А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Iqtisodiyotni erkinlashtirish


Download 491.92 Kb.
bet35/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Iqtisodiyotni erkinlashtirish – davlatning iqtisodiy fao­liyatdagi hukmronligini, monopol mavqeini sindirib, iqti­so­diyotni boshqarishda yagona davlat mexanizmi o‘rniga aralash iqti­sodiyotga xos bo‘lgan bozor mexanizmiga keng yo‘l berish.
Iqtisodiyotni tartibga solish – makroiqtisodiy nisbatlarning bir-biriga mos holda rivojlanib borishi, undagi turli bo‘g‘inlar faoliyatini bir-biriga bog‘liq holda muvozanatlashuviga erishish.
Iqtisodiy yoki zimmadagi xarajatlar - tanlangan resurs­larni eng ma’qbul ishlatish, o‘zgalar ishlatishiga yo‘l qo‘ymay, ularni sotib olish uchun resurslar egasiga to‘langan haq.
Iqtisodiy kategoriya – jamiyat iqtisodiy hayotining eng mu­him tomonlarini ifodalovchi iqtisodiy voqelikning ilmiy ifodasi.
Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy hodisa, jarayonlar o‘rta­sidagi muhim bog‘lanish, iqtisodiy zaruriyatni taqozo etuvchi, sabab-oqibat, sifat va miqdor bog‘lanishlari bo‘lib, individ va institutlarning xatti-harakati, tanlash sabablari va motivlarini umumlashtirgan holda xarakterlab berilishi.
Iqtisodiy muvozanat – iqtisodiy jarayonlarning mutano­sib­ balanslashuvi.
Iqtisodiy resurslar – turli ehtiyojlarni qondiradigan ne’­matlar ishlab chiqarish uchun zarur barcha vositalar va mehnatga layoqatli kishilar.
Iqtisodiy samaradorlik – iqtisodiy xarajatlar evaziga eri­­shil­­gan natija.
Iqtisodiy faoliyat – insonning ehtiyojini qondirish, ya’ni tirikchilik, hayot kechirishini ta’minlashning vosita va usullari majmui.
Iqtisodiy o‘sish – ma’lum bir vaqt (yil) mobaynida real yalpi ichki mahsulot (yoki YаMM), sof milliy mahsulot haj­mining ortib, sifat tarkibining o‘zgarib borishi.
Iqtisodiy o‘sish sur’ati – joriy yildagi yalpi ichki mah­sulot (YаMM)ning o‘tgan yilga yoki bazis yildagi YаIM nisbati orqali ifodalanuvchi ko‘rsatkich.
Iqtisodiy o‘sish modellari – ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish yo‘lla­rini ko‘rsatuvchi andozalar.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling