kreditning tijorat shaklida kreditor xo‘jalik tashkiloti (korxona, firma, kompaniya) sifatida ishtirok etadi. Kreditning bu shakli tarixan, goh tijorat krediti, gohida veksel krediti deb ham yuritiladi, modomiki uning asosida tovarning muddati o‘tgan to‘lovlari yoki veksel uning qarz majburiyatlari sifatida berilishi yotadi. Tijorat krediti atamasi mol etkazib beruvchilar bilan xaridorlar o‘rtasida yuzaga keladigan qarz munosabatlariga reaksiya sifatida paydo bo‘lgan. Tijorat savdo-sotiqqa doir tushunchani bildiradi, ya’ni u tovarni sotishning o‘ziga xos xususiyatlari negizida shakllandi. Korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar evolyusiyasiga nafaqat tovarlarning muddati o‘tgan to‘lovlari, hatto boshqa shakllari ham sabab bo‘ladi. Korxonaning zamonaviy xo‘jaligida nafaqat tovar krediti, hatto pul krediti ham o‘zaro bir-biriga o‘tkazib turiladi. Banklar kredit munosabatalarini amalga oshirishda monopolist sifatida hukmron bo‘lib kelgan, amaliyotda esa kreditlar korxonalar va tashkilotlarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari bilan xarakterlanishi mumkin. O‘ziga xos xususiyatlarga ega yirik sanoat korxonalari va savdo tashkilotlari o‘z sheriklariga pul mablag‘larini berib turadi. Tijorat krediti atamasi tovar va pul shaklida korxonalar-kreditorlarga beriladigan xo‘jalik krediti sifatida namoyon bo‘ladi. Kreditning xo‘jalik (tijorat) shakli bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Avvalo, kredit manbai band yoki band bo‘lmagan kapitalni tashkil etadi. Kreditning xo‘jalik (tijorat) shaklida muddati o‘tgan to‘lovlar mahsulotlarni sotish jarayoni uchun xizmat qiladi, vaqtinchalik bo‘sh turgan qiymatga yoki tovarning muddati o‘tgan to‘lovlariga ssudalar berilmaydi. Kreditning xo‘jalik (tijorat) shakli uning manbai bo‘lib, xo‘jalik aylanmasida vaqtinchalik bo‘sh turgan mablag‘lar sifatida namoyon bo‘ladi. Tovar xo‘jalik kreditida mulkka egalik qilish ob’ekti sotuvchidan - kreditordan o‘z navbatida xaridorga o‘tadi, pul xo‘jalik kreditida qarzga berilgan ssuda qiymatida mulkka egalik qilish ob’ekti kreditordan qarz oluvchiga o‘tmaydi va oxir oqibat u faqat mulkka egalik qilgan shaxs qo‘lida qoladi. Kreditdan foydalanganlik uchun to‘lovlar turlicha amalga oshiriladi. Tovar xo‘jalik kreditida muddati o‘tgan to‘lovlarni to‘lash tovarning qiymati bilan amalga oshiriladi, pul xo‘jalik kreditida kreditorga to‘lanadigan kreditdan tashqari ssudadan foydalanganlik uchun to‘lovlar ochiq shaklda undirib olinadi, shu bilan birga qarz oluvchi ssuda foizini to‘lab beradi. Xo‘jalik krediti o‘zining tovar yoki pul shakliga bog‘liq bo‘lmagan holda qisqa muddatga beriladi, masalan, bank krediti uzoq muddatli xarakterga ega. Download 491.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling