А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Ratsional kutish nazariyasi


Download 491.92 Kb.
bet42/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Ratsional kutish nazariyasi – Gipoteza, unga muvofiq fir­malar va uy xo‘jaliklari davlat pul-kredit va byudjet siyosati orqali iqtisodiyotga ma’lum bir darajada o‘z ta’sirini o‘tkazadi, deya kutishadi va o‘z manfaatlaridan kelib chiqib, bu siyosatni samarasiz qilib qo‘yadigan turli chora tadbirlar qo‘llashadi.
Real daromad – ma’lum bir vaqt (yil) oralig‘ida nominal daromadga sotib olish mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ularning miqdori esa soliqlar, narx, nominal daromadga bog‘liq.
Real iqtisodiy muvozanat – iqtisodiyotdagi nomukammal ra­qo­bat sharoitida tashqi omillarning ta’siri, turli cheklanish­lar mavjudligi, iqtisodiyotga ta’sir qiladigan kuchlar tufayli o‘rna­tiladigan muvozanat.
Real ish haqi – pul shaklida olingan ish haqining sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdorida ifodalanishi.
Real YAIM – narx o‘zgarishini nazarda tutgan holda hisob­langan yalpi milliy mahsulot. Real mahsulot hisoblanganda narx­lar indeksi qo‘llaniladi. Real YаIM = Nominal yalpi ichki mah­sulot / Narx indeksi.
Samaradorlik – sarflangan resurslar bilan olingan nati­jani taqqoslanishini ifodalovchi ko‘rsatkich. Odatda u ishlab chiqa­rish xarajatlarini ishlab chiqarish natijasi (mahsulot)ga nis­bati tarzida hisoblanadi.
Siqib chiqarish samarasi – bozorda davlat qimmatbaho qog‘oz­larining ko‘payishi tufayli, uning ulushi ortib, boshqalarning siqib chiqarilishi natijasida investitsiyalarni moliyalashtirishning umumiy sharoiti yomonlashuvi.
Soliq – korxona (tashkilot) va fuqarolar daromadidan qonuniy tartibda, belgilangan miqdor va muddatlarda byud­jet fondini tashkil qilish maqsadida davlat ixtiyoriga olina­digan pul mablag‘lari.
Sof milliy mahsulot – joriy yilda yangidan yaratilgan mah­sulot bo‘lib YаMMdan amortizatsiya ajratmalarini ayirib topiladi yoki YаIMdan amortizatsiya, chet el ishlab chiqarish omillari evaziga yaratilgan sof daromad ayiriladi.
Sug‘urta – moliyaviy munosabatlarning o‘ziga xos turi bo‘lib, favqulodda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan turli yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash uchun yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qis­midan maxsus pul fondini tashkil etish, uni taqsimlash va ishla­tish yuzasidan qaror topadigan munosabatlar.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling