Likvidlilik darajasi – pul massasining naqd pul shakliga aylantirish imkoniyati.
Lorens egri chizig‘i – aholi daromadining tengsizligining grafik tasviri.
Majburiy zahira – tijorat banklari depozitlarining qonun bo‘yicha majburiy zahiralar me’yoriga muvofiq Markaziy bankda saqlanadigan qismi.
Majburiy zahira me’yori – Markaziy bank tasarrufidagi banklar uchun belgilanadigan, lekin tijorat va maxsus banklarning mulki bo‘lgan qismi. Bankning majburiy zahirasi uning muddatsiz omonatlari bo‘yicha majburiyatlariga nisbati tarzida belgilanadi.
Makroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning milliy iqtisodiyotga bir butun tizim sifatida yondashib, iqtisodiy siyosatning maqsadini shakllantiruvchi va uni ro‘yobga chiqarish uchun zarur chora-tadbirlar belgilashni tadqiq qiluvchi bo‘limi.
Makroiqtisodiy muvozanatning keynscha modeli – yalpi sarflar bilan narxlar o‘zgarmas darajasidagi real YаIM o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishni ifodalovchi model.
Makromoliya – jamiyat, umumdavlat miqyosidagi moliya.
Manfaatlar – odamlar ehtiyojining munosabatlar orqali ifodalanishi.
Megamoliya – xalqaromiqyosdagi davlatlararo moliyaviy munosabatlar bo‘lib, ular xalqaro moliya institutlari vositasida amal qiladi.
Me’yoriy unumdorlik(daromad)ni pasayish qonuni – bir omilning o‘zgarishi va qolganlari o‘zgarmagani holda ma’lum chegaradan so‘ng har bir qo‘shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum(daromad) olib kelishini ifodalaydi.
Mikroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning, iqtisodiy alohidalashgan birliklari (firma, korxona, uy xo‘jaligi), alohida olingan bozor, aniq mahsulot narxlari, sotuvchi va xaridorlarning samarali tanlov tamoyillari shakllanishini o‘rganuvchi bo‘lim;
Mikromoliya – firma, korxona, tashkilot, muassasa, jamoat, uy xo‘jaligi (xonadon) moliyasi.
Milliy boylik (MHT metodikasi bo‘yicha) – taraqqiyot asosi bo‘lib, mamlakat ixtiyoridagi mehnat tufayli yaratilib jamg‘arilgan moddiy ne’matlar, oltin, chet el valyutalari, nomoddiy aktivlar va qadriyatlar, hisobga olingan va xo‘jalik aylanmasiga jalb etilgan er va tabiiy resurslardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |