А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit
Ratsional kutish nazariyasi
Download 491.92 Kb.
|
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Real daromad
- Real ish haqi
- Samaradorlik
- Sof milliy mahsulot
Ratsional kutish nazariyasi – Gipoteza, unga muvofiq firmalar va uy xo‘jaliklari davlat pul-kredit va byudjet siyosati orqali iqtisodiyotga ma’lum bir darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deya kutishadi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, bu siyosatni samarasiz qilib qo‘yadigan turli chora tadbirlar qo‘llashadi.
Real daromad – ma’lum bir vaqt (yil) oralig‘ida nominal daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ularning miqdori esa soliqlar, narx, nominal daromadga bog‘liq. Real iqtisodiy muvozanat – iqtisodiyotdagi nomukammal raqobat sharoitida tashqi omillarning ta’siri, turli cheklanishlar mavjudligi, iqtisodiyotga ta’sir qiladigan kuchlar tufayli o‘rnatiladigan muvozanat. Real ish haqi – pul shaklida olingan ish haqining sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdorida ifodalanishi. Real YAIM – narx o‘zgarishini nazarda tutgan holda hisoblangan yalpi milliy mahsulot. Real mahsulot hisoblanganda narxlar indeksi qo‘llaniladi. Real YаIM = Nominal yalpi ichki mahsulot / Narx indeksi. Samaradorlik – sarflangan resurslar bilan olingan natijani taqqoslanishini ifodalovchi ko‘rsatkich. Odatda u ishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ga nisbati tarzida hisoblanadi. Siqib chiqarish samarasi – bozorda davlat qimmatbaho qog‘ozlarining ko‘payishi tufayli, uning ulushi ortib, boshqalarning siqib chiqarilishi natijasida investitsiyalarni moliyalashtirishning umumiy sharoiti yomonlashuvi. Soliq – korxona (tashkilot) va fuqarolar daromadidan qonuniy tartibda, belgilangan miqdor va muddatlarda byudjet fondini tashkil qilish maqsadida davlat ixtiyoriga olinadigan pul mablag‘lari. Sof milliy mahsulot – joriy yilda yangidan yaratilgan mahsulot bo‘lib YаMMdan amortizatsiya ajratmalarini ayirib topiladi yoki YаIMdan amortizatsiya, chet el ishlab chiqarish omillari evaziga yaratilgan sof daromad ayiriladi. Sug‘urta – moliyaviy munosabatlarning o‘ziga xos turi bo‘lib, favqulodda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismidan maxsus pul fondini tashkil etish, uni taqsimlash va ishlatish yuzasidan qaror topadigan munosabatlar. Download 491.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling