А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Narx – tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vosi­tasi bo‘lib, unga to‘lanadigan pul miqdorini ifodalaydi. Narx bo‘yicha raxnoma


Download 491.92 Kb.
bet40/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Narx – tovarlar va xizmatlarning nafliligini baholash vosi­tasi bo‘lib, unga to‘lanadigan pul miqdorini ifodalaydi.
Narx bo‘yicha raxnoma – oligopolistik bozordagi etakchi firma, qaysiki uning narxni ko‘tarishi yoki tushirishiga qarab, boshqalar unga ergashadi.
Narx mexanizmi – narxlarning tashkil topishi, ya’ni tovar, xizmatlarga to‘lanadigan pul miqdorini belgilash qoida­lari, usullarini o‘z ichiga oladi.
Narx shakllanishining bozor mexanizmi – bozor va uning aniq shaklidan qat’iy nazar talab va taklifning nisbati va raqo­bat asosida ya’ni bozordagi vaziyatga ko‘ra narxning shakl­lanishi.
Narx turlari – bozor iqtisodiyoti sharoitida bir-birini taqozo etuvchi turli maqsadlarda qo‘llanuvchi, turli vazifalarni bajaruvchi narxlar majmuiga turli jihatdan yonda­shib, guruhlarga bo‘linishi.
Natural xo‘jalik – mahsulot ishlab chiqaruvchining o‘z ehti­yoj­­larini qondirishga qaratilgan xo‘jalik yuritishning yopiq shakli.
Naflilik – xaridorning o‘z ehtiyojini qondirish, ne’matni iste’mol qilishdan oladigan qoniqishi.
Nominal daromad – ma’lum vaqt davomida aholi tomonidan olingan pul shaklidagi daromad.
Nominal ish haqi – pul shaklida olingan ish haqi.
Nominal YAIM – mavjud bozor narxlari bo‘yicha hisoblangan yalpi ichki mahsulot.
Nomoddiy boylik – aholining salomatligi, madaniy-ma’na­viy, intellektual salohiyati, to‘plagan bilimi, malaka, mahoratida ifodalangan boylik.
Normal foyda – tadbirkorlik qobiliyatini ishga solishning alternativ qiymati.
Nufuz qonuni - aholining tabiiy o‘sishi bilan ular ehtiyojlarning qondirilish darajasi o‘rtasidagi bog‘lanish. Tomas Maltus tomo­nidan aholining qashshoq yashashiga sabab, uning o‘sishi geo­metrik progressiya, yashash uchun zarur ne’matlarni ishlab chiqarish arifmetik progressiya asosida o‘sishi tufayli, deb izohlangan.
Oligopoliya – (yunoncha ozchilik, sotaman) – ishlab chiqarish va bozorda uncha ko‘p bo‘lmagan, sanoqli firmalar hukmronligidir.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling