А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet36/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Iqtisodiy foyda – umumiy tushum bilan iqtisodiy xara­jat­lar o‘rtasidagi farq.
Iqtisodiy sikl – iqtisodiyotda yuksalishning inqiroz bilan almashinib va uning takrorlanib turishi.
Inqiroz (tanglik, tushkunlik, burilish) – siklning qisqa­rishi yoki ishlab chiqarish hajmini, iqtisodiy o‘sish sur’a­tining pasayish fazasi.
Kam ta’minlangan oilalar – jon boshiga yashash mini­mu­midan ortmaydigan, kam daromad oluvchi oilalar.
Konsolidatsionyig‘ma byudjet – davlat byudjeti va nobyud­jet fondlarining birgalikda atalishi.
Konsepsiya – qarashlar, fikr yuritish, dunyoni anglash usullari.
Kredit – iqtisodiy kategoriya, vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan mablag‘larni boshqalar tomonidan ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar.
Kredit berish tamoyillari – kredit berishning qonun-qoi­dalari va bank tomonidan mijozlarga qo‘yiladigan shartlar­ning nazariy mazmuni.
Kredit mexanizmi – iqtisodiy mexanizmning tarkibiy qismi bo‘lib, o‘z ichiga kreditlash sharoitlari, usullari, kreditni bosh­qarish tartibini oladi.
Kredit emissiyasi banklar tomonidan ssuda berish, yangi chek hisoblarini ochish, naqd pulsiz cheklar yorda­mida yoki boshqa yo‘llar bilan mamlakatning pul massasini ko‘pay­tirish.
Ko‘p ukladli iqtisodiyot – turli mulk shakllari va har xil xo‘jalik turlari yaxlitligidan tashkil topgan iqtisodiyot.
Qo‘shilgan qiymat – bu har bir korxona, firma tomonidan yaratil­gan mahsulotning bozor narxida ifodalangan hajmi bo‘lib, undan sotib olib ishlatilgan xom ashyo, materiallar chegirib tash­lanadi.
Laffer egri chizig‘i – soliq stavkasi (0 dan 100% gacha) bilan byudjetga tushadigan soliq tushumi o‘rtasidagi bog‘lanishni ifoda­laydi, soliq stavkasining qaysi miqdorida soliq tushumi eng yuqori darajada bo‘lishini ko‘rsatadi.
Lerner indeksi – monopoliya hukmronligi darajasini ko‘rsa­tuvchi iqtisodiy ko‘rsatkich.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling