А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit
Kreditning eksport-import operatsiyalarini rivojlantirishdagi roli
Download 491.92 Kb.
|
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)
6.3. Kreditning eksport-import operatsiyalarini rivojlantirishdagi roli
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning hozirgi bosqichida eksport-import operatsiyalarini rivojlantirishni davlat tomonidan qullab-quvvatlash va tartibga solish iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosiy omillaridan bo‘lib qolmoqda. Mamlakatimizning iqtisodiy salohiyati eksport-import hajmini to‘xtovsiz oshirib borishga imkoniyat yaratadi. Bu boradagi tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri – eksport-import qilinadigan mahsulotlar va xizmatlarning tarkibi bo‘lib hisoblanadi. Eksport-import operatsiyalarini rivojlantirish masalasi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va investitsion faoliyatni rag‘batlantirishga qaratilgan davlatning umumiy iqtisodiy siyosatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilmasdan turib tashqi bozorlarga chiqish va mahsulotlarimizni sotish borasidagi eksport-import dasturlarini amalga oshirish, valyuta daromadlarining tushumini ta’minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni va ish o‘rinlarini tashkil etish va pirovard natijada, o‘z oldimizga qo‘yilgan yuksak maqsadlarimizga erishishimiz mumkin emas. Ma’lumki, eksport-import operatsiyalarini rivojlantirish uchun tadbirkorlardan tashqi bozorlarni o‘rganish, chet ellik sheriklarni topish, xalqaro tender savdolarida ishtirok etish, eksport shartnomalarini tuzish, xalqaro sertifikatlar, ruxsat berishga oid hujjatlarni olish va bojxona rasmiylashtiruvlari kerak bo‘ladi. Odatda, eksport deganda tovarlar, xizmatlar, investitsiya, qimmatli qog‘ozlar va texnologiyalarni tashqi bozorga chiqarish majmui tushuniladi. Tovarlarni bir mamlakat orqali olib o‘tish (tranzit) va bir mamlakatdan olib kelingan tovarlarni boshqa mamlakatlarga sotish uchun chiqarish jarayoni eksport tarkibiga kiradi. Eksport-import operatsiyalarini rivojlantirish va ularning ko‘lamini kengaytirishda xalqaro kreditning rolini erishilgan yutuqlarda kuzatish mumkin. Ulardan foydalanish turlicha rang-baranglikka ega. Kreditning roli pul aylanmasi ko‘rinishida shakllanadi va ularga ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro kredit eksport-import operatsiyalari munosabatlari jarayonida tovar va valyuta resurslarini qaytarishlik, muddatlilik hamda foiz to‘lash shartlari asosida taqdim etish bilan bog‘liq bo‘lgan ssuda kapitalining harakatidir. Xalqaro kredit kapitalistik ishlab chiqarish usulining dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni dastlabki jamg‘arib borishning dastaklaridan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarishning milliy chegaralardan tashqariga chiqishi, xo‘jalik aloqalari baynalmilallashuvining kuchayishi, kapitalning xalqaro jihatdan ijtimoiylashuvi, ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi kapital rivojlanishining ob’ktiv asosi bo‘lib xizmat qiladi. Mablag‘larning davriy aylanishi jarayonida vaqtinchalik bo‘sh turgan pul shaklidagi kapitalning muayyan qismi hamda banklarga jalb qilingan davlat va xususiy sektorlarning pul jamg‘armalari xalqaro kreditning manbalari bo‘lib sanaladi. Takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga bo‘lgan ob’ktiv zaruratlar yuzaga keladi. Bu zaruriyat mablag‘larning doiraviy aylanishi, mahsulot ishlab chiqarish va uni ayirboshlash xususiyatlari, tashqi iqtisodiy bitimlar hajmi va muddatidagi farqlar, ishlab chiqarishni kengaytirishga mo‘ljallangan kapital qo‘yilmalarni yo‘naltirish bilan o‘zaro bog‘liq. Xalqaro kredit o‘zining funksiyalarining bajarilishiga ko‘ra ijobiy yoki salbiy rolni o‘ynaydi. Uning ijobiy roli eksport-import operatsiyalarini rivojlantirish, takror ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlash orqali ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishining tezlashuvida o‘z aksini topadi. Xalqaro kredit tashqi iqtisodiy aloqalarga va pirovard natijada takror ishlab chiqarishga ta’sir etuvchi bo‘g‘inni ta’minlash mexanizmi rolini bajaradi. Ishlab chiqarish o‘sishining mahsuli bo‘lgan xalqaro kredit bir vaqtning o‘zida uning zaruriylik sharti va katalizatori bo‘lib hisoblanadi. U jahon bozorining shakllanishi va rivojlanishiga ko‘maklashadi. Kreditor mamlakatlardan olingan foydasini boshqa qarzdor bo‘lgan mamlakatlarga o‘tkazib beradi. Ssuda foizlari va ularning qaytimi qarzdor mamlakatlarda jamg‘armalarning manbalari shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xalqaro kredit qarzdor mamlakatlar uchun iqtisodiy va siyosiy rejimning shakllanishi hamda uning mustahkamlanishiga ko‘maklashadi. Download 491.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling