А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet46/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Xalqaro savdo – mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalari, tovar aylanmasi hajmi bilan ifodalanadi.
Xarajatlar mexanizmi - ishlab chiqarish (sotish) uchun qilin­gan xarajatlarni qoplash va ma’lum miqdorda foyda olishni ta’min­laydigan tarzda narx belgilash.
Xarid quvvati pariteti – mamlakatda turli valyutalarning birligiga sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovar – xizmatlar miqdori.
SHaxsiy daromad - bu shaxsga tegishli daromad, ya’ni faoliyat yuritib topilgan daromad. Milliy daromaddan ijtimoiy to‘lovlar, foydadan soliq, taqsimlanmagan foydani ayirib, transfert to‘lovlarini qo‘shib topamiz.
Eksport – mamlakatdan chetga chiqarilgan tovarlar miqdori (qiymat o‘lchovida).
Eksport bo‘yicha ixtisoslashuv koeffitsienti – mamlakat­ning jahon eksportida qanday mahsulot ishlab chiqarish va sotish­ga ixtisoslashuvini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Eksport kvotasi – har bir mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarda qatnashuvini ifodalovchi ko‘rsatkich. Yil davomida chetga chiqarilgan tovar va xizmatlarning YаIMga nisbati bo‘yicha hisoblanadi.
Ekstensiv iqtisodiy o‘sish – qo‘shimcha ishlab chiqarish re­surs­­larini jalb etish evaziga erishilgan iqtisodiy o‘sish.
Ehtiyoj – insonning yashashi, kamol topishi, jamiyatda ma’lum mavqega ega bo‘lishi uchun hayotiy ne’matlarga bo‘lgan obektiv za­ruriyat.
Yuksalish – siklning to‘la bandlikka, YаIMni potensial dara­jasiga yaqinlashish, hatto undan oshib ketishi, narxlarni o‘sishi kuzatiladigan, iqtisodiy faollik yuqori darajasidagi fazasi.
Yalpi investitsiyalar – sof investitsiya bilan modernizatsiya (yoki eskirgan asosiy kapitalni o‘rnini to‘ldirish) uchun yo‘nal­tirilgan investitsiyalar.
Yalpi ichki mahsulot – (YaIM) deb, resurslar manbaidan qat’iy nazar mamlakat hududida yil davomida yaratilgan pirovard mahsulotlar bozor qiymati.
Yalpi milliy mahsulot (YaMM) – mamlakatning resurslari (er, ish kuchi, kapital, tadbirkorlik) qaerda joylashtirilishidan qat’i nazar, ular evaziga yaratilgan pirovard mahsulot (olingan daromad)dan iborat.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling