А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet44/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Talab egri chizig‘i – ma’lum bir vaqt mobaynida turli narx­lar bo‘yicha xaridorlarning sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorining grafik orqali ifodalanishi.
Talab egiluvchanligi – xaridorga narxning o‘zgarishi qanday ta’sir qilishini, ya’ni narxning 1%ga o‘zgarishi sotib olinadigan tovar miqdorini qanchaga o‘zgarishini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkich.
Tamoyil – faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun-qoida, nuqtai nazar, qarashlar.
Tarkibiy siyosat – milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqti­sodiy o‘sishga yo‘l beruvchi, aholi farovonligini muttasil oshib borishiga olib keluvchi yangicha ishlab chiqarish tarkibini yaratish.
Tarkibiy o‘zgarishlar – milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish asosida tarmoqlar, hududlar va boshqa iqtisodiy birliklar his­sa­sini o‘zgartirish.
Tashqi savdo balansi qoldig‘i – mamlakatning eksport va importi farqi.
Tashqi xarajatlar – chetdan jalb etilgan iqtisodiy resurs­lar uchun to‘langan pul mablag‘lari.
Tovar - insonning biror-bir ehtiyojini qondirib, ayir­bosh­lash (sotish) uchun ishlab chiqarilgan ne’mat.
Tovar xo‘jaligi – tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish bilan iste’mol bozor orqali bog‘lanadigan xo‘jalik yuri­tish shakli.
Tovar xom ashyo birjasi - ma’lum doirada ulgurji savdo-so­tiq ishlarini bajaruvchi korxona. Hozirgi paytda narx koti­rov­kasini aniqlash va uni oshkoraligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Transmilliy korporatsiyalar – jahon xo‘jaligi doirasida bir yoki bir necha sohada hukmronlik qiluvchi, kapitali milliy, hukmronlik qilish doirasi xalqaro korporatsiyalar.
Tub iqtisodiy belgilarhar bir hodisa, jarayon, tizimning boshqa­lar­dan ajratib turuvchi, uning sifat jihatdan farqlanishiga sabab bo‘lgan xususiyatlarga aytiladi.
Turmush darajasi – aholini hayot kechirishi uchun zarur bo‘l­gan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanganligi va zarur ne’matlar bilan ehtiyojlarining qondirilish darajasi. Bosh­qacha aytganda, bunda insonlarning hayotiy ehtiyojlarining qondirilish me’yori tushuniladi.
To‘lov balansi – ma’lum vaqt (yil) mobaynida mamlakatning barcha turdagi iqtisodiy aloqalari, eksporti va importi va ularning nisbatini aks ettiruvchi iqtisodiy muvozanat.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling