Tadbirkor – tadbirkorlik qilish fazilatiga ega inson.
Tadbirkorlik – risk qilgan holda, mablag‘larni samarali sarflab, ishlab chiqarish omillarining eng optimal nisbatini topib ishga tushirish evaziga daromad, foyda olishga qaratilgan, insonlarga naf keltiruvchi, iqtisodiy faoliyat yuritish.
Tadbirkorlik ob’ekti – eng yuqori darajada daromad olish maqsadida ishlab chiqarish omillari (er, kapital, mehnat)ning eng samarali nisbatini topib ishga tushirish.
Taklif – bozorda mavjud yoki bozorga olib kelinishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlar.
Taklif qonuni – narxlar bilan sotiladigan tovarlar miqdorining to‘g‘ridan-to‘g‘ri, sabab-oqibatli, funksional bog‘lanishi.
Taklif egri chizig‘i – ma’lum bir vaqt davomida turlicha narxlar bo‘yicha sotuvchilarning sotishi mumkin bo‘lgan tovar va xizmatlari miqdorining grafikda ifodalanishi.
Taklif egiluvchanligi – narxning o‘zgarishi ishlab chiqaruvchi (sotuvchi)larga qanday ta’sir qilishi, ya’ni ularning narxlarga ta’sirchanligini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Taqsimot – xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida resurslarni, ishlab chiqarish omillarining egalari o‘rtasida esa yaratilgan mahsulotning taqsimlanishini ifodalovchi jarayon.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi – turli ne’matlarni talabga qaraganda kam ishlab chiqarish natijasida tang holatga tushish.
Talab – pul mablag‘lari bilan ta’minlangan ehtiyojning bozorda namoyon bo‘lishi yoki to‘lov qobiliyatiga ega ehtiyoj.
Talab va taklif muvozanati – xaridor sotib olmoqchi bo‘lgan tovar miqdori bilan ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotiladigan tovar miqdorining tengligi
Talab qonuni – tovar narxlari bilan talab miqdorini teskari nisbatda sabab-oqibatli, funksional bog‘lanishi.
Talab miqdorining o‘zgarishi – talab miqdori(hajmi)ning talab egri chizig‘i bo‘yicha narxning o‘zgarishiga qarab siljishi.
Talab o‘zgarishi – talab egri chizig‘ining narxdan boshqa bir yoki bir necha diterminantlar o‘zgarishi natijasida siljishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |