А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet33/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Inson kamoloti indeksi – aholi farovonligi, jamiyatda insonning barkamolligi ta’minlanishini ifodalovchi ko‘rsat­kich. Jon boshiga to‘g‘ri keladigan YаMM, kutilayotgan yashash yoshi, ta’lim darajasi (25 yosh va undan kattalar) asosida hisoblanadi.
Inson kapitali – odamlar yillar davomida to‘plagan bilim, malaka, tajriba tarzida bo‘lib, uni egasidan ajratib bo‘lmaydi.
Intensiv iqtisodiy o‘sish – resurslarini tejab-tergab ish­la­­tish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish evaziga iqti­so­diy o‘sish.
Inflyasiya – muomalada pul taklifining talabga nisbatan had­dan tashqari ko‘payib ketishi oqibatida, pulning xarid quvva­tini pasayishi, pulning obro‘sizlanishi. U narx indeksining ko‘ta­rilishida ifodalanadi.
Iste’mol – ishlab chiqarish natijalaridan foydalanish, eh­tiyo­jni qondirish jarayoni;
Iste’molga o‘rtacha moyillik – yil davomida shaxs ixtiyo­ridagi daromadning iste’molga sarflangan qismi. Iste’molning daromadga nisbati tarzida hisoblanadi.
Iste’mol funksiyasi – iste’mol xarajatlari bilan shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni ifodalaydi.
Iste’molga me’yoriy moyillik – qo‘shimcha birlik olingan shaxs ixtiyoridagi daromadning iste’molga sarflangan ulushi. Is­te’­moldagi o‘zgarish (∆S) ni, daromaddagi o‘zgarishga (∆Di) nis­bati tarzida hisoblanadi. Jamg‘arishga me’yoriy moyillik – qo‘­shim­cha birlik olingan shaxs ixtiyoridagi daromadning jamg‘armaga sarf­langan ulushi. U jamg‘arishdagi o‘zgarish (∆S) ning daromaddagi o‘zgarish (∆Di) ga nisbati tarzida hisoblanadi.
Ichki xarajatlar – ishlab chiqarish xarajatlarida korxonaning o‘z ixtiyoridagi resurslar qiymatining puldagi ifodasi.
Ish haqi – YаIMdagi mehnat omilining ulushi, bajarilgan ishga qarab to‘lanadigan haq. Mehnat bozoridagi ish kuchiga talab va taklifning muvozanatiga bog‘liq.
Ishlab chiqarish - insonning moddiy va ma’naviy ehtiyoj­larini qondirishga qaratilgan ne’matlar yaratish jarayoni.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling