Uzoq muddatli sikl – uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish hajmining mutloq miqdori pasayishi, iqtisodiy o‘sish sur’atini tezlashuvi va sekinlashuvining almashib turishining uzoq muddatli tamoyili tarzida yuz beruvchi sikl.
Uzoq muddatli muammolar – fan-texnika taraqqiyoti natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘payishi, aholi sarflarida mazkur tarmoq mahsulotlariga sarflarning mutloq miqdorining nisbatan sekin o‘zgarishi, agrar sektorda band bo‘lganlar daromadining boshqa sohalarga nisbatan pastligi va beqarorligi, narx paritetining sanoat foydasiga o‘zgarishi va boshqalar sababli kelib chiqadigan nisbatan uzoq muddatga xos muammolar.
Uklad – kishining hayot kechirishi, xo‘jalik yuritish prinsipida o‘rnatilgan yoki joriy qilinadigan tartib.
Uy xo‘jaligi – bir yoki bir necha kishidan iborat oila, iqtisodiyotni resurslar bilan ta’minlovchi va yaratilgan mahsulotlar iste’molchisi bo‘lgan iqtisodiy birlik.
Umumiy yoki makroiqtisodiy muvozanat – jamiyat ehtiyojlari, uni qondirish imkoniyatlari (resurslari) va ishlab chiqarish natijalarining mos kelishi.
Umumiy xarajatlar – ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar boshqacha aytganda barcha iqtisodiy resurs xarajatlari.
Foiz stavkasi samarasi – narxlar darajasi o‘zgarishi tufayli pulga talabning va o‘z navbatida foiz stavkasini o‘zgarishiga olib kelishi va uning oqibatida yalpi sarflar umumiy darajasini o‘zgarishi.
Firma – bir yoki bir necha korxona faoliyat turini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Funksional tahlil – funksional bog‘lanish, ya’ni bir miqdorning o‘zgarishiga qarab boshqa miqdorning o‘zgarishi o‘rtasidagi bog‘lanish asosida iqtisodiyotni tahlil etish.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsion aloqalarning yuqori darajadagi bir butun xo‘jalik aloqalari sifatida birlashuvi.
Xalqaro mehnat taqsimoti – mehnatning turli davlatlar va ularning guruhilari o‘rtasida taqsimlanishi bo‘lib, alohida mamlakatlarning u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashuvini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |