А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Milliy boylik (nazariy jihatdan)


Download 491.92 Kb.
bet38/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Milliy boylik (nazariy jihatdan) – muayyan jamiyatning asrlar osha, o‘z tarixi davomida to‘plagan iqtisodiy ne’matlarining jami­dir.
Milliy daromad – yil davomida jamiyatning sof «ishlab topgan daromadi»dir. Sof ichki mahsulotdan chet elda ishlab chiqa­rish omillari evaziga yaratilgan sof daromad va biznesga egri soliqlarni ayirib topiladi yoki SMMdan biznesga egri soliqlar chegirib tashlanadi.
Milliy iqtisodiyot – mamlakat miqyosida mulkchilikning turli shakllariga asoslangan, mehnat taqsimoti orqali o‘zaro bog‘liq bo‘g‘inlar, tarmoqlardan tashkil topgan murakkab xo‘jalik tizimi.
Milliy iqtisodiyotning tarkibi – mamla­katda mavjud iqtisodiy resurslar va mehnat taqsimoti aso­sida shakllangan ishlab chiqarish va YаIMning tarkibi (tuzilishi).
Milliy hisob tizimi – iqtisodiyotdagi faoliyat nati­jala­rini aniqlash usullari majmui bo‘lib, ikkiyoqlama yozuvga asos­langan, daromad, xarajatlar oqimini ifodalovchi jadvallar to‘plami. Mikromiqyosda buxgalteriya tizimi qanday rol o‘ynasa, makromiqyosda MHT shunday ahamiyatga ega.
Moddiy buyumlashgan boylikmamlakatning asosiy, aylanma kapital, moddiy zaxiralar, aholining mol-mulki, tabiiy boylik­lari, tarixiy obidalar, arxitektura yodgorliklarida ifodalangan boylik.
Moliya bozori – sub’ektlar o‘rtasida moliyaviy aktivlarni ayirboshlash, oldi-sotdi qilish borasida amalga oshiriladigan tartiblar.
Moliya institutlari – moliya munosabatlarini amalga oshi­ruvchi, tartibga soluvchi, moliya infratuzilmasini tashkil etuvchi turli muassasa va davlat tashkilotlari.
Moliya mexanizmi – moliyaviy munosabatlar (aloqalar), mo­liya­viy resurslarni uyushtirish va ishlatishni ta’minlovchi barcha vositalar majmui.
Moliya munosabatlari – pul mablag‘lari fondlarini tashkil etish, taqsimlash va ishlatish natijasida ro‘y beradigan munosa­batlar. Ular YаMM, milliy boylikni taqsimlash, ishlatish jarayonida vujudga keladi.
Moliya tizimi – jamiyatdagi turli-tuman moliya munosa­bat­larining majmui va bu munosabatlarni tartibga soluvchi moliya mexanizmi va moliya institutlari yaxlitligidan iborat.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling