А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet2/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

УЎК: 377.5:51
КБК 28.072


T a q r i z ch i l a r :
Do‘stqobilov U. – Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,
"Bank ishi" kafedrasi mudiri, iqtisodiyot
fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD);
Kattakishiev B. - Jizzax politexnika instituti, "Menejment"
kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari
nomzodi, dotsent.
Учебное пособие составлено в соответствии с Государственным образовательным стандартом министерства высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан и предназначено для студентов, обучающихся по специальности 5230200 «Менеджмент» и 5111000 «Профессиональное образование» (5230100 «Экономика»).
В учебном пособии рассматриваются необходимость и сущность кредита, законы и функции кредита, формы и виды кредита, цена кредита, факторы, влияющие на цены кредита, кредитная система, факторы, влияющие на устойчивости кредитной системы, роль кредита в развитии национальной экономики.
Для студентов, преподавателей, научных работников, специалистов финансовой и банковской системы.
The manual is made according to the State educational standard of the ministry of the higher and average vocational education of Republic Uzbekistan and intended for the students trained on a speciality 5230200 "Management" and 5111000 "Vocational training" (5230100 "Economy").
In the manual necessity and essence of the credit, laws and functions of the credit, the form and categories of credit, the credit price, the factors influencing the prices of the credit, credit system, the factors influencing stability of credit system, a credit role in national economy development are considered.
For students, teachers, science officers, experts of financial and bank system.


ISBN 978-9943-11-571-2


©«Fan va texnologiya» нашриёти, 2020.
M U Q A D D I M A
Moliya va kredit zamonaviy sivilizatsiyaning ajralmas tarkibiy qismidir. U ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayonlarining uzluksiz bog‘liqligiga sharoit yaratadi. Bu manbadan foydalanmasdan turib bironta xo‘jalik sub’ektini chetlab o‘tish mumkin emas. Har qanday shaxs ham bank-moliya muassasasi xizmatlariga doimo yoki onda-sonda murojaat qilishi aniq. Bank-moliya muassasalari vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi, ularni tarmoqlar va hududlar o‘rtasida, shuningdek xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholi o‘rtasida qayta taqsimlaydi, jamiyatning boyligini rivojlantirish va ko‘paytirish uchun ta’minot manbalarini yaratadi, iqtisodiyotga ko‘shimcha kapital va energetik resurslar hajmini ko‘paytirish uchun xizmat qiladi.
Moliya va kredit murakkab organizmni ifodalaydi, u murakkab iqtisodiy bog‘liqlik mavjudligini yuzaga chiqaradi, mahsulotlar harakatida yuzaga keladigan to‘siqlarni echib berishga imkoniyat yaratadi.
"Moliya va kredit" (III qism. Kredit) o‘quv qo‘llanmasi nazariy kurs bilan birga xo‘jalikda iqtisodiy munosabatlarni tahlil qilib o‘rganuvchi fan sifatida qo‘llaniladi. U iqtisodiyotda kreditning mohiyati va rolini tasniflashga xizmat qiladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma bozor iqtisodiyoti sharoitidagi iqtisodiy munosabatlar, kreditning zarurligi va mohiyati, uning qonunlari va funksiyalari, kreditning turlari va shakllari, kreditning bahosi, kredit tizimi va uning milliy iqtisodiyottni rivojlantirishdagi rolini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Moliya va kredit kursiga "qotib qolgan" hodisa va jarayonlar sifatida emas, balki doimiy rivojlanishdagi hodisa va jarayonlar sifatida qaramoq darkor. Kredit hozirgi kunda paydo bo‘lib qolgan predmet emas, balki u uzoq davom etgan ijtimoiy taraqqiyotning mahsuli sifatida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Davrning muayyan tarixiy kesimida jamiyatning qarashlari uning iqtisodiy munosabatlardagi rolini turlicha bayon qilgan. O‘quv qo‘llanmada kreditlash yo‘nalishiga bag‘ishlangan turlicha nazariyalar, takror ishlab chiqarish jarayonida qiymat kategoriyasining o‘rni keltiriladi. Bank-moliya muassasalari faoliyati nafaqat zamonaviy kredit institutlari sifatida, balki uning tarixiy rivojlanishi oddiylikdan murakkablikkacha bo‘lgan taraqqiyoti nuqtai nazaridan e’tirof etiladi.
O‘quv qo‘llanma o‘zida nafaqat kredit institutining nazariy kursini, hatto uning amaliy jihatlarini ham qamrab oladi. Kredit qismida nafaqat kreditning mohiyati va funksiyalari, qonunlari va uning iqtisodiyotdagi roli to‘g‘risida, balki kreditor bilan qarzdor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda foydalanish uchun kerak bo‘lgan kredit shakllari ham yoritib berilgan.
Ushbu o‘quv qo‘llanmasi kredit munosabatlarining nazariy va amaliy jihatlari, bank-moliya muassasalari faoliyatining nazariy va tashkiliy asoslarini yoritib beradi, shuningdek ularning iqtisodiyotdagi ahamiyati va foydalanish mexanizmiga bag‘ishlangan tushunchalarni yoritib beradi. Kredit umumiy iqtisodiy tizimning ajralmas qismi bo‘lganligi sababli u takror ishlab chiqarishning natijalari bilan bog‘liqlikda belgilanadi. U o‘zida ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlari bilan bog‘liq muammolarni aks ettiradi, uni iqtisodiyotdan ajratgan holda o‘rganiish ham mumkin emas. Inqiroz sharoitida inflyasiya darajasi, bank-moliya muassasalari faoliyatning susayishi, moliya-kredit muassasalarining inqirozga va, hatto bankrotga yuz tutishi kabi hodisalarni kuzatish mumkin. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmada respublikamiz hamda xorijiy bank-moliya muassasalarining amaliy tajribalari, kreditlashga bag‘ishlangan nazariyalarning ijobiy va salbiy xususiyatlari ochib beriladi, unda kredit munosabatlarini tartibga solish samaradorligini oshirish yo‘llariga bag‘ishlangan mazmunli tushunchalar shakllantiriladi.
Mazkur fan iqtisodiy munosabatlar sohasidagi iqtisodiy bilimlarning kengayishiga asos soladi. U bank kasbiga poydevor yaratish imkonini beradi. Kurs iqtisodiy nazariya, moliya, soliq, mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, moliya menejmenti va boshqa shu kabi o‘quv fanlar bilan birgalikda bank kasbidagi shaxslarning umumiy qarashlarini shakllantirishga amaliy yordam beradi. Mazkur fan Moliya menejmenti, Bank ishi, Tijorat banklari faoliyatini tashkil etish, Pul-kredit munosabatlarini muvofiqlashtirish, Pul-kredit munosabatlarini boshqarish, Banklarda buxgalteriya hisobi, Byudjet hisobi va boshqa shu kabi yo‘nalishdagi fanlar bilan birgalikda bank kasbidagi shaxslarni keng doiradagi mutaxassislik bilan ta’minlaydi.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari va bank-moliya tizimida ilmiy – pedagogik va yuqori amaliy tajribaga ega bo‘lgan, bank-moliya muassalari faoliyatining turli jihatlarini yoritishga bag‘ishlangan kitob, monografiya yozib tayyorlagan muallif tomonidan tayyorlangan.



Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling