А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit
Download 491.92 Kb.
|
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tamoyil
- Tarkibiy o‘zgarishlar
- Tovar xo‘jaligi
- Transmilliy korporatsiyalar
- To‘lov balansi
Talab egri chizig‘i – ma’lum bir vaqt mobaynida turli narxlar bo‘yicha xaridorlarning sotib olishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdorining grafik orqali ifodalanishi.
Talab egiluvchanligi – xaridorga narxning o‘zgarishi qanday ta’sir qilishini, ya’ni narxning 1%ga o‘zgarishi sotib olinadigan tovar miqdorini qanchaga o‘zgarishini ifodalovchi iqtisodiy ko‘rsatkich. Tamoyil – faoliyat uchun asos qilib olinadigan qonun-qoida, nuqtai nazar, qarashlar. Tarkibiy siyosat – milliy manfaatlarni ta’minlovchi, iqtisodiy o‘sishga yo‘l beruvchi, aholi farovonligini muttasil oshib borishiga olib keluvchi yangicha ishlab chiqarish tarkibini yaratish. Tarkibiy o‘zgarishlar – milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilish asosida tarmoqlar, hududlar va boshqa iqtisodiy birliklar hissasini o‘zgartirish. Tashqi savdo balansi qoldig‘i – mamlakatning eksport va importi farqi. Tashqi xarajatlar – chetdan jalb etilgan iqtisodiy resurslar uchun to‘langan pul mablag‘lari. Tovar - insonning biror-bir ehtiyojini qondirib, ayirboshlash (sotish) uchun ishlab chiqarilgan ne’mat. Tovar xo‘jaligi – tovar ishlab chiqarishga asoslangan, ishlab chiqarish bilan iste’mol bozor orqali bog‘lanadigan xo‘jalik yuritish shakli. Tovar – xom ashyo birjasi - ma’lum doirada ulgurji savdo-sotiq ishlarini bajaruvchi korxona. Hozirgi paytda narx kotirovkasini aniqlash va uni oshkoraligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Transmilliy korporatsiyalar – jahon xo‘jaligi doirasida bir yoki bir necha sohada hukmronlik qiluvchi, kapitali milliy, hukmronlik qilish doirasi xalqaro korporatsiyalar. Tub iqtisodiy belgilar – har bir hodisa, jarayon, tizimning boshqalardan ajratib turuvchi, uning sifat jihatdan farqlanishiga sabab bo‘lgan xususiyatlarga aytiladi. Turmush darajasi – aholini hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlar bilan ta’minlanganligi va zarur ne’matlar bilan ehtiyojlarining qondirilish darajasi. Boshqacha aytganda, bunda insonlarning hayotiy ehtiyojlarining qondirilish me’yori tushuniladi. To‘lov balansi – ma’lum vaqt (yil) mobaynida mamlakatning barcha turdagi iqtisodiy aloqalari, eksporti va importi va ularning nisbatini aks ettiruvchi iqtisodiy muvozanat. Download 491.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling