А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit
Download 491.92 Kb.
|
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bozor hajmi
- Valyuta
- Global muammolar
- Davlat byudjeti
Bozor infrastrukturasi – turli-tuman bozor sub’ektlari o‘rtasida ayirboshlashning me’yorida amalga oshirilishini ta’minlaydigan soha.
Bozor muvozanati – talab va taklifning miqdor va tarkibi jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor segmenti – savdo-sotiqdagi shart-sharoitlarning ma’lum belgi, alomatlari, mezonlariga qarab bo‘g‘inlarga ajratish. Bozor tuzilishi – har xil mezonlar asosida bozor tarkibini turkumlash. Bozor hajmi – bozordagi tovar aylanmasi hajmi bilan aniqlanadi. Bozorning to‘yinish darajasi – bozorning talabni qondirish darajasini ko‘rsatadi. Boylik samarasi – narxlarning o‘sishi yoki kamayishi tufayli moliyaviy aktivlar real qiymatlarining o‘zgarishi oqibatida xarajatlar umumiy hajmining o‘zgarishi. Valyuta – mamlakatning milliy pul birligi, shu mamlakatning milliy boyligi bilan ta’minlangan. Valyuta kursi – milliy valyutaning chet el valyutasi birligida ifodalanishi. Valyutaning konvertatsiyalanishi – mamlakat valyutasini (milliy pul birligining) chet el valyutasiga almashtirilishini tashkil etuvchi operatsiyalar. Gipoteza – ishonchli nazariya bo‘lishi uchun tajribada sinash va nazariy jihatdan asoslab berish lozim bo‘lgan, muayyan hodisaning yuz berishi sabablarini izohlash uchun ilgari surilgan ilmiy taxmin. Global muammolar – umumjahon xarakteriga ega, insonning hayoti, jamiyat taraqqiyotiga xavf soluvchi, o‘zaro bog‘liq, dunyo hamjamiyatining birgalikda kechiktirmay hal etishini talab qiladigan muammolar. Globalizatsiya – har bir mamlakat iqtisodiyotining jahon iqtisodiyoti tarkibining bir qismiga aylanib, yagona tovar va xizmatlar, kapital, ish kuchi, intellektual bozor sifatida ifodalanishi. Davlat byudjeti – davlatning o‘z vazifalarini bajarishini moliyaviy ta’minlash maqsadida pul mablag‘larini to‘plash (daromadlar) va sarflash (xarajatlar)ning balansi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi – milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, bozor bajara olmaydigan ijtimoiy–iqtisodiy maqsadlarni amalga oshirish. Download 491.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling