Alohida kredit turlari va usullari
Download 33.96 Kb.
|
Alohida kredit turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.2-topshiriq.
- MAVZUGA OID KROSSVORD 13.1-krossvord
MAVZUGA OID TOPSHIRIQ
13.1-topshiriq. Mavzuga tegishli quyidagi atama va birikmalarga izoh yozing: Bank krediti – Overdraft - Kontokorrent schyotidan kreditlash – Lombard kreditlari deganda - Iste’mol krediti - Ipoteka krediti Sinditsiyalashtirilgan kredit – Yirik investitsiya loyihasi - Etakchi bank – Ta’lim kreditlari - Ta’minlanmagan kreditlar- 13.2-topshiriq. Takrorlash uchun savollar 1. Kreditlar muddatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 2. Kreditlar ta’minlanganligiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 3. Kreditlar takror ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko‘rsatishiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 4. Kreditlar bahosiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 5. Kreditlar foiz stavkasining turiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 6. Kreditlar tarmoq xususiyatiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 7. Kreditning kreditlash ob’ektlariga ko‘ra qanday turlari mavjud? 8. Kreditning maqsadi yo‘nalishi va kredit munosbatlarida ishtirok etuvchi sub’ektlarga ko‘ra qanday turlari mavjud? 9. Xalqaro kredit nima va uning qanday turlari. Ob’ekti va sub’ekti mavjud? 10. Kreditlashning qanday zamonaviy usullarini bilasiz? 11. Overdraft shaklida kreditlash qay tartibda amalga oshiriladi? 12. Kreditlashning kontokorrent shakli nima va u overdraftdan qaysi jihatlari bilan farq qiladi? 13. Kredit liniyasi ochish yo‘li bilan kreditlashning afzallliklari nimada? 14. Mijozni alohida ssuda hisobarqamidan bir marotabali kreditlash qanday amalga oshiriladi? 15. Faktoringda tovar hujjatlari qaysi shartlar asosida sotib olinadi? 16. Forfeyting nima? MAVZUGA OID KROSSVORD 13.1-krossvord
Eniga: 12. Kredit qo‘yilmalarining iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar, qarz oluvchilar guruhlari hamda kerdit turlari bo‘yicha samarali taqsimlanishi. 14. Banklar tomonidan qimmatli qog‘ozlarni yoki nodir metallarni garovga olish yo‘li bilan qat’iy qayd qilingan muddatda beriladigan kreditlar. 15. Foiz stavkasi bozor stavkasidan yuqori bo‘lgan kreditlar. Bo‘yiga: 1. Mijozning faoliyatidan keladigan tushumlari schyotining kreditida, mijozning faoliyati bilan bog‘liq to‘lovlar esa schyotning debetida aks etadigan alohida kredit turi. 2. Kreditlarning muddatiga ko‘ra turi. 3. Hozirgi davrda tijorat banklari amaliyotida qo‘llanilayotgan zamonaviy kreditlash usullaridan biri. 4. 5. Kreditning maqsadi yo‘nalishi va kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlarga ko‘ra kredit turlaridan biri. 7. Biror bir ta’minotsiz berilgan kreditlar. 8 9. To‘qimachilik korxonalariga va ulgurji savdo korxonalariga taqdim etiladigan qayta tiklanadigan kredit liniyasi. 10. Tarmoq xususiyatiga ko‘ra kreditning turlaridan biri. 13. Kreditning bahosiga ko‘ra turlaridan biri. Download 33.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling