Ochiq bozordagi operatsiyalar – Markaziy bank tomonidan bozorda davlat qimmat baho qog‘ozlarini sotish va sotib olish.
Passiv kapital – asosiy kapitalning faoliyat yuritish uchun sharoit yaratuvchi, ancha uzoq xizmat qiluvchi, ishlab chiqarishda passiv qatnashuvchi qismi.
Pul bozori – moliya bozorining tarkibiy qismi bo‘lib, pulga talab va taklif asosida umumiy foiz darajasi, zaruriy va taklif etilayotgan pulning muvozanatli hajmini belgilovchi bozor.
Pul massasi – naqd pul va naqd pulga aylantirish imkoniyati turlicha bo‘lgan naqd bo‘lmagan pul va kvazi pullar, qimmatli qog‘ozlar.
Pul miqdori – muomalaga chiqarilgan pul hajmi.
Pul multiplikatori – tijorat banklari rezerv (zaxira) normasiga ko‘ra bankka mijozlar tomonidan qo‘yilgan naqd pullarga nisbatan emissiya qilinadigan pul massasining ko‘payishi mumkinligini ko‘rsatuvchi koeffitsient.
Pul muomalasi – pulning xo‘jalik aylanmasida doimo harakatda bo‘lib, o‘z funksiyalarini to‘laqonlik bajarishi.
Pul muomalasi qonuni – muayyan davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori bilan yaratilgan YаMM yoki barcha sotiladigan tovarlar va xizmatlar narxining jami summasiga to‘g‘ri, pul aylanishi tezligiga teskari mutanosib bog‘lanish.
Pul tizimi – mazkur mamlakatning pul muomalasini qonuniy asosda tashkil etish tartibi, usullari, ularga xizmat qilish muassasalari.
Pulga jamg‘arma, moliyaviy aktivlar sifatida talab – odamlar jamg‘arma (moliyaviy aktivlarning pul shaklidagi hajmi) sifatida saqlash uchun zarur pul miqdori, foiz stavkasiga teskari mutanosiblikda o‘zgaradi.
Pulga talab – firma, korxona, uy xo‘jaligining muomala, ya’ni, oldi-sotdi bitimlari va zaxirada saqlayotgan pul mablag‘lari hajmi.
Pulning aylanish tezligi – yil davomida pul birligining tovar va xizmatlarni sotib olish uchun necha marta ishlatilishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Raqobat – iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z manfaatlaridan kelib chiqib yuqori daromad olish imkoniga, nufuzli mavqega ega bo‘lish uchun boshqalar bilan bellashuvi, kurashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |