Narx – tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vositasi bo‘lib, unga to‘lanadigan pul miqdorini ifodalaydi.
Narx bo‘yicha raxnoma – oligopolistik bozordagi etakchi firma, qaysiki uning narxni ko‘tarishi yoki tushirishiga qarab, boshqalar unga ergashadi.
Narx mexanizmi – narxlarning tashkil topishi, ya’ni tovar, xizmatlarga to‘lanadigan pul miqdorini belgilash qoidalari, usullarini o‘z ichiga oladi.
Narx shakllanishining bozor mexanizmi – bozor va uning aniq shaklidan qat’iy nazar talab va taklifning nisbati va raqobat asosida ya’ni bozordagi vaziyatga ko‘ra narxning shakllanishi.
Narx turlari – bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi turli maqsadlarda qo‘llanuvchi, turli vazifalarni bajaruvchi narxlar majmuiga turli jihatdan yondashib, guruhlarga bo‘linishi.
Natural xo‘jalik – mahsulot ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xo‘jalik yuritishning yopiq shakli.
Naflilik – xaridorning o‘z ehtiyojini qondirish, ne’matni iste’mol qilishdan oladigan qoniqishi.
Nominal daromad – ma’lum vaqt davomida aholi tomonidan olingan pul shaklidagi daromad.
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi.
Nominal YAIM – mavjud bozor narxlari bo‘yicha hisoblangan yalpi ichki mahsulot.
Nomoddiy boylik – aholining salomatligi, madaniy-ma’naviy, intellektual salohiyati, to‘plagan bilimi, malaka, mahoratida ifodalangan boylik.
Normal foyda – tadbirkorlik qobiliyatini ishga solishning alternativ qiymati.
Nufuz qonuni - aholining tabiiy o‘sishi bilan ular ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘lanish. Tomas Maltus tomonidan aholining qashshoq yashashiga sabab, uning o‘sishi geometrik progressiya, yashash uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish arifmetik progressiya asosida o‘sishi tufayli, deb izohlangan.
Oligopoliya – (yunoncha ozchilik, sotaman) – ishlab chiqarish va bozorda uncha ko‘p bo‘lmagan, sanoqli firmalar hukmronligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |