Aholining umumiy daromadi – ma’lum bir vaqt davomida pul va natura shaklida olingan daromad.
Bazis yili – indekslar, foizlarni hisoblaganda boshqa yillar iqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash uchun asos qilib, ajratib olinadigan yil.
Barter – bir mahsulotni ma’lum bir miqdoriy nisbatda boshqa mahsulotga ayirboshlash.
Biznes – tadbirkorlik qobiliyatini ishga solish, faoliyatga aylantirishning tashkiliy shakli (yakka xususiy tadbirkorlik, kichik, o‘rta, yirik).
Biznesning tashkiliy shakli – mulkiy maqomi, tashkiliy-huquqiy asoslari, xo‘jalik yuritish, boshqarish uslublariga ko‘ra faoliyat yuritishning namoyon bo‘lishi (xususiy, sherikchilik, korporatsiya).
Bir-birini to‘ldiruvchi tovarlar – tovarlar juftligida biriga narxining o‘sishi, ikkinchisiga talabning kamayishiga olib keladigan tovarlar.
Bitimlar uchun pulga talab – pulni muomala vositasi sifatida ishlatish uchun zarur pul miqdori. Nominal YаMM hajmiga to‘g‘ri proporsional.
Bozor – sotuvchi va xaridorning tovarlarini pul vositasida ayirboshlash yuzasidan kelib chiqqadigan iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, ana shu aloqalarni ma’lum tartibot asosida amalga oshiriladigan tizim.
Bozor (aralash) iqtisodiyoti – turli-tuman mulkchilik va iqtisodiy faoliyat erkinligiga, aralash tarzda tartibga solishga asoslangan, har bir insonning o‘z faoliyat natijasini o‘ylab, oqilona xo‘jalik yuritishga undovchi demokratik iqtisodiyot.
Bozor iqtisodiyoti belgilari – bozor iqtisodiyotining boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tizimlardan farqlanishiga sabab bo‘luvchi xususiyatlari.
Bozor iqtisodiyoti ob’ekti – munosabatlar va aloqalar nimaga qaratilganligini, nimaga nisbatan yuz berishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyotining ob’ekti tovar (xizmat) va pul (pul massasi)dir.
Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari – munosabatlar, aloqalar kimlar o‘rtasida yuz berishini ifodalaydi. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlari uy xo‘jaligi, firma (korxona), davlat va boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |