O‘z-o‘zini nazorat qilish savollari
Kreditning roli nimalardan iborat va ular qanday belgilar orqali namoyon bo‘lishi mumkin?
Kreditning moddiy resurslarni qayta taqsilashda qanday roli bor?
Mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishning uzluksizligini ta’minlashda kredit roli qanday belgilardan iborat bo‘ladi?
Takror ishlab chiqarishda kredit turlaridan foydalanishning qanday xususiyatlari bor?
Kreditni joriy etish sohalari bilan bog‘liq xususiyatlar nimadan iborat ?
Kreditning qaysi jihatlari davlat nazorati ostida bo‘ladi?
Kreditning iqtisodiyotning real sektori korxonalarining joriy investitsiyalarni moliyalashtirishdagi roli nimalardan iborat?
Kreditning qurilish industriyasini rivojlantirishdagi roli nimalardan iborat?
Kreditnin eksport-import operatsiyalarini rivojlantirishdagi roli nimalardan iborat?
Kreditning aholining turmush faravonligini oshirishdagi roli nimalardan iborat?
ASOSIY TUSHUNCHALARNING IZOHLI LUG‘ATI (GLOSSARIY)
Ayirboshlash – muayyan miqdordagi ne’matlarning bir sub’ektdan boshqa bir sub’ekt ixtiyoriga o‘tish jarayoni.
Aktiv kapital – asosiy kapitalning ishlab chiqarish jarayonida faol qatnashadigan qismi; odatda mashina, mexanizmlar, asbob-uskuna kabilar kiritiladi
Aksiya – aksionerlik jamiyati sarmoyasiga qo‘yilgan ulushga guvohlik qiluvchi, uning egasiga ulushiga muvofiq foydaning ma’lum bir qismini olish va jamiyatni boshqarishda qatnashish huquqini beradigan qimmatli qog‘oz.
Amortizatsiya – asosiy kapitalning mahsulotga ko‘chgan, xarajatlarda ifodalangan qismi.
Asosiy kapital – kapitalning ko‘p yil xizmat qilib, bir necha ishlab chiqarish sikli (doiraviy aylanishi)da qatnashib, qiymatini ishlab chiqarilayotgan tovar (xizmat)ga asta-sekinlik bilan o‘tkazadigan, ishlab chiqarish jarayonida o‘z jismoniy xossasini o‘zgartirmaydigan qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |