А. Y. Аbdullaev мoliya vа кredit


Download 491.92 Kb.
bet30/54
Sana17.02.2023
Hajmi491.92 Kb.
#1205245
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54
Bog'liq
Укув-кулланма-Абдуллаев (1)

Bozor infrastrukturasi – turli-tuman bozor sub’ektlari o‘rtasida ayirboshlashning me’yorida amalga oshirilishini ta’­min­­laydigan soha.
Bozor muvozanati – talab va taklifning miqdor va tarkibi ji­ha­tidan bir-biriga muvofiq kelishi.
Bozor segmenti – savdo-sotiqdagi shart-sharoitlarning ma’lum belgi, alomatlari, mezonlariga qarab bo‘g‘inlarga ajratish.
Bozor tuzilishi – har xil mezonlar asosida bozor tarkibini turkumlash.
Bozor hajmi – bozordagi tovar aylanmasi hajmi bilan aniq­la­nadi.
Bozorning to‘yinish darajasi – bozorning talabni qondirish darajasini ko‘rsatadi.
Boylik samarasi – narxlarning o‘sishi yoki kamayishi tufayli moliyaviy aktivlar real qiymatlarining o‘zgarishi oqibatida xarajatlar umumiy hajmining o‘zgarishi.
Valyuta – mamlakatning milliy pul birligi, shu mamlakat­ning milliy boyligi bilan ta’minlangan.
Valyuta kursi – milliy valyutaning chet el valyutasi birli­gida ifodalanishi.
Valyutaning konvertatsiyalanishi – mamlakat valyutasini (mil­liy pul birligining) chet el valyutasiga almashtirilishini tashkil etuvchi operatsiyalar.
Gipoteza – ishonchli nazariya bo‘lishi uchun tajribada sinash va nazariy jihatdan asoslab berish lozim bo‘lgan, muayyan hodisaning yuz berishi sabablarini izohlash uchun ilgari surilgan ilmiy tax­min.
Global muammolar – umumjahon xarakteriga ega, insonning hayoti, jamiyat taraqqiyotiga xavf soluvchi, o‘zaro bog‘liq, dunyo hamjamiyatining birgalikda kechiktirmay hal etishini talab qila­digan muammolar.
Globalizatsiya – har bir mamlakat iqtisodiyotining jahon iqti­so­diyoti tarkibining bir qismiga aylanib, yagona tovar va xizmatlar, ka­pital, ish kuchi, intellektual bozor sifatida ifodalanishi.
Davlat byudjeti – davlatning o‘z vazifa­la­rini bajarishini moliyaviy ta’minlash maqsadida pul mablag‘­la­rini to‘plash (daromadlar) va sarflash (xarajatlar)ning balansi.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi – milliy manfaatlar­dan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlash, bozor bajara olmaydigan ijtimoiy–iqtisodiy maqsadlarni amal­ga oshirish.

Download 491.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling