А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Tadbirkor – tadbirkorlik qilish fazilatiga ega inson. Tadbirkorlik


Download 491.92 Kb.
bet43/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Tadbirkor – tadbirkorlik qilish fazilatiga ega inson.
Tadbirkorlikrisk qilgan holda, mablag‘larni samarali sarf­lab, ishlab chiqarish omillarining eng optimal nisbatini topib ishga tushirish evaziga daromad, foyda olishga qaratilgan, inson­larga naf keltiruvchi, iqtisodiy faoliyat yuritish.
Tadbirkorlik ob’ekti – eng yuqori darajada daromad olish maqsadida ishlab chiqarish omillari (er, kapital, mehnat)ning eng samarali nisbatini topib ishga tushirish.
Taklif – bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar.
Taklif qonuni – narxlar bilan sotiladigan tovarlar miq­dorining to‘g‘ridan-to‘g‘ri, sabab-oqibatli, funksional bog‘la­nishi.
Taklif egri chizig‘i – ma’lum bir vaqt davomida turlicha narxlar bo‘yicha sotuvchilarning sotishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlari miqdorining grafikda ifodalanishi.
Taklif egiluvchanligi – narxning o‘zgarishi ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larga qanday ta’sir qilishi, ya’ni ularning narxlarga ta’sirchanligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Taqsimot – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida resurs­larni, ishlab chiqarish omillarining egalari o‘rtasida esa yaratil­gan mahsulotning taqsimlanishini ifodalovchi jarayon.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi – turli ne’matlarni talab­ga qaraganda kam ishlab chiqarish natijasida tang holatga tushish.
Talab – pul mablag‘lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo‘lishi yoki to‘lov qobiliyatiga ega ehtiyoj.
Talab va taklif muvozanati – xaridor sotib olmoqchi bo‘lgan tovar miqdori bilan ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan tovar miqdorining tengligi
Talab qonuni – tovar narxlari bilan talab miqdorini tes­kari nisbatda sabab-oqibatli, funksional bog‘lanishi.
Talab miqdorining o‘zgarishi – talab miqdori(hajmi)ning talab egri chizig‘i bo‘yicha narxning o‘zgarishiga qarab siljishi.
Talab o‘zgarishi – talab egri chizig‘ining narxdan boshqa bir yoki bir necha diterminantlar o‘zgarishi natijasida siljishi.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling