Moliyaviy resurslar – muayyan maqsadga qaratilgan pul fondlari.
Moliyaviy sarosimalik – mijozlarning omonatga qo‘ygan pullarini so‘ragan vaqtlarida olishga urinishlari, qarzdorlarda esa talab qilingan miqdorda pulning yo‘kligi tufayli kelib chiqadigan vaziyat.
Moliyaviy siyosat – davlat iqtisodiy siyosatining asosini tashkil etib, jamiyatning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishish uchun resurslarni to‘g‘ri tashkil etish va undan unumli foydalanish borasidagi strategik va taktik chora-tadbirlar belgilash va ularni amalga oshirish.
Moliyaning vazifalari – moliyaning mohiyatini o‘zgartira olmaydi, lekin xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Ularga misol qilib: rag‘batlantirish, ijtimoiy himoya, iqtisodiy axborot va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Moliyaning funksiyasi – moliya mohiyatining xo‘jalik faoliyatida aniq ko‘rinishi, uning tashqi ifodasidir. U taqsimlash va nazoratdan iborat.
Monetar qoida – monetarizm tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan. Unga ko‘ra muomaladagi pul massasi yiliga real YаIM o‘sishining potensial sur’ati darajasiga teng miqdorda o‘sishi kerak. Pul massasi barqaror 3-5% o‘sishi zarur.
Monetar siyosat – MB tomonidan mamlakatda to‘la bandlik va milliy ishlab chiqarishning noinflyasion o‘sish suratini ta’minlovchi pul taklifini o‘zgartirish.
Mulk – qabul qilingan tartib asosida o‘zlashtirishga mo‘ljallangan cheklangan ne’matlar.
Mulk huquqi – kishilar o‘rtasida ne’matlar va ulardan foydalanish natijasida vujudga keladigan munosabatlarning jamiyat tomonidan qabul qilingan qoidalari (qonunlar, an’analar, urf-odatlar, ma’muriy farmoyishlar).
Mulkdan foydalanish - mulkni ishlatib, ko‘zlangan maqsadga, natijaga erishish: daromad topish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish.
Mulkka egalik qilish – mulkdorlik huquqining mulk egasi qo‘lida saqlanib turishi, yaratilgan mahsulotni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mutlaq ustunlik (afzallik) – bir birlik tovar tovar ishlab chiqarish uchun boshqa mamlakatga qaraganda, kam mehnat, kam resurs sarflashda ifodalanadi.
Narx pariteti – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxi o‘zgarishining tarmoqda ishlatiladigan sanoat tovarlari va xizmatlari narxining o‘zgarishi bilan taqqoslanishi. Odatda u paritet indeksi orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |