Alohida kredit turlari va usullari


Download 33.96 Kb.
bet1/3
Sana07.01.2023
Hajmi33.96 Kb.
#1081675
  1   2   3
Bog'liq
Alohida kredit turlari


13-MAVZU


ALOHIDA KREDIT TURLARI VA USULLARI


MAVZUGA OID ASOSIY TA’RIFLAR VA TUSHUNCHALAR
Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir.
Moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol krediti iste’mol kreditining shakllaridir.
sinditsiyalashtirilgan kredit — bir necha banklar tomonidan yirik investitsiya loyihalarini birgalikda kreditlash
Overdraft – Bank tomonidan Qarz oluvchiga oʻrnatilgan limit va muddat doirasida beriladigan kredit.
Revolver kreditlash uchun qayta tiklanadigan kredit liniyasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga ochiladi
Ta’lim kreditlari Oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lovkontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun talabalarning o‘zlariga, ularning ota-onalariga yoki vasiylariga, berilishi mumkin.
Ipoteka kreditlari – muomala layoqatiga, doimiy ish joyiga, yashash joyidan ro‘yxatdan o‘tgan, o‘z faoliyati natijasida olingan daromadga va boshqa daromadlarga ega bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga quyidagi maqsadlarga beriladi:
a) qonun xujjatlarida belgilangan tartibda kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyiha asosida, qurilishning belgilangan normalari va qoidalariga rioya qilib yakka tartibda uy-joy qurishga;
b) yakka tartibda uy-joyni rekonstruktsiya qilishga;
v) yakka tartibdagi uy-joy yoki ko‘p kvartirali uydagi kvartirani sotib olishga.


MAVZUGA OID MASALALAR
13.1-masala. Mijozning joriy hisobraqamida 2014 yil 5 may kuni soat 10:00da 2310 ming so‘m pul bor edi. Shu kuni 10:30 da hisobraqamga 1100 ming so‘m pul tushdi. Soat 11:00 da mijoz etkazib berilgan tovarlar uchun 3470 ming so‘m pul to‘ladi.
2014 yil 6 may kuni hisobraqamga 1230 ming so‘m pul tushdi. Shu kuni kunning ikkinchi yarmida joriy hisobraqam 1300 ming so‘mga debetlanadi.
Ikki kun mobaynida mijoz bankning qancha summadagi overdraft kreditidan foydalandi?


13.2-masala. Universitetda yillik to'lovlarning asosiy miqdori 2000 AQSh dollarini tashkil etadi va inflyatsiyani hisobga olgan holda oshib boradi (15%). O'qish muddati 5 yil. Universitet butun o'qish muddati davomiga birdaniga10 ming dollar to'lashni taklif qilmoqda. Agar bank foizlari 13%, omonat summasi 14 ming dollar bo'lsa, bu taklif talabaga foydali bo'ladimi yoki yo‘q?



Download 33.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling