А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet31/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Davlat sektori – mamlakat iqtisodiyotining davlat, hu­ku­mat tomonidan to‘la nazorat qilinadigan qismi.
Daromad – ma’lum bir vaqt (yil) oralig‘i(yil)da YаIMning omillar ulushiga ko‘ra taqsimlanishi natijasida olingan, shaxsiy iste’mol va turli ne’matlar (tovar va xizmatlar) sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘lari summasi.
Daromadlarning funksional taqsimlanishi – jamiyatning pul daromadini, qanday omil ulushi evaziga olingani va baja­radigan funksiyalari asosida taqsimlanishi: ish haqi, renta, foiz, foyda.
Daromadning shaxsiy taqsimlanishi – jamiyatning pul daromadini alohida oilalar, shaxslar o‘rtasida taqsim­la­ni­shi.
Deduksiya – nazariyadan amaliyotga, umumiy xulosadan xususiy xulosa chiqarishga, ilgari surilgan gipotezani real iqtisodiy dalillar yordamida tekshirishga, tadqiq qilishga asoslangan usul.
Demping – boshqa mamlakatlarda tovarlarning tannarxidan (sarf­langan o‘rtacha xarajatlardan) past narxda sotish.
Depressiya – siklning ishlab chiqarish hajmi, bandlikni uzoq vaqt tushkunlikda bo‘lishi fazasi.
Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyotidavlatning mulk monopoliyasi, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyot.
Dinamik iqtisodiy muvozanat – o‘zgaruvchanlikka asoslangan, barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan muvozanat.
Doimiy xarajatlar – ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘l­magan xarajatlar.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – yil davomida shaxs ixtiyo­ridagi daromadning jamg‘armaga yo‘naltirilgan qismi. Jamg‘armani daromadga nisbati tarzida hisoblanadi.
Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli – muvo­za­natli sof milliy mahsulotni jamg‘arma bilan investitsiyalarni tenglashtirish orqali aniqlash usuli.
Jamg‘arma funksiyasi – jamg‘arma hajmi bilan (boshqa sharo­it­lar teng bo‘lgan holda) shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatadi.
Jamiyatning sof yo‘qotishlari – (monopoliyalarning ijtimoiy bahosi) – taklif miqdorini kamaytirish uchun monopoliyalar tomo­nidan mahsulot ishlab chiqarish hajmini samarali darajadan kamaytirish natijasida iste’molchi va sotuvchilar uchun ma’lum miqdorda mahsulotning yo‘qotilishi, ishlab chiqarishning kamayishi.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling