А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet45/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Uzoq muddatli sikl – uzoq vaqt davomida ishlab chiqarish hajmining mutloq miqdori pasayishi, iqtisodiy o‘sish sur’a­tini tezlashuvi va sekinlashuvining almashib turishining uzoq mud­datli tamoyili tarzida yuz beruvchi sikl.
Uzoq muddatli muammolar – fan-texnika taraqqiyoti natija­sida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ko‘payishi, aholi sarf­larida mazkur tarmoq mahsulotlariga sarflarning mutloq miqdorining nisbatan sekin o‘zgarishi, agrar sektorda band bo‘l­ganlar daromadining boshqa sohalarga nisbatan pastligi va beqa­rorligi, narx paritetining sanoat foydasiga o‘zgarishi va bosh­qalar sababli kelib chiqadigan nisbatan uzoq muddatga xos muam­molar.
Uklad – kishining hayot kechirishi, xo‘jalik yuritish prin­sipida o‘rnatilgan yoki joriy qilinadigan tartib.
Uy xo‘jaligi – bir yoki bir necha kishidan iborat oila, iqti­sodiyotni resurslar bilan ta’minlovchi va yaratilgan mahsulotlar iste’molchisi bo‘lgan iqtisodiy birlik.
Umumiy yoki makroiqtisodiy muvozanat – jamiyat ehtiyoj­lari, uni qondirish imkoniyatlari (resurslari) va ishlab chiqarish natijalarining mos kelishi.
Umumiy xarajatlar – ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqa­rish uchun sarflangan doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar bosh­qacha aytganda barcha iqtisodiy resurs xarajatlari.
Foiz stavkasi samarasi – narxlar darajasi o‘zgarishi tufayli pulga talabning va o‘z navbatida foiz stavkasini o‘zgarishiga olib kelishi va uning oqibatida yalpi sarflar umumiy darajasini o‘zgarishi.
Firma – bir yoki bir necha korxona faoliyat turini amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ekt.
Funksional tahlil – funksional bog‘lanish, ya’ni bir miq­dor­ning o‘zgarishiga qarab boshqa miqdorning o‘zgarishi o‘rtasida­gi bog‘lanish asosida iqtisodiyotni tahlil etish.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya – xalqaro mehnat taqsimoti va kooperatsion aloqalarning yuqori darajadagi bir butun xo‘ja­lik aloqalari sifatida birlashuvi.
Xalqaro mehnat taqsimoti – mehnatning turli davlatlar va ularning guruhilari o‘rtasida taqsimlanishi bo‘lib, alohida mamlakatlarning u yoki bu turdagi tovar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatishga ixtisos­lashuvini anglatadi.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling