А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet5/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Iste’mol krediti bozor iqtisodiyotining qonunlariga mos ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiyotda bu qonunlarning talabiga ko‘ra, aholining turmush farovonligini oshirish darajasi batafsil ta’minlangan bo‘lishi kerak. Iste’mol krediti jamiyat a’zolarining shaxsiy talablarini kengaytirish uchun mablag‘larni jag‘arib borish imkonini beradi. Iste’mol krediti deganda jamiyat a’zolarining shaxsiy ehtiyojlarini ta’minlash uchun beriladigan tovarlar, pul mablag‘lari va qarz majburiyatlari tushuniladi. Kreditdan tovar yoki natural shaklida savdo tashkilotlari shaxsiy iste’mol tovarlarini sotish yoki kundalik hayot predmetlarini muddati o‘tgan to‘lovlar asosida ustama foiz bilan berishda foydalanadi. Savdo tashkilotlari tovarlarni kreditga sotishlari uchun foydalaniladigan aylanma mablag‘lar qisqa muddatli bank krediti hisobidan qoplanadi.
Pul shaklidagi iste’mol krediti aholiga uy-joy qurilishi, xo‘jalikdagi uy-ro‘zg‘or buyumlari, shaxsiy xo‘jaliklarni rivojlantirish va boshqa maqsadlar uchun beriladi. U shahar va qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy shartoitiga mos holda aholining turmush farovonligi darajasini oshirishni rag‘batlantiradi. SHaharda kredit ob’ekti - kooperativ kvartiralar, mebel garniturlar, televizorlar va boshqa turdagi uy ro‘zg‘or buyumlari; qishloqda esa kredit ob’ekti - yakka tartibdagi uy-joylar, chorva mollari, parandachilik, baliqchilik va boshqalar bo‘lishi mumkin. Iste’mol krediti mamlakat barcha fuqarolarining ehtiyojlari uchun beriladi va aholining turmush farovonligini oshirish uchun xizmat qiladi.
Davlat kredit yordamida davlatning qo‘lida pul mablag‘lari jamg‘arib boriladi. Bu kreditning mavjudligi harakatsiz pul mablag‘lariga nisbatan kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun daromadlarni shakllantirish va ularni sarflashga vaqtinchalik muvofiq kelmasligi sabab bo‘ladi. Kredit tizimida davlat krediti yordamida aholi qo‘lida, xo‘jalik bo‘g‘inlari va ijtimoiy tashkilotlarda pul zahiralarining jamg‘armasi shakllanadi, banklarda esa pul resurslari va bank operatsiyalarining turlari amalga oshiriladi.
Xo‘jalik bo‘g‘inlarida pul zahiralarining shakllanishi aylanma mablag‘larni to‘ldirish, mehnat haqlari bilan hisoblashish va boshqa turdagi to‘lovlar bilan o‘zaro bog‘liq. Bu holat vaqtinchalik pul mablag‘lari qoldiqlarining xo‘jalik aylanmasida shakllanishi bilan belgilanadi.
Davlat jamiyat a’zolarining pul zahiralarini takror ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun ishlatadi. Aholining pul zahiralari ularning daromadlari asosida shakllanadi, xususan, uning birinchi maqsadi joriy to‘lovlarni amalga oshirish; ikkinchisi esa yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi, engil avtomobillar, uzoq muddatga foydalanadigan tovarlar va boshqa turdagi vositalarni sotib olish uchun yo‘naltiriladi. So‘ngra takror ishlab chiqarish jarayonida aholining vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘laridan foydalanish uchun mustahkam manba yaratiladi.
Davlat krediti birinchidan, jamiyatda vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini safarbar qilish, ikkinchidan, banklar pul mablag‘laridan kredit tizimining resurslari sifatida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish ehtiyojlarini ta’minlash uchun foydalanish maqsadida beriladi.
Bank krediti pul mablag‘larining doiraviy aylanish qonuniyatiga asoslanadi va takror ishlab chiqarishda pul mablag‘larining aylanishini taqozo etadi. Takror ishlab chiqarishning asosiy sohasi moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish sohasi bo‘lib, bunda ishchi kuchi bevosita ishlab chiqarish vositalari bilan birgalikda birlashadi.
Bank kreditiga bo‘lgan talab sotilgan mahsulotdan tushgan tushum bilan amalga oshiriladigan to‘lovlar o‘rtasidagi nomutanosiblikning yuzga kelishi oqibatida paydo bo‘ladi. Amalga oshirilgan to‘lovlar bilan sotilgan mahsulotdan tushgan tushum o‘rtasidagi vaqtinchalik tafovut qator sabablarni keltirib chiqaradi. Birinchi sabab - asbob-uskunlarni yangilash va yangi materiallarni yaratish maqsadida aylanma mablag‘larni pul resurslari bilan to‘ldirib borishdan iborat. Resurslarni belgilangan miqdorda shakllantirish faqat xo‘jalik faoliyatini yuritish davrining oxirida yuz beradi. Ikkinchi sabab - qishloq xo‘jaligi xom ashyolari bilan faoliyat ko‘rsatuvchi sanoat korxonalari mavsumda mahsulotlarni yoppasiga tayyorlash jarayonida xom ashyo zahiralarini jamg‘arishda pul mablag‘larining etmasligi holati bo‘lishi mumkin. Uchinchi sabab - korxonalar minimal talab asosida topshiriqlarni amalga oshirish uchun o‘zining pul mablag‘lari manbaini taqsimlaganligi sababli qarz mablag‘lariga nisbatan doimiy zaruriyat va ehtiyoj sezadi.
Xo‘jalik bo‘g‘inlari aylanma mablag‘lardan tashqari takror ishlab chiqarishni mablag‘lar bilan ta’minlash uchun qarzga olinadigan resurslarga bo‘lgan talabini o‘zida his qiladi. Korxonada takror ishlab chiqarishni mablag‘lar bilan ta’minlash bank kreditining keng doiradagi ishtirokini taqozo etadi. Kreditning rolini iqtisodiyotning oziq-ovqat sanoati, agrosanoat va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga ta’sirini kuzatish mumkin.
Xalqaro kredit jahon xo‘jalik tizimida ijtimoiy mehnat taqsimoti va mehnat faoliyati mahsulini ayirboshlash bilan o‘zaro bog‘liq. Xalqaro kredit - bu tovar yoki valyuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib berish, muddatlilik va foiz to‘lash shart­lari asosida ajratish bilan bog‘liq bo‘lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda ssuda ko‘rinishidagi kapitalning hara­katidir. Kredit munosabatlarining sub’ektlari sifatida tijorat banklari, Markaziy banklar, davlat organlari, yi­rik korxonalar va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari ishtirok etadi. Xalqaro kreditning paydo bo‘lishiga ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xo‘jalik aloqalari bay­nalminallashuvining tezlashuvi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqa­rishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi sabab bo‘ladi.
Xalqaro kredit kengaytirilgan takror ishlab chiqarish talablarini ta’minlash uchun ssuda kapitallarini mamlakatlar o‘rtasida qayta taqsimlash, haqiqiy pullarni kredit pullarga almashtirish, naqdsiz pul to‘lovlari­ni rivojlantirish va tezlashtirish, naqd valyuta ko‘rinishidagi aylanma­ni xalqaro kredit operatsiyalari bilan ayirboshlash orqali xalqaro hisob-kitoblar muomalasidagi sarf-xarajatlarni iqtisod qiladi, kapitalning jamg‘arilishi va markazlashuvini tezlashtirishga ko‘maklashadi. Kredit munosbatlari asosida iqtisodiy aloqalar bir tomondan, eksport tarkibining sifatini yaxshilashga imkon beradi, ikkinchi tomondan iqtisodiyotning zamonaviy asbob-uskunalarga, iste’mol tovarlarga bo‘lgan talabni to‘liq ta’minlash imkonini beradi.
Xalqaro kreditning iqtisodiyotdagi ijobiy roli - takror ishlab chiqarish rivojlanishini ta’minlash va kengaytirish orqali namoyon bo‘ladi, u tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga turtki bo‘lib xizmat qiladi, ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va ayirboshlashuviga, jahon bozorining tashkil topishi va rivojlanishiga, xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuviga olib keladi.
Xalqaro kreditning salbiy roli - bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda yuz beradigan qarama-qarshiliklarni kuchaytirishda namoyon bo‘ladi, natijada iqtisodiyotda nomutanosiblik yuzaga keladi, kreditga tovarlarni ayirboshlash tezlashadi, mamlakatlar o‘rtasida ssuda kapitallari qayta taqsimlanadi, iqtisodiy ko‘tarilish va davriy pasayish davrida ishlab chiqarish o‘ta tezlashadi.
Xalqaro kredit ijtimoiy ishlab chiqarishdagi nomutanosiblikni kuchaytiradi, buning natijasida daromadli tarmoqlarning rivojlanishi osonlashadi, xorijiy kapitallar jalb qilinmagan tarmoqlarning rivojlanishini sekinlashtiradi.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling