Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasi - mavjud iqtisodiy resurslardan to‘la foydalanish evaziga eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizig‘i - mavjud resurslardan to‘la foydalanish evaziga turli kombinatsiyalarda eng ko‘p mahsulot ishlab chiqarishning grafikda ifodalanishi.
Ishlab chiqarish omillari nisbati (Xeksher-Olin) nazariyasi - xalqaro savdo yo‘nalishi ishlab chiqarish omillarining qiyosiy narxlariga nisbatan shakllanishini asoslovchi nazariya.
Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarish omillarining har qanday to‘plami bilan shu omillar yordamida eng yuqori imkoniyat darajasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalovchi funksiya.
Ishlab chiqarish hajmi va yalpi xarajatlarni taqqoslash metodi – ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini yalpi xarajatlar, milliy mahsulotga teng bo‘lgan real sof milliy mahsulot hajmini aniqlash orqali hisoblanadigan usul.
Iqtisodiyotni tartibga solishning klassik nazariyasi – iqtisodiyot o‘zini-o‘zi bozor mexanizmi va bozor regulyatorlari asosida tartibga soladi, ular yordamida mamlakat o‘z resurslarini to‘la ishga soladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning monetar modeliga ko‘ra – Keynschilikda davlatning iqtisodiyotga aralashuvi eng kam darajada, muomaladagi pul miqdorini tartibga solish doirasida bo‘lishi zarur. Bu narx darajasi muomaladagi pul miqdoriga bog‘liq, degan fikrni ilgari suruvchi va monetar qoidaga asoslanuvchi konsepsiya.
Iqtisodiyotni tartibga solishning keynscha modeliga ko‘ra – bozor o‘z-o‘zicha iqtisodiyotni samarali tartibga sola olmaydi, resurslardan to‘la foydalanishni amalga oshira olmaydi. Shuning uchun bu davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi (soliq-byudjet va pul-kredit siyosati) orqaligina qo‘yilgan maqsadga erishish mumkinligi to‘g‘risidagi konsepsiya.
Iqtisodiyotni tartiblashning bevosita usullari – Davlatning iqtisodiyotni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuviga asoslangan vosita va dasturlar orqali tartibga solishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |