Milliy boylik (nazariy jihatdan) – muayyan jamiyatning asrlar osha, o‘z tarixi davomida to‘plagan iqtisodiy ne’matlarining jamidir.
Milliy daromad – yil davomida jamiyatning sof «ishlab topgan daromadi»dir. Sof ichki mahsulotdan chet elda ishlab chiqarish omillari evaziga yaratilgan sof daromad va biznesga egri soliqlarni ayirib topiladi yoki SMMdan biznesga egri soliqlar chegirib tashlanadi.
Milliy iqtisodiyot – mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan, mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘liq bo‘g‘inlar, tarmoqlardan tashkil topgan murakkab xo‘jalik tizimi.
Milliy iqtisodiyotning tarkibi – mamlakatda mavjud iqtisodiy resurslar va mehnat taqsimoti asosida shakllangan ishlab chiqarish va YаIMning tarkibi (tuzilishi).
Milliy hisob tizimi – iqtisodiyotdagi faoliyat natijalarini aniqlash usullari majmui bo‘lib, ikkiyoqlama yozuvga asoslangan, daromad, xarajatlar oqimini ifodalovchi jadvallar to‘plami. Mikromiqyosda buxgalteriya tizimi qanday rol o‘ynasa, makromiqyosda MHT shunday ahamiyatga ega.
Moddiy buyumlashgan boylik – mamlakatning asosiy, aylanma kapital, moddiy zaxiralar, aholining mol-mulki, tabiiy boyliklari, tarixiy obidalar, arxitektura yodgorliklarida ifodalangan boylik.
Moliya bozori – sub’ektlar o‘rtasida moliyaviy aktivlarni ayirboshlash, oldi-sotdi qilish borasida amalga oshiriladigan tartiblar.
Moliya institutlari – moliya munosabatlarini amalga oshiruvchi, tartibga soluvchi, moliya infratuzilmasini tashkil etuvchi turli muassasa va davlat tashkilotlari.
Moliya mexanizmi – moliyaviy munosabatlar (aloqalar), moliyaviy resurslarni uyushtirish va ishlatishni ta’minlovchi barcha vositalar majmui.
Moliya munosabatlari – pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish, taqsimlash va ishlatish natijasida ro‘y beradigan munosabatlar. Ular YаMM, milliy boylikni taqsimlash, ishlatish jarayonida vujudga keladi.
Moliya tizimi – jamiyatdagi turli-tuman moliya munosabatlarining majmui va bu munosabatlarni tartibga soluvchi moliya mexanizmi va moliya institutlari yaxlitligidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |