Asosiy qism Asosiy fondlarni tarkibi, tuzilishi va baholash


Download 39.13 Kb.
bet1/13
Sana05.02.2023
Hajmi39.13 Kb.
#1168179
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
kurs ishi


Neft, gaz korxonalarida foyda va unga tasir etuvchi omillar


REJA


1.Asosiy qism
1.1 Asosiy fondlarni tarkibi, tuzilishi va baholash
1.2. Asosiy fondlarni takomillashtirish va yangilash
1.3. Aylanma fondlar tarkibi
2. Xulosa
3.Foydalanilgan adabiyotlar

1.1. Asosiy fondlarning mohiyati va ularning korxona faoliyatidagi o’rni
Zamonaviy iqtisodiyot fani asosiy fondlarni ma’lum bir iste’mol qiymati ko‘rinishida ijtimoiy mehnat asosida yaratiluvchi, ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan material omillari qatoriga kiritadi. Hozirgi bozor sharoitlarida korxona kuchi va vositalari yordamida yaratilgan asosiy fondlar ishlab chiqarish quvvatlarini shakllantirish va ulardan foydalanishga faol ravishda ta’sir ko‘rsatuvchi mulk hisoblanadi. Butun xalq xo‘jaligi miqyosida asosiy fondlar mamlakatning milliy boyligini tashqil qiladi.
Asosiy fondlar korxona ishlab chiqarish vositalarining bir qismi bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt ishtirok etada va o‘zining natural-moddiy holatini yo‘qotmaydi hamda o‘z qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotlarga qismlab o‘tkazib beradi. Asosiy fondlar qiymatini tayyorlanayotgan mahsulotga o‘tkazish jarayoni amortzisiya deb, ushbu jarayonda to‘plangan mablag’lar esa amortizasiya ajratmalari deb ataladi.
Iqtisodiy maqsadlariga ko‘ra, asosiy fondlar ishlab chiqarish va noishlab chiqarish fondlariga taqsimlanadi. Ishlab chiqarish asosiy fondlari o‘z mohiyatiga ko‘ra, korxonaning ishlab chiqarish potensialini tashqil qilib, ularning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • ishlab chiqarish binolari va inshoatlari;

  • uzatish qurilmalari;

  • quvvat mashinalari va uskunalari;

  • ishchi mashinalar va uskunalar;

  • transport vositalari;

  • o‘lchov va tartibga solish asboblari va qurilmalari;

  • foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lmagan va qonunchilikda belgilab qo‘yilgan qiymatlardagi asboblar va ishlab chiqarish inventari.

Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarishda band bo‘lgan barcha mutaxassis va xodimlar soni bilan birgalikda, korxonaning ishlab chiqarish apparati deb ataladi.

Download 39.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling