А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet20/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Ikkinchidan, har bir milliy kredit tizimida kredit kooperativi tashkilotlari ikkita sinfga ajratiladi. Birinchi sinfga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun kreditlar berishga mo‘ljallangan kreditlar kiradi. Ular fermerlar, kichik tadbirkorlar va boshqa shaxslarni tashkil qiladi, qarzlar ishlab chiqarish va tadbirkorlik maqsadlariga beriladi. Bunday kooperativlarda iste’mol qarzlari keng doirada tarqalmagan. Ammo amaliyotda boshqa nom bilan ishlatiladi. Kredit kooperativi tashkilotlarining ikkinchi sinfi tarkibiga kredit uyushmalari kiradi, ular asosan mijozlarga iste’mol qarzlari beradilar. Bu tashkilotlar jismoniy shaxslarni yaxlit ko‘rinishda bir joyga birlashtiradi, joriy iste’mol yoki uy-joy qurilishi maqsadlari uchun qarzlar beradilar. Kredit kooperativlari va kredit uyushmalari, qoidaga ko‘ra, o‘ziga tegishli bo‘lgan Bosh kredit kooperativlari ko‘rinishdagi tarkibiy tuzilishga ega.
5.2. Kreditlashni tashkil qilish prinsiplari
Kreditlashning o‘ziga xos qoidalari borki, ular maxsus tamoyillar asosida shakllanadi. Bu tamoyillar tarkibi kreditning qaytuvchanligi, kreditning muddatligi, kreditning ta’minlanganligi, kreditning maqsadliligi, kreditning to‘lovliligi, kreditning samaradorligi va differensial yondashuv kabi prinsiplarni tashkil etadi.
Kreditning qaytuvchanligi. Kreditni qaytarib berish ikki taraflama jarayonni tashkil etadi. Bu jarayon kreditor uchun ham qarz oluvchi uchun ham bir xil darajadagi manfaatdorlikni ko‘zda tutadi. Bu tamoyil bank amaliyotida kreditdan foydalanilganlik uchun hisoblangan foiz summasini kreditorning hisobiga o‘kazishda o‘z aksini topadi. Kreditor shu yo‘l orqali kredit resurslarini yana qaytadan shakllantirib boradi.
Kreditning muddatligi. Qarz oluvchiga kreditor muayyan muddatga kredit beradi. Qarz oluvchi bankdan kredit olish paytida uning qancha muddatga berilishi to‘g‘risidagi tuzilgan kredit shartnomasida bayon etadi. Kredit shartnomasi bank bilan qarz oluvchi o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unda kreditning qaysi muddatga berilganligi, kredit uchun qancha ustama haq to‘lanishi va kreditni qaytarish uchun garov ta’minoti yoki kafolatlar qayd qilinadi. Kreditning muddatliligi kreditor uchun ham qarz oluvchi uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Agar kreditor tomonidan qarzni foiz bilan birgalikda belgilangan muddatga ko‘ra qaytarib olinsa, u holda qarz oluvchining kreditor oldidagi ishonchi mustahkamlanadi, bu holatda qarz oluvchi takroran kredit olishi uchun qulay imkoniyat yaratiladi.
Kreditning muddati bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan shartlarning buzilish qarz oluvchiga nisbatan iqtisodiy jazo choralarini qo‘llashga olib keladi. Kreditning muddatliligi kreditning pulga aylanish davri, tushgan mablag‘larning tejamli va qayta ishlatilish muddati, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni jo‘natish muddati, tovarlarni sotish muddati hamda aylanma mablag‘larning doiraviy aylanuvchanlik tezligi bilan bog‘liq.
Kreditning ta’minlanganligi. Pul massasi bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi mutanosiblikning bir me’yorda bo‘lishi kreditning ta’minlanganlik prinsipi yordamida ta’minlanadi. Xo‘jalik aylanma mablag‘larida ishtirok etuvchi mablag‘larning har bir so‘miga tovar-moddiy qiymatliklar bir so‘mining mos kelishi taqozo etiladi.
Banklar tomonidan beriladigan kreditlar tovar-moddiy qiymatliklar va muayyan miqdordagi xarajatlar bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lishi lozim. Iqtisodiyot tarmoqlariga ta’minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarning bankka qaytib kelmasligi uchun asos bo‘ladi. Bu esa bankning likvidlilik darajasiga va pul muomalasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. SHu sababli banklar tomonidan beriladigan kreditlar tovar-moddiy qiymatliklar va xarajatlarning ta’minlangan bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Garov ta’minoti banklarga kredit qaytarilmay qolgan holatlarda uning qaytarilishini qoplash uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Kreditning maqsadliligi. Banklardan olingan kreditlar muayyan bir maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Kredit muayyan bir (ishlab chiqarish zahiralari, ishlab chiqarish xarajatlari, tayyor mahsulotlar, jo‘natilgan tovarlar va hakozo) ob’ektlar uchun bank tomonidan maqsadli ajratiladi.
Kreditning to‘lovliligi. Banklar tomonidan kreditlar ustama haq undirish maqsadida beriladi. Buning uchun bank qarz oluvchidan foiz shaklida qarz mablag‘larini undiradi. Qarzni bank qarz oluvchiga tekindan-tekinga beravermaydi. Foiz – bu berilgan qarzdan undirib olinadigan ustama haqdir. Kreditning miqdori berilgan qarzlarga nisbatan foiz hisobida belgilanadi. Foiz kreditning bahosi bo‘lishi bilan birga kreditdan foydalanganlik uchun undiriladigan haqdir.
Kreditning to‘lovliligi uni to‘liq miqdordagi summada o‘z egasiga qaytarish zarurligini emas, balki kredit uchun foiz shaklida to‘lov bilan birga qaytarilishini bildiradi (imtiyozli kreditlar bundan mustasno).
Kreditning samaradorligi. Iqtisodiyotning real tarmog‘i yoki korxona tomonidan olingan kredit summasi va unga hisoblangan foizning banklarga qaytarib to‘lanishidan qancha miqdorda samardorlikka erishilganligi kreditning samaradorligi prinsipi yordamida aniqlanadi. SHu sababli bank kredit berishdan oldin berilayotgan kreditning qancha miqdorda samara keltirishini hisob-kitob qilishi lozim. Masalan, investitsion loyihaga yo‘naltiriladigan mablag‘lar miqdori bankka qancha miqdorda samara keltirgandagina bu loyihaga bank mablag‘ ajratish mumkin ekanligi maqsad qilib qo‘yiladi.
Bank amaliyotida kredit samaradorligi mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiining mijozga ajratilgan kreditning o‘rtacha hajmiga nisbtan aniqlanadi.
Qachonki, bankka kredit resurslari kam miqdorda jalb qilingan bo‘lib uning bir so‘miga ortiqcha mahsulotlar sotilgan bo‘lsa, u kreditning samaradorligi shuncha miqdorda yuqori darajada bo‘lishini ko‘rsatadi.
Kreditning differensial yondashuvi. Kreditlashning mohiyatini o‘zida aks ettiruvchi jihatlar kreditning differensial yondoshuvi prinsipiga asoslanadi. Bank kredit munosabatdlarida barcha mijozlarga bir xil ko‘rinishda yondoshavermaydi. Masalan, ishonchli mijozlarga kredit ta’minoti talab qilinmasdan ham kreditlar ajratilishi mumkin yoki ishonchsiz mijozlardan kredit qaytimidan ortiqcha qiymatga ega bo‘lgan garov ta’minotlari talab qilinishi mumkin. Kredit uchun foiz stavkasini belgilash chog‘ida bank mijozlarga turlicha yondashuvlarni amalga oshirishi mumkin.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling