Reja Kirish Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati Inqirozni bashorat qilishning turli xil kontseptsiyalari Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy


Download 190.99 Kb.
bet1/4
Sana04.12.2020
Hajmi190.99 Kb.
#158534
  1   2   3   4
Bog'liq
Durdona1 mustaqil ish Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati


Reja

Kirish


  1. Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati

  2. Inqirozni bashorat qilishning turli xil kontseptsiyalari

  3. Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik

  4. Hozirgi xolatda O’zbekistonda yanqi inqirozning iqtisodiyotiga ta’siri tahlili

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Kirish

Muhimligi. Iqtisodiy inqiroz atamasi (qadimgi yunoncha "Krisis" dan burilish degan ma'noni anglatadi), uning iqtisodiy namoyon bo'lishi ishlab chiqarishning mutloq pasayishi, ishlab chiqarish hajmining yetarli darajada sarflanmasligi, ishsizlikning o'sishi va pul-kredit tizimidagi huquqbuzarliklar, tovarlar va xizmatlarga talab va taklif o'rtasidagi muvozanat iqtisodiyotning rivojlanishida buzilishdir.

Pul va moliya sohalari, real yalpi ichki mahsulotning pasayishi, ommaviy bankrotliklar, aholi turmush darajasining pasayishi va boshqalar. Uning asosiy turlari ishlab chiqarishning kamayishi va ishlab chiqarish inqirozi.

Ishlab chiqarishning inqirozi odatda iqtisodiy bo'lmagan sabablarga ko'ra yuzaga keladi va tabiiy ofatlar yoki siyosiy harakatlar (turli xil taqiqlar, urushlar va boshqalar) ta'sirida normal ishlab chiqarish (iqtisodiy) rivojlanishining buzilishi bilan bog'liq.

Mahsulotlar ishlab chiqarish inqirozi, Shuningdek, "davriy" inqiroz sifatida 18 asrda Angliyada paydo bo'lgan bozor sanoat iqtisodiyotida paydo bo'ldi. Investitsiyalar va iste'mol talablarining tsiklik xarakteristikasi liberal bozor iqtisodiyotining to'lqinli iqtisodiy tsiklining asosiga aylanmoqda. Iqtisodiy siklning paradigmasida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi iqtisodiy muhitda depressiv jarayonni keltirib chiqaradi va turg'unlikka olib kelishi mumkin, bu iqtisodiy tsiklning bosqichidir.

Moliyaviy inqiroz (moliyaviy inqiroz) har qanday moliyaviy vositalarning qiymati to'satdan va keskin pasayganda, kundalik ma'noda - pul yetishmovchiligida ishlatiladigan keng talqin qilinadigan atama. XIX-XX asrlarda moliyaviy inqirozlarning aksariyati bank inqirozlari va vahima bilan bog'liq edi. Ushbu turdagi eng mashhur inqiroz Buyuk Depressiya edi. Ushbu atamaning tez-tez ishlatiladigan yana bir usuli - bu fond bozoridagi sovun pufakchalari portlashi. Ba'zida bu atama yagona davlatning moliyaviy muammolariga nisbatan qo'llaniladi





  1. Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati

Iqtisodiy inqirozning kelib chiqish mohiyati har qanday mamlakat, shu jumladan industrial rivojlanmagan mamlakatlar ham iqtisodiy o’sishga, hamda to’liq bandlilik va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi, ammo uzoq muddatli iqtisodiy o’sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy barqarorlik davrlari bilan uzulib turadi. Iqtisodiy o’sish ketidan doimo inqiroz kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan iqtisodiy qonunlarning o’zgartirib bo’lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida uzilishlar paydo bo’ladi va bu uzilish iqtisodiy nomutonosibliklarning keskin shaklida nomayon bo’lishidir. Iqtisodiy sikil deganda, odatda ishlab chiqarishning bir iqtisodiy holatidan, yoki bir inqirozdan ikkinchisi boshlanguncha qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati tushiniladi. Inqiroz ishlab chiqarishning pasayishida ifodalanadi va siklning qayd etuvchi ifodasidir. U bir sikilni nihoyasiga yetkazib, yana muqarrar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatda asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funksional shakillarida nomoyon bo’ladi. Inqirozdan keyin turg’unlik keladi, uning davomida iqtisodiy faollik jonlanishi uchun sharoitda vujudga kelishi nihoyasiga yetadi.

Jonlanish fazosining boshlanishi ozmi-ko’pmi darajada barqaror ishlab chiqarishning kengayishiga o’tishni bildiradi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi. Inqiroz fozasida ishlab chiqarish va bandlik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoiliga berilmaydi. Inqirozning qo’yi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga erishishi bilan harakterlanadi. Iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi. Inqirozning asosiy sababi takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bulib u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nusxalarida turli shakillarda nomayon bo’ladi. Ishlab chiqarish bilan istemol talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutonosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqishi imkoniyatini saqlaydi. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni ma’ruza salbiy turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik harakterni kasb etadi. Bu tashqi omillar ichidan qo’yidagilarni ajratib ko’rsatish mumkin.

Urushlar, inqilobiy o’zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar.

Oltin, uran, neft, va boshqa qimmatli resurslar, yirik konlarning ochilishi.

Yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog’liq ravishda aholi migrasiyasi, yer shari aholi migrasiyasi, yer shari aholisi sonining o’zgarib turishi.

Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir kurinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishlarning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faolikning mavsumiy tebranishlar ham mavjud bo’ladi. Masalan bayramlar arafasidagi harid qilish, istemolchilik tovarlarning faollik suratida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq ho’jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi. Iqtisodiy faolik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoillarga, yani uzoq muddatli davr, masalan 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog’liq. Bu yerdashuni takidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh) o’zoq muddatli tamoil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos iqtisodiy faolikning tebranishni tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarishlar va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.

Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb ataladi. Agar inqirozlar qo’yidagi shakillarda nomoyon bo’ladi.


  1. Qishloq ho’jalik mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarishni, uning sotilmay qolgan juda katta zahiralarining to’planishi.

  2. Narxlarning pasayishi, daromodlar va foydalarning kamayishi.

  3. Fermerlarning ommoviy ravishda xonavoyron bo’lishi ularning qarzlarining ortishi.

  4. Qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi.

Qishloq ho’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos xususiyatlarga o’ziga xos xarakter kasb etadi. Agar inqirozlar sanaot sikllariga qaraganda odatda ancha uzoqroqqa cho’zilib boradi. Birinchi agrar inqiroz o’tgan asrning 70- yillarida 90-yillar o’rtasigacha davom qilgan edi. Birinchi jahon urushidan keyin, aholining harid qobilyati juda pasayib ketgan sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon urushining boshlanishiga qadar davom etdi. Uchunchi agrar inqiroz 1948 yildan boshlanib, 80 yillargacha davom etdi. Agrar inqirozning cho’zilib ketishining asosiy sabablari qo’yidagilar.

  1. Yerga xususiy mulk manopoliyasi sharoitida u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi.

  2. Yer rentasining mavjud bo’lishi va uning uzluksiz suratda o’sib borishi. Yer rentasining avvolo absalyut rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning natijasida uni sotish qiyinlashadi.

V) Ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud bo’lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarni o’tkazish va ijara haqini to’lash uchun ishlab chiqarishni ilgargi miqdorda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko’paytirib beradi. Agrar inqirozlar siklli harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga ega bo’lmaydi. Qishloq ho’jalik mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarish absalyut harakterga emas, balki nisbiy xarakterga ega. Chunki, inqiroz ro’y bergan mamlakatda million – million kishilar doimiy suratda ochlikda yashaydi. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy sikl va siklli rivojlanishga mingdan ortiq qarashlar mavjudligi ta’kidlanadi. Biz ularning ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan asosiylariga tavsif beramiz.

Kitchin sikli – zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin (1926 y) moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari harakatida sotish narhlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq qilishga o’zining e’tiborini qaratadi.

Juglar sikli – biznes – sikl, sanoat sikli, o’rtacha sikl va katta sikl kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7 – 12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narhdan tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan. K. Juglar (1819 – 1905 y) nomi bilan ataladi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatlifoydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko’proq yo’qotishga uchraydi. Uy – joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investision tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o’zining rivojlanish uchun yuqori darajada raqobat oladi.

Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitda investision tovarlar zahiralarini ko’paytirish hyech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq foydalanishlari mumkin bo’ladi. Iqtisodiy jihatdan qo’lay davrlarda yani sikilning jonlanishi va yuksalish fozalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirganiga almashtiriladi. Ammo inqiroz davri kelganda korxonalar o’zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvatlari mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, xatto istemol qilingan asosiy kapitalning o’rnini asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham harakat qilmaydi. Qisqa muddatli foydalanadigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi yoki keng istemolchilar qatlamiga iqtisodiy sikil turlicha ta’sir ko’rsatadi. Inqiroz davri boshlanganda, doimiy doromad oluvchi istemolchilar oila byudjetini qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni harid qilishni to’xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolarini yeb-ichishi va keyinishi zarurligi tufayli oziqovqat mahsulotlari va keyim kechaklar, yani qisqa muddatda foydalanadigan istemolchilik tovarlarini harid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat bunday tovarlarini harid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.

Investision tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada manopol mavqiyega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha manopol xukumdorlikka ega bo’lishi mumkin. Shu sababli talabaning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskor bo’lgan holatni qisqa muddatli foydaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin.

Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuvi darajasining pastligi bilan harakterlanadi. Shu sababli ular siklining salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi.

Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va inovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi.

Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko’pchilik iqtisodchilar tamonidan (iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar to’g’risida deb hisoblaydi). Iqtisodiy siklni tug’diruvchi muxim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina uskunalarga talabning keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa to’liq tabiyki bu xol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.

Boshqa ichki omillardan qo’yidagilar ajratib ko’rsatiladi.


  • Shaxsiy istemolning o’zgarishi (qisqarish yoki kengayish);

  • Investisiyalar, yani ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarni vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi.

  • Ishlab chiqarish talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi iqtisodiy sikilning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko’lami tug’ri emas.

Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqish mumkin emas. Demak kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.

  1. Inqirozni bashorat qilishning turli xil kontseptsiyalari

Bashorat qilish kontseptsiyasini iqtisodiyotdagi vaziyatni aniqlash va o'rganish usuli sifatida tushunish mumkin, bu iqtisodiyotning pasayishi yoki tushmasligi to'g'risida xulosa qilishga imkon beradi.

Hozirgi kunda bunday tushunchalar juda ko'p. Ulardan birini yoki boshqasini tanlash faqat ularning profilining noaniqligiga bog'liq. Masalan, biz likvidlik inqirozini prognoz qilish bilan shug'ullanadigan bo'lsak, unda rentabellik ko'rsatkichlari, investitsiya ishonchining bilvosita ko'rsatkichlari asosida har xil turdagi modellarga murojaat qilishimiz kerak bo'ladi.

Inqirozli vaziyatlarni aniqlashda inqiroz davrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning uchun siz inqirozning turli ko'rsatkichlaridan foydalanishingiz mumkin (masalan, EMPI valyuta bozoridagi bosim ko'rsatkichi). Ko'pincha inqiroz davrlarini aniqlash uchun Markov va vaqtga bog'liq holatni almashtirish ehtimoli bo'lgan modellar klassi qo'llaniladi.

Umuman olganda, inqirozni bashorat qilish bo'yicha harakatlar ketma-ketligi quyidagicha bo'ladi:

1. Bashorat qilishning vaqt chegaralari va maqsadlarini aniqlang.

2. Biz ushbu inqirozning sabablarini, mohiyatini va mohiyatini tahlil qilamiz.

3. Biz inqirozning ta'sir zonasini tashkil qilamiz.

4. Inqirozni joylashtirishning tashqi omillarini, tsikllarning o'zaro ta'sirini ko'rib chiqing.

5. Biz aniqroq prognoz berish uchun barcha tahlil qilingan ma'lumotlarni tekshiramiz va agar kerak bo'lsa xatolarni hisoblaymiz va tuzatishlar kiritamiz.

6. Biz "inqiroz saboqlarini" tahlil qilamiz.1

Moliyaviy inqirozlar ko'pincha turli xil omillar ta'sirida yuzaga keladi, ulardan biri iqtisodiy tsikllarning dinamikasi deb hisoblanadi. Biz allaqachon bilamizki, iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishi faqat tsiklik xarakterga ega. Ko'pgina olimlarning tadqiqotlari ushbu mavzuga bag'ishlangan. Masalan, iqtisodiy tsikllarga oid yirik ilmiy loyihani ishlab chiqqan va AQShda bir necha o'n yillar davomida amalga oshirgan A. Berns va V. Mitchellning ilmiy tadqiqotlari.

Qanday g'alati tuyulishi mumkin bo'lsa ham, inqiroz iqtisodiy tsiklning fazalaridan biri bo'lib, bir qator xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Ushbu davrda ishlab chiqarish quvvati pasayadi, investitsiyalar dolzarb bo'lib qoladi, ishchi kuchi va xom ashyoga talab pasayadi. Shuningdek, tovar narxlari va ish haqi o'sishining pasayishi kuzatilmoqda. Bu "bom" dan keyin (kengayish bosqichi) keladi va muqarrar ravishda depressiya bosqichiga olib keladi.

Hozirgi kunda iqtisodiy fan tomonidan o'z tarixi davomida iqtisodiy amaliyotni tahlil qilish jarayonida aniqlangan va alohida qayd etilgan oltita turni o'z ichiga olgan turlar tasnifining kompleks ko'rinishini ishlatish odat tusiga kirgan (fan 1380 dan ortiq tsiklik shaxsiyat turlarini biladi) ). Iqtisodiy adabiyotda quyidagilarni ajratish odatiy holdir:

1. Kitchin tsikllari (aktsiyalar davrlari; 2 - 4 yil);

2. Ish davrlari (7 - 12 yosh);

3. Kuznets tsikllari ("qurilish tsikllari"; 20 - 25 yosh);

4. Kondratyevning uzun to'lqinlari (47 - 60 yosh);

5. Modelskiy tsikllar (o'z vaqtida global iqtisodiy jarayonlar "etakchilik tsikllari" deb nomlangan uzoq jahon siyosiy tsikllari bilan bog'liq);

6. K. Djoel va V. Shererlarning 300 yillik tsikllari;

7. Sivilizatsiya tsikllari.

Bundan tashqari, E. Jensenning "tsikli pufakchalar" kontseptsiyasi juda mashhur bo'ldi. Ushbu nazariyaga ko'ra, har bir tarixiy davrda pufakchalarning o'sishi "moliyalashtirish" bilan bog'liq - ortiqcha kapitalning to'planishi va uning sarmoyasi yo'nalishini ishlab chiqarish sektoridan moliya bozorlari va chayqovchilik tomon siljishi.

Hammasi bo'lib, 20 soatdan 700 yilgacha davom etadigan 1380 turdagi iqtisodiy tsikllar aniqlandi. Ushbu masalani batafsil o'rganish Amerika iqtisodiy tsikllarini o'rganish instituti (ECRI) tomonidan olib borilmoqda. Ma'lumki, hozirgi kunda tsikl turlari davomiyligi va intensivligi bilan farq qiladi.

Yuqorida aytib o'tilganlarga asoslanib, N.D.Kondratyevning uzoq to'lqinlar nazariyasi paydo bo'ldi, unda olim ba'zi iqtisodiy ko'rsatkichlarni takrorlanishining qonuniyligiga e'tibor qaratdi. Nikolay Dmitrievich yarim asrlik iqtisodiy tsikllar (45-60 yillar) mavjudligi g'oyasini ilgari surdi va asoslab berdi. U birinchi marta 1922 yilda tuzgan va keyingi ishlarida u faqat uning qoidalarini to'ldirgan, bahslashgan va statistik isbotlagan.

1. Har bir katta tsiklning yuqoriga ko'tarilishidan oldin va boshida jamiyatning iqtisodiy hayoti sharoitida chuqur o'zgarishlar yuz beradi. Ular texnologiyadagi jiddiy o'zgarishlarda, yangi mamlakatlarning jahon iqtisodiy munosabatlariga jalb qilinishida, oltin ishlab chiqarish va pul muomalasidagi o'zgarishlarda ifodalanadi;

2. Har bir katta tsiklning yuqoriga ko'tarilish to'lqini paytida eng ko'p ijtimoiy g'alayonlar (urushlar va inqiloblar) sodir bo'ladi;

3. Har bir katta tsiklning pastga qarab to'lqinlanish davri qishloq xo'jaligida uzoq muddatli va ayniqsa keskin ochilgan depressiya bilan birga keladi.

Agar biz N.D.ning to'lqinlariga alohida e'tibor beradigan bo'lsak. Kondratyev, siz quyidagi xususiyatni ko'rishingiz mumkin: yuqoriga ko'tarilgan to'lqin paytida yuzaga keladigan sanoat tsikllari uzoq va kuchli ko'tarilishlar va nisbatan qisqa va kuchsiz depressiyalar bilan tavsiflanadi. Shunga qaramay, pastga qarab to'lqinning sanoat tsikllari butunlay teskari belgilarga ega.

Uzoq to'lqinlar nazariyasining ahamiyati juda katta. Unda N.D. Kondratyev ikkalasi ham iqtisodiy taraqqiyotni uzoq muddatli prognoz qilishning ilmiy asoslarini yaratadi va ishlab chiqarish usullarining shakllanishining asosiy qonuniyatlarini, ularning fazali o'tishini aniqlashga imkon beradi.

Inqirozlarning kelib chiqishining ko'plab nazariyalari iqtisodiyotda ko'rib chiqilgan. Ularning barchasi har xil darajada inqiroz sabablarini va uning kechishini vaqt oralig'ida ham, jismoniy jihatdan ham (iqtisodiy inqiroz oqibatlari) asoslab beradi.

Demak, har qanday iqtisodiy tizim ushbu tizimning turli xil tuzilmalaridagi inqirozlarga moyil bo'lishi mumkin, ular sanoat yoki qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida ham, umuman iqtisodiyotda ham davriy ko'tarilish va pasayishlarda ifodalanadi. Inqiroz hodisalarining tsiklik tabiati mavjudligining sabablari to'g'risida birlashtirilgan kontseptsiya mavjud emas. Bundan tashqari, ko'plab iqtisodchilar printsipial ravishda iqtisodiy rivojlanishning tsiklik xususiyatini inkor etadilar. Ularning fikriga ko'ra, inqirozli tsiklik mavjud emas va sodir bo'ladigan barcha narsa tsiklsiz tebranishlar (o'zboshimchalik bilan ekzogen omillarning kombinatsiyasi natijasida yuzaga keladigan tebranishlar).




  1. Jahon iqtisodiyotining yangi inqirozi – iqtisodiy harakatsizlik

2020 yilda pandemiya sabab iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir. Bu haqda iqtisodiyot fanlari doktori o‘z fikrlarini bildirdi.

Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini ­o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshib, YaIMga nisbatan 170 foizni tashkil etdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin .

Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi.

Prezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi 2020 yilda qarz inqirozidan o‘zgacha tusga ega bo‘lgan, boshlanishidan iqtisodiy xususiyat kasb etmagan inqiroz omili – bu pandemiya ekanligini kuzatishga to‘g‘ri kelmoqda. Natijada, iqtisodiy qulashlarning yuz berishi bo‘yicha ayrim signallar vujudga kelmoqda. Bulardan asosiysi “iqtisodiy ta’til”larning yuz berishidir.

Boshqacha aytganda, yalpi iste’molning tushib ketishi va yalpi taklifning to‘xtalishi bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur iqtisodiy inqirozning eng asosiy belgisi sifatida – iqtisodiy harakatsizlikni keltirish mumkin. Bu sharoitda, davlatlarning eng asosiy vazifasi ­ minimal iqtisodiy harakatni ta’minlab turishdan iborat bo‘lishi lozim.

2020 yil fevralidan boshlab ayrim Xitoy kompaniyalari “Koronavirus obligatsiyalari”ni emissiya qilishni boshlashdi. Shenzhen Airlines aviakompaniyasi 600 mln. yuan miqdoridagi obligatsiyalarni muomalaga chiqardi.2

Jalb etilgan mablag‘lar asosan bekor qilingan parvozlar uchun biletlarning qiymatini yo‘lovchilarga qaytarib berish va oziq-ovqatlarni transportirovka qilish uchun moliyalashtirish tadbirlariga yo‘naltirilishini ma’lum qilindi. Shunga o‘xshash holatlarni tahlil etsak, fevral oyidan buyon 25 ta Xitoy kompaniyasi 24 mlrd. yuan (3,4 mlrd. AQSh dollari) miqdorida korporativ obligatsiyalar hisobidan qarz mablag‘larini jalb etdi.

Jahon bozorida esa, yirik iqtisodiyotga ega mamlakatlar o‘rtasida milliy valyutalari vositasida o‘zaro iqtisodiy musobaqalar boshlanib ketdi. Ba’zi ekspertlarning xulosalari AQSh dollarining xalqaro valyuta bozoridagi o‘rni yuanning qadri oshishi ortidan xavf ostida qolishini aks ettirmoqda.

Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda. Masalan, 2020 yil Rossiya moliya vazirligi “Milliy barqarorlik fondi”ning kapitali tarkibiga yuanni ham joylashtirishni boshlashini e’lon qildi. Hozir kunda ushbu fondning asosiy qismini AQSh dollari va yevro tashkil etadi. 2

020 yil 1 mart holatiga YaIMning 7,3 foizini tashkil qiladigan fond valyuta tarkibini yanada diversifikatsiya qilish sanksiyalar va geosiyosiy vaziyatda iqtisodiyotni inqirozli holatlardan himoya qilishda muhim chora bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Jumladan, yuanning ulushini 15-20 foiz, dollarning ulushini esa 20-25 foiz atrofida bo‘lishiga erishish nazarda tutilmoqda.

Bu kabi salbiy oqibatlarni iqtisodiyotimiz tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Davlatimiz rahbari va Hukumatimiz tomonidan tezkor chora-tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu borada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 19 martdagi “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 5969-sonli Farmonining qabul qilinishi ayni muhim tadbir bo‘ldi. 3

Ushbu hujjatga ko‘ra, makroiqtisodiy muvozonatni barqarorlashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar belgilab berildi. Natijada, belgilangan yo‘nalishlarda vazifalarni amalga oshirish quyidagi makroiqtisodiy muvozonat ko‘rsatkichlarini ta’minlashga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, Inqirozga qarshi jamg‘armaning tuzilishi pandemiya oqibatlarini aniq moliyalashtirish manbasini belgilab berdi.

Ushbu jamg‘armaning tuzilishi birinchi navbatda, pandemiya bilan kurashish xarajatlarini moliyalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Kasallikni aniqlash, davolash kabi xarajatlar bilan birga tibbiyot xodimlariga moddiy rag‘batlantirishni o‘zida aks ettiruvchi xarajatlarni qoplash nazarda tutiladi.

Fikrimizcha, ushbu holat davlatning ijtimoiy majburiyatlarni o‘z zimmasiga olayotganligi va uni samarali amalga oshirayoganligidan dalolat beradi. Shu bilan birga, ushbu farmon doirasida makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashda kam ta’minlangan aholi qatlamlariga moddiy yordam berish hajmini oshirish orqali ichki iste’molni rag‘batlantirish va iqtisodiy o‘sish sur’atini saqlash nazarda tutilganligi bu sohadagi salbiy oqibatlarni yumshatishi bilan ahamiyatlidir.

Eksport bilan shug‘ullanuvchilarning ayrim xarajatlarini to‘lab berilishi, ushbu turdagi korxonalarning to‘lovga qobilligini saqlashga yordam berilishi;

  • iqtisodiy qiyinchilikka uchrayotgan korxonalarga uch yilgacha byudjet ssudalari berilishi;

  • to‘lovsizlikning makroiqtisodiy multiplikatsion ta’sirini oldini olishi kabi tadbirlar shular jumlasidandir.

Ijtimoiy soliq va shu kabi soliq, boshqa majburiy to‘lovlarning kechiktirilishi yoki ma’lum foizda kamaytirilishini joriy etilishi tadbirkorlarga barqaror “moliyaviy ta’til”ga chiqishini anglatadi. Natijada, makroiqtisodiy talab va taklif muvozanatiga erishishga sharoit yuzaga keladi.

Bir so‘z bilan aytganda, favqulodda yuzaga kelgan virusning ta’sirini kengayib ketmasligi uchun o‘z vaqtida choralarni, jumladan, iqtisodiy vazifalarni ishlab chiqilishi va hayotga tadbiq etilishi iqtisodiy inqiroz oqibatlarini yumshatishga va bartaraf etishga to‘liq shart-sharoit yaratib beradi, deb hisoblaymiz.4

Umuman olganda, 2019 yildan boshlab aholining sotib olish qobiliyatini oshirishga qaratilgan choralarning qo‘llanganligi, xususan, daromad solig‘i tushirilganligi o‘zining ijobiy tasdig‘ini topdi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda epidemik holat natijasida aholining iste’moli ayrim xarajatlari vaqtinchalik qisqarishi natijasida aholi daromadlarining iste’mol muddatini oshirishga yordam berishi mumkin.

Goldman Sachs Group Inc. va Morgan Stanley iqtisodchilari koronavirus sabab global inqiroz boshlanganini, ayni vaqtda uning qancha davom etishi hamda qay darajada chuqur ketishi borasida muhokamalar ketayotganini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, koronavirus pandemiyasidan dastlab aziyat chekkan Xitoy iqtisodiyotining talafoti kutilganidan ko‘p bo‘lgan.

Morgan Stanley iqtisodchilari inqiroz butun dunyoning “bazaviy ssenariysi” ekani, undan qochish imkonsizligini hamda jahon iqtisodining o‘sishi 0,9 foizga pasayishini taxmin qilgan. Goldman Sachs mutaxassisi Yan Xatsius va uning hamkasblari jahon iqtisodiy rivojlanishining 1,25 foizga pasayishini aytmoqda. S & P Global ham bunga qo‘shimcha qilib, jahon iqtisodi 2020 yilda 1-1,5 foizga o‘sishini bashorat qilgan.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi bu pasayish 2009 yildagi 0,8 foizlik pasayish qadar “og‘riqli” bo‘lmasligini ta’kidlamoqda. Ammo 2001 yil va 1990-yillardagi iqtisodiy tushkunlikdan asoratliroq bo‘ladi. Morgan Stanley va Goldman Sachs vaziyat yilning ikkinchi yarmida o‘nglanishini taxmin qiyapti, biroq iqtisodiy xavf saqlanib qoladi.

Taxminlarda siyosatchilarga jiddiy zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarni qo‘llab-quvvatlash uchun bosimni paydo qilishi va buning natijasida kompaniya va iste’molchilar shokni o‘tkaza olishi ta’kidlangan.

Bloomberg tahlilchilari Xitoyning 2020 yildagi iqtisodiy o‘sish sur’ati pasayishini taxmin qilyapti. “Biz avval 5,2 foiz o‘sishni taxmin qilgandik. Yangi bashoratimiz 1,4 foizga teng. Bunda birinchi chorakda iqtisodiy o‘sish 11 foizga pasaygani inobatga olingan”, deyiladi Chang Shu, Devid Ku va Tom Orlik tahlillarida. AQSH Federal zaxira tizimi va boshqa markaziy banklar pul-kredit siyosatini yumshatdi. Yana ko‘plab hukumatlar jarayonga sekin munosabat bildirdi va endi fiskal choralar ishlab chiqyapti. Ammo bular investorlar xavotirini bostirishga yetmayapti.

Kecha, 18 mart kuni AQSH fond bozorlarida pasayish davom etdi va butun dunyodagi pasayishlar va neft narxininng tushishi fonida 5,5-7,8 foizgacha kuchaydi. Nyu-York fond birjasida Dow Jones Industrial Average 6,29 foizga pasayib, 19902,35 punktga tushib qoldi, yuqori texnologiyali kompaniyalar indeksi NASDAQ 8,31 foizga pasaydi va 6929,922 punktga tushdi, S&P 500 indeksi 7,75 foizga – 2333,06 punktgacha pasaydi.5

AQSH Federal zaxira tizimi ko‘rayotgan choralar bilan bir qatorda mamlakat Kongressi ham iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash uchun 1,3 trln dollar ajratishni ko‘rib chiqyapti. Qayd etish kerakki, bu juda katta summa hisoblanadi.



Xalqaro valyuta jamg'armasi xodimlarining 2019 yildagi tashqi sektori baholari tashqi pozitsiyalarni COVID-19 inqirozi boshlanishidan oldingi kabi baholash uchun etalon hisoblanadi. Tashqi pozitsiyalarni baholash ijobiy va salbiy ortiqcha tashqi muvozanatlarga mos keladigan ko'p tomonlama yondashuvni talab qiladi. XVFning tashqi baholash tizimi EBA metodologiyasining so'nggi vintage-dan raqamli ma'lumotlarini bir qator tashqi ko'rsatkichlar va mamlakatga tegishli qarorlar bilan birlashtiradi. EBA metodologiyasi mamlakat asoslari va kerakli siyosatiga bog'liq bo'lgan joriy hisob-kitoblar va haqiqiy valyuta kurslari me'yorlari (yoki ko'rsatkichlari) bo'yicha ko'p tomonlama izchil hisob-kitoblarni ishlab chiqaradi.

  1. jadval.

Download 190.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling