А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit
Kredit tizimining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar
Download 491.92 Kb.
|
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)
5.3. Kredit tizimining barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar
Kredit tizimining barqarorligi - bu tizim faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan sifat parametrlarining takomillashuvi va uning elementlari faoliyatining iqtisodiyot manfaatlariga ta’sir etishini xarakterlovchi kompleks ijobiy jihatdir. Kredit tizimining barqarorligi quyidagi turlarga bo‘linadi: moliyaviy barqarorlik; tashkiliy barqarorlik; xodimlar barqarorligi; operatsion barqarorlik; ishbilarmonlik barqarorligi. Kredit tizimining moliyaviy barqarorligi bankning yakuniy faoliyati, resurslari, kapitali, daromadlari va xarajatlari, foyda (zararlari) hamda fondlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Moliyaviy barqarorlik tarkibida tizimdagi har bir elementning moliyaviy holati o‘z aksini topadi. Bu faoliyatning sintetik ko‘rsatkichlari indikatorlar orqali ifodalangan bo‘lishi mumkin. Moliyaviy barqarorlik iqtisodiyot tizimining muayyan bo‘g‘ini sifatida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Ularning yakuniy faoliyatlarida kamchiliklarga duch kelish mumkin. Bugungi kunga qadar O‘zbekiston iqtisodiyotida ham 10 ga yaqin tijorat banklari reestrukturizatsiya qilganligi yoki ular boshqa turdagi tijorat banklariga qo‘shib yuborilganligini kuzatishimiz mumkin. Kredit tizimining tashkiliy barqarorligi bankdagi boshqarish apparatining tarkibiy tuzilishi orqali belgilanadi. Bozor iqtisodiyotida kredit tizimining elementlari tarkibining ikki bosqichda bo‘lishi, ularning har biri boshqa mamlakat kredit tizimining elementlariga nisbatan alohida farqlanishga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, bir qator mamlakatlarda kredit muassasalari faoliyatining nazorati Markaziy bankning vazifasiga kiradi va aksincha, ularni nazorat qilish ayrim mamlakatlarda ixtisoslashtirilgan davlat organlarining kompetensiyasiga kiradi. Boshqaruv apparatining tuzilishi turli tarkibiy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Markaziy banklarda tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash, tartibga solish va nazorat qilish departamenti tashkil etilgan. Bundesbankda (Germaniya) kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish bu bankning vazifasiga kirmaydi va shu sababli uning tarkibida bu kabi o‘xshash funksiyalar mavjud emas. Kredit tizimining xodimlar barqarorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini shakllantirishning dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan. Markaziy bank apparatidan yuqori malakali va tajribali xodimlarning ishdan ketib qolish holatlari mamlakat bankining ish faoliyati samaradorligiga, pul aylanmasini tartibga solish sohasiga va bank nazorat sohasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Markazi bankdan o‘zining oldiga qo‘yilgan vaziflarni boshqarishi va tashkil etishi uchun apparatga bo‘sh o‘rinlarni sifatli xodimlar bilan to‘ldirib borish talab etiladi. Kredit tizimining operatsion barqarorligi bank xizmatlari turini ko‘rsatish va bozor talabining adekvatli operatsiyalarini amalga oshirish bilan xarakterlanadi. Raqobotchilik sharoitida kredit tashkilotlarining ahvoli bank xizmatlari va mahsulotlar turlari, shuningdek mijozlar talabiga javob beradigan bank xizmati turlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq. Yirik banklar universal kredit muassasalari sifatida rivojlanishi, bank mahsulotlari va xizmatlari turining hajmini ko‘paytirish, turli mijozlarga bank xizmat turlarini ko‘rsatish imkoniyati ularning barqarorligini qo‘llab-quvvatlaydi. Kichik kredit muassasalari universal bank sifatida xizmatlar turini ko‘rsatishning imkoniyati yo‘q, ular o‘zining ichki imkoniyatlari orqali barqarorlikni ta’minlaydi, bank operatsiyalarining muayyan turdagi assortimentlari bilan ta’minlashga ixtisoslashadi. Ammo ikki holatda ham barqarorlik tushunchasi bank operatsiyalari hajmini amalga oshirishda bankning imkoniyati bilan bog‘liq, bu imkoniyat ularning faoliyatini bozor sharoitida samarali ta’minlab berishi mumkin. Kredit tizimining ishchanlik (tijorat) barqarorligi bank tizimi faoliyatini samarali yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. U kredit tizimining oldida turgan maqsadi va vazifalarini amalga oshirishni belgilab beradi. Kredit institutlari o‘zining mohiyatiga ko‘ra, yagona bank, u o‘zining maqsadi va vazifalariga ko‘ra muayyan farqlarga ega. Amaliyotda kredit tizimining barqarorligi qator omillar bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Odatda, omil deganda qandaydir jarayonning sababi, harakat kuchi, uning xarakterini ifodalovchi hodisa yoki o‘ziga xos xususiyatlar tushuniladi. Barqarorlik tushunchasini aniqlovchi omillarning ko‘pchiligi bank tizimi tarkibidagi tijorat banklariga mos keladi. Qoidaga ko‘ra, barqarorlik omillari to‘g‘risida gapirilganda ular ichki va tashqi omilarga murojaat qilinadi, bunda ichki omillar (kompyuterlashtirish) - tijorat banklari uchun; tashqi omillar esa (bank infrastrukturasi, bank raqobati) kredit tizimi uchun mos keladi. Kredit tizimi barqarorligining ichki omillarini 1) tashkiliy omillar; 2) texnologik omillar; 3) iqtisodiy omillar kabi guruhlarga ajratish mumkin. Kredit muassalari barqarorligining tashkiliy omillari guruhiga bank menejmentining holati; innovatsiyaga, o‘zgarishga va qayta qurishga bo‘lgan imkoniyat; bank boshqaruvining ichki tarkibiy tuzilishi kabi omillarni kiritish mumkin. Boshqaruv sifatining tahlili bank menejmenti maqsadining muvaffaqiyatga erishishini tashkil etadi. Bank rentabellikka erishi uchun mijozlar talabini resurslar hajmi, tarkibi va xizmatlar sifati bilan maksimal darajada ta’minlash, jamoaning ishlab chiqarish va ijtimoiy muammolarini hal qilishi, balans likvidliligini ta’minlash, xodimlar malakasini oshirishni rag‘batlantirish kabi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Menejment o‘z navbatida ob’ektiv va sub’ektiv omillar yordamida baholanadi. Baholash jarayoni bank faoliyati erishgan natijalarni tahlil qilish bosqichidan boshlanadi. Menejment yordamida bankning aktivlari va passivlari sifati yaxshilanadi, kapitalning etarliligi va likvidlilik darajasi ta’minlanadi. Menejment qonunlar, nizomlar va qoidalarga rioya qilish nuqtai nazaridan baholanadi, unga bank nazorati organlaridagi mavjud hisobotlarning sifati va ularni o‘z vaqtida ta’minlash jarayoni kiradi. Ular bilan bir vaqtda olib borilayotgan siyosat, nazorat tizimi, prognozlash, rejalashtirsh va operativ boshqarish imkoniyati nuqtai naziridan menejmentni baholash muhim ahamiyat kasb etadi. Bank menejmenti o‘zining faoliyatida miqdor, sifat va ijtimoiy ko‘rsatkichlar orqali namoyon bo‘ladi. Bunda miqdoriy ko‘rsatkichlarga mijozlar soni, ko‘rsatilayotgan xizmatlar turi, depozitlar hajmi, kredit va investitsiya portfelining hajmi; sifat ko‘rsatkichlariga - ROA, ROE, mablag‘lar aylanmasining aylanuvchanlik tezligi, mijozlar tomonidan berilgan savollarining ta’minlanish darajasi, bank xizmat turlari va ularning sifati; ijtimoiy ko‘rsatkichlarga – xodimlar qo‘nimsizligi, kasbiy tayyorgarlik darajasi kiradi. Bankning barqarorligini ta’minlovchi texnologik omillar guruhiga zamonaviy bank texnologiyasini rivojlantirish yo‘llari, bozoning yangi bank mahsulotlari va xizmatlar turiga bo‘lgan talabi kiradi. Ma’lumki, oxirgi 10-15 yilda jahon bank hamjamiyati o‘zining amalga oshirayotgan operatsiyalari orqali muhim yangilanishga qadam qo‘ydi. Axborotning qog‘oz vositalari o‘rnini kompyuter jihozlari egalladi, aloqa va kommunikatsiyaning yangi vositalari tezlashdi, bank xizmatlar turining sifati oshirilmoqda. Bankomatlar, plastik kartochkalar zamonaviy bank tizimining oddiy vositasi bo‘lib qolganligini kuzatishimiz mumkin. Bankning barqarorligiga ta’sir qiluvchi iqtisodiy omillar guruhi eng muhim omillar guruhidan biri bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, bankning ahvoli kapitalning etarliligi, aktivlar va passivlar sifati, foydalilik va likvidlilik darajasi bilan o‘zaro chambarchas bog‘liq. Bu omillar bank faoliyatinining barcha tomonlarini izohlab beradi va uning barqarorligining umumiy mezoni sifatida xizmat ko‘rsatadi. Download 491.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling