А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet37/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Likvidlilik darajasi – pul massasining naqd pul shakliga aylantirish imkoniyati.
Lorens egri chizig‘i – aholi daromadining tengsizligining grafik tasviri.
Majburiy zahira – tijorat banklari depozitlarining qonun bo‘yicha majburiy zahiralar me’yoriga muvofiq Markaziy bankda saq­la­na­digan qismi.
Majburiy zahira me’yori – Markaziy bank tasar­rufidagi banklar uchun belgilanadigan, lekin tijorat va maxsus banklarning mulki bo‘lgan qismi. Bankning majburiy zahirasi­ uning muddatsiz omonatlari bo‘yicha majburiyatlariga nisbati tarzida belgilanadi.
Makroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning milliy iqtisodiyotga bir butun tizim sifatida yondashib, iqtisodiy siyosatning maqsadini shakllantiruvchi va uni ro‘yobga chiqarish uchun zarur chora-tad­birlar belgilashni tadqiq qiluvchi bo‘limi.
Makroiqtisodiy muvozanatning keynscha modeli – yalpi sarflar bilan narxlar o‘zgarmas darajasidagi real YаIM o‘rta­sidagi o‘zaro bog‘lanishni ifodalovchi model.
Makromoliya – jamiyat, umumdavlat miqyosidagi moliya.
Manfaatlar – odamlar ehtiyojining munosabatlar orqali ifo­da­lanishi.
Megamoliya – xalqaromiqyosdagi davlatlararo moliyaviy muno­sabatlar bo‘lib, ular xalqaro moliya institutlari vositasida amal qiladi.
Me’yoriy unumdorlik(daromad)ni pasayish qonuni – bir omil­ning o‘zgarishi va qolganlari o‘zgarmagani holda ma’lum chegaradan so‘ng har bir qo‘shimcha sarflangan omil avvalgisiga nisbatan kamroq unum(daromad) olib kelishini ifodalaydi.
Mikroiqtisodiyot – nazariy iqtisodiyotning, iq­ti­sodiy alohidalashgan birliklari (firma, korxona, uy xo‘ja­ligi), alohida olingan bozor, aniq mahsulot narxlari, sotuvchi va xaridorlarning samarali tanlov tamoyillari shaklla­nishini o‘rganuvchi bo‘lim;
Mikromoliya – firma, korxona, tashkilot, muassasa, jamoat, uy xo‘jaligi (xonadon) moliyasi.
Milliy boylik (MHT metodikasi bo‘yicha) – taraqqiyot asosi bo‘lib, mamlakat ixtiyoridagi mehnat tufayli yaratilib jamg‘a­rilgan moddiy ne’matlar, oltin, chet el valyutalari, nomoddiy aktivlar va qadriyatlar, hisobga olingan va xo‘jalik aylanmasiga jalb etilgan er va tabiiy resurslardan iborat.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling