А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet32/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Jamoa bitimi – ishchi-xizmatchilar jamoasi bilan firmalar o‘rtasida tuzilgan shartnoma.
Jahon bozori – mehnat taqsimoti orqali bir-biriga bog‘lan­gan turli mamlakatlar o‘rtasida barqaror ayirboshlash aloqalari va ularni ma’lum tartiblar asosida amalga oshiriladigan joy. O‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra milliy bozordan farq qiladi.
Jahon xo‘jaligi – ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanish daraja­sidan qat’iy nazar iqtisodiy munosabatlar tizimi bilan bog‘­langan milliy xo‘jaliklar majmui.
Jahon xo‘jaligining globallashuvi – jahon xo‘jaligining yago­na tovar va xizmatlar, kapital, ish kuchi va intellektual bozori, mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iqtisodiyotining bir qis­mi sifatida namoyon bo‘lishi.
Ijara haqi – mulk egasiga mulkdan foydalanish huquqini ma’lum bir muddatga berib turgani uchun egasiga to‘lanadigan haq.
Ijtimoiy-iqtisodiy tizim – jamiyatdagi turli xo‘jalik yuri­tuvchi subektlar o‘rtasida iqtisodiy munosabatlar, aloqalar, jarayonlarni bir butun holda, muayyan tarzda tarkib topishi va tartibga solinishini ifodalaydi.
Ijtimoiy siyosat – davlatning insonning samarali ijtimoiy himoyasini shakllantirish va kamol topishiga imkon yaratishga qaratilgan siyosati (chora-tadbirlar ko‘rishi).
Ijtimoiy to‘lovlar – kam ta’minlangan oilalarga pul yoki natura shaklida yordam berishga qaratilgan to‘lovlar.
Ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlar – jamiyatning hayot kechiri­shi, rivojlanishi uchun zarur iqtisodiy ne’matlar, ya’ni turli mah­sulot va xizmatlar majmuiga bo‘lgan zaruriyat.
Import – chetdan mamlakatga olib kelingan tovarlar miqdori (qiymat o‘lchovida).
Import qilingan inflyasiya – mamlakatga chet el valyutasining kirib kelishi, milliy valyutani past kursi va import qilinayotgan tovarlar narxini o‘sishi.
Import samarasi – mamlakatning sof eksporti hajmining mamlakat ichida va chetdagi narx darajasi va ularning nisbatiga bog‘liqligi.
Induksiya – empirik bilimdan abstraksiyaga o‘tish, xususiy xulosadan umumiy xulosa chiqarish usuli.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling