Davlat sektori – mamlakat iqtisodiyotining davlat, hukumat tomonidan to‘la nazorat qilinadigan qismi.
Daromad – ma’lum bir vaqt (yil) oralig‘i(yil)da YаIMning omillar ulushiga ko‘ra taqsimlanishi natijasida olingan, shaxsiy iste’mol va turli ne’matlar (tovar va xizmatlar) sotib olishga mo‘ljallangan pul mablag‘lari summasi.
Daromadlarning funksional taqsimlanishi – jamiyatning pul daromadini, qanday omil ulushi evaziga olingani va bajaradigan funksiyalari asosida taqsimlanishi: ish haqi, renta, foiz, foyda.
Daromadning shaxsiy taqsimlanishi – jamiyatning pul daromadini alohida oilalar, shaxslar o‘rtasida taqsimlanishi.
Deduksiya – nazariyadan amaliyotga, umumiy xulosadan xususiy xulosa chiqarishga, ilgari surilgan gipotezani real iqtisodiy dalillar yordamida tekshirishga, tadqiq qilishga asoslangan usul.
Demping – boshqa mamlakatlarda tovarlarning tannarxidan (sarflangan o‘rtacha xarajatlardan) past narxda sotish.
Depressiya – siklning ishlab chiqarish hajmi, bandlikni uzoq vaqt tushkunlikda bo‘lishi fazasi.
Deformatsiyalashgan bozor iqtisodiyoti – davlatning mulk monopoliyasi, ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan, markazdan rejalashtiriladigan iqtisodiyot.
Dinamik iqtisodiy muvozanat – o‘zgaruvchanlikka asoslangan, barqaror rivojlanishni ta’minlaydigan muvozanat.
Doimiy xarajatlar – ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar.
Jamg‘arishga o‘rtacha moyillik – yil davomida shaxs ixtiyoridagi daromadning jamg‘armaga yo‘naltirilgan qismi. Jamg‘armani daromadga nisbati tarzida hisoblanadi.
Jamg‘arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli – muvozanatli sof milliy mahsulotni jamg‘arma bilan investitsiyalarni tenglashtirish orqali aniqlash usuli.
Jamg‘arma funksiyasi – jamg‘arma hajmi bilan (boshqa sharoitlar teng bo‘lgan holda) shaxs ixtiyoridagi daromad o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatadi.
Jamiyatning sof yo‘qotishlari – (monopoliyalarning ijtimoiy bahosi) – taklif miqdorini kamaytirish uchun monopoliyalar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmini samarali darajadan kamaytirish natijasida iste’molchi va sotuvchilar uchun ma’lum miqdorda mahsulotning yo‘qotilishi, ishlab chiqarishning kamayishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |