Inson kamoloti indeksi – aholi farovonligi, jamiyatda insonning barkamolligi ta’minlanishini ifodalovchi ko‘rsatkich. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YаMM, kutilayotgan yashash yoshi, ta’lim darajasi (25 yosh va undan kattalar) asosida hisoblanadi.
Inson kapitali – odamlar yillar davomida to‘plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo‘lib, uni egasidan ajratib bo‘lmaydi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish – resurslarini tejab-tergab ishlatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga iqtisodiy o‘sish.
Inflyasiya – muomalada pul taklifining talabga nisbatan haddan tashqari ko‘payib ketishi oqibatida, pulning xarid quvvatini pasayishi, pulning obro‘sizlanishi. U narx indeksining ko‘tarilishida ifodalanadi.
Iste’mol – ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish, ehtiyojni qondirish jarayoni;
Iste’molga o‘rtacha moyillik – yil davomida shaxs ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflangan qismi. Iste’molning daromadga nisbati tarzida hisoblanadi.
Iste’mol funksiyasi – iste’mol xarajatlari bilan shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
Iste’molga me’yoriy moyillik – qo‘shimcha birlik olingan shaxs ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflangan ulushi. Iste’moldagi o‘zgarish (∆S) ni, daromaddagi o‘zgarishga (∆Di) nisbati tarzida hisoblanadi. Jamg‘arishga me’yoriy moyillik – qo‘shimcha birlik olingan shaxs ixtiyoridagi daromadning jamg‘armaga sarflangan ulushi. U jamg‘arishdagi o‘zgarish (∆S) ning daromaddagi o‘zgarish (∆Di) ga nisbati tarzida hisoblanadi.
Ichki xarajatlar – ishlab chiqarish xarajatlarida korxonaning o‘z ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi.
Ish haqi – YаIMdagi mehnat omilining ulushi, bajarilgan ishga qarab to‘lanadigan haq. Mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va taklifning muvozanatiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish - insonning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |