А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Kreditning qurilish industriyasini rivojlantirishdagi roli


Download 491.92 Kb.
bet23/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

6.2. Kreditning qurilish industriyasini rivojlantirishdagi roli
Kredit rolining samaradorligini qurilish industriyasida ham kuzatish mumkin. Qurilish industriyasi moddiy ishlab chiqarishning asosiy tarmog‘i bo‘lib hisoblanadi. Hozir qurilish industriyaning oldiga investitsiya dasturlarini bajarish bilan bog‘liq muhim vazifalar qo‘yilgan. Bundagi birinchi navbatdagi vazifalar kapital qo‘yilmalarining samaradorligini oshirish, qurilayotgan ob’ektdagi qurilishning davomiyligini qisqartirish, qurilish ob’ektining qiymatini kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish sifatini yaxshilash kabi masalalar tashkil etadi. Kapital qo‘yilmalaridan foydalanish sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport kabi tarmoqlarga belgilangan vazifalarning echimlari bilan o‘zaro bog‘liq. Kapital qo‘yilmalar ishlab chiqarishni rivojlantirish va aholining madaniy-maishiy talablarini ta’minlashga mo‘ljallangan asosiy fondlarni shakllantirish va yangilash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning yig‘inidisini tashkil etadi.
Ma’lumki, kreditning roli qurilish industriyasida ishlab chiqarishni kengaytirishda o‘zining asosiy dastaklaridan biri ekanligi bilan belgilanadi. Qarz mablag‘lari qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va uni kengaytirish maqsadida talab qilinadigan zahiralar hajmini ko‘paytirish, xarajatlarni qoplash uchun qisqa muddatli kreditlar beriladi. SHu bilan birga, kreditlar pul mablag‘lari manbai sifatida qurilish industriyasida binolar, inshootlar va uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunalarni sotib olish kabi boshqa turdagi asosiy fondlarni ko‘paytirish uchun foydalanish maqsadida beriladi. Bu holat qurilish mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish, qurilish tashkilotlarining yangi asosiy fondlarini kengaytirishda qurilish industriyasining imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiladi.
Kreditni asosiy fondlarni kengaytirish manbai sifatida qurilish industriyasiga qaytarmaslik sharti asosida pul mablag‘lari manbai hisobidan foydalanishga berish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, byudjetning moliyalashtirish hisobidan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish va kreditlash maqsadida belgilangan talablarga ko‘ra foydalanishga berish mumkin. Kreditlarni kapital qo‘yilmalarga mablag‘lar manbai sifatida safarbar qilingan mablag‘larning sarfini nazoratdan o‘tkazish eng muhim vazifalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Moddiy resurslarni taqsimlash kredit ishtirokchilarining ahamiyati to‘g‘risidagi axborotlarni beradi. Ushbu holat kredit munosabatlarining paydo bo‘lishiga va moddiy resurslardan maqsadli foydalanishga erishishga olib kelishi mumkin. Qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonining uzluksizligiga ta’sir ko‘rsatishda kredit juda katta rol o‘ynaydi. Korxonada joriy pul mablag‘larining kirimi va chiqimining tizimli nomutanosibligi, tovar-moddiy qiymatliklarni sotib olishda vaqtinchalik pul mablag‘larining etarli emasligi kabi sabablar qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi va ayirboshlashdagi uzluksizlikning buzilishiga olib kelishi mumkin. Pul mablag‘lariga bo‘lgan vaqtinchalik talabni ta’minlash uchun qarz oluvchilar mablag‘larning kirimi va ularning chiqimi uzluksiz tarzdagi takroriy aylanish ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Mablag‘larning uzluksizligi va aylanmalarning tezlanuvchanligi qurilish mahsulotlarini takror ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashga olib keladi.
Ushbu jararyonlarning barchasi kredit shakllaridan foydalanishni taqozo etadi, jumladan tijorat krediti yordamida qarz oluvchi moddiy resurslarni xarid qilishi, qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishi va ayirboshlash jarayonlarini bajarishi mumkin. Bank krediti qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi yohud talab qilingan moddiy resurslarni xarid qilishi yoki ular bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga imkoniyat yaratadi.
Kredit qurilish mahsulotlarining muayyan turini ishlab chiqarish va ayirboshlashni amalga oshirishdagi vaqtinchalik mablag‘larga bo‘lgan talabni ta’minlashda katta rol o‘ynaydi. Bunda qarz mablag‘lari mavsumiy zahiralar bilan mavsumiy xarajatlarning paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Kredit nafaqat korxona va tashkilotlar ish faoliyatining yuritilishiga imkonitya yaratadi, undan resurslardan tejamli foydalanish uchun o‘zining pul mablag‘lari hajmida zahiralarning kamaytirilgan tarzda foydalaniladi.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling