A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023
Mualliflar Aqida Yigitali qizi Normurodova
Download 0.72 Mb.
|
MOLEKULYAR FIZIKA — копия
Mualliflar
Aqida Yigitali qizi Normurodova Shohista Hidotulla qizi ubaydullayeva Kirish Fizika so‘zi yunoncha “phyzis” – “tabiat” ma’nosini anglatib, jonsiz tabiat qonunlarini o‘rganuvchi umumiy fandir. Fizika o‘rganadigan obyektlar kishilik jamiyati tarixiy rivojlanishining turli davrlarida turlicha bo’lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik fanlarining asosini tashkil etadi. Hozirgi zamon fizikasi murakkab va ko’p tarmoqli fan bo‘lib, u materiyaning tuzilishi, harakati, o‘zaro ta’sirlashuvining umumiy xossalarini o‘rganadi. Tabiat qonunlarini o‘rganish dunyoning moddiyligini va har doim o‘zgarishda, harakatda ekanligini ko’rsatadi. Moddiy dunyo biror makonda (fazoda) va biror zamonda (vaqtda) mavjuddir. Tabiat xodisasining rivojlanishi ro‘y berganda ma’lum ketma-ketlik mavjud bo’lib, ma’lum fazoda va vaqtda sodir bo‘ladi. Bu esa fizika fani falsafa fani bilan bevosita bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi. Shu tufayli fizika fanini uzoq yillar tabiat falsafasi, deb ham atashgan. Kuzatishlar tufayli tajriba materiallari miqdorining ortishi, tekshirish usullarining takomillashtirilishi, ilmiy yondashuvlarning umumlashtirish tufayli boshqa tabiiy fanlar – kimyo, biologiya, geologiya fanlari tabiat falsafasi fanidan ajralib chiqqani kabi, fizika fani ham alohida fan sifatida ajralib chiqqan. Shunday ekan fizika fani bilan boshqa tabiiy fanlar o‘rtasida bog‘lanish bor. Fizika fani texnika fanlarining nazariy poydevorini tashkil qiladi. Hozirgi kun fizikasi bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan mexanika, molekulyar fizika va termodinamika, elektromagnetizm, tebranish va to‘lqinlar, optika, atom va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek fizik obyektlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan usullar va materiyaning harakat shakllariga qarab uni mexanika, statistik fizika, termodinamika, elektrodinamika, nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi va h.k kabi guruhlarga ham ajratish mumkin. Fizika fani eksperimental va nazariy fandir. Eksperimental fizika tajriba asoslariga tayanadi. Unga asoslanib xulosalar chiqariladi. Nazariy fizika tabiat qonunlarini nazariy ravishda asoslaydi, o‘rganiladigan hodisalarni tushuntiradi va ro‘y berishi mumkin bo’lgan hodisalarni oldindan nazariy ravishda asoslaydi. Amaliy fizikada esa tajribalarga va nazariyaga tayangan holda ish ko‘riladi. Yangi ma’lumotlar olinadi va qabul qilingan qonunlarni tekshiradi. Fizika fanining rivojlanish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak uni qadimgi zamonlardan eramizdan oldingi V-IV asrlarda boshlangan deb aytish mumkin. Chunki tabiatni va unda yuz beradigan hodisalarni o‘rganish odamzodni qadimdan qiziqtirib kelgan. O’sha davrning buyuk olimlari Demokrit, Levkipp, Epikur, Lukreskiy tomonidan atomlar haqidagi ilk tushuncha va tasavvurlar yaratildi. Elektr va magnit hodisalariga Fales tomonidan asos solindi. Olam tuzilishining geliosentrik nazariyasi Ptolemey tomonidan asoslandi. Fizika fanining fan sifatida shakllanishiga eramizdan oldingi IV-III asrda yashagan Aristotel salmoqli hissa qo‘shdi. Aristotel metafizikaning asoschisi sifatida mashhur. U o‘zigacha bo’lgan olimlar ishlariga yakun yasadi. Aristotel og’ir jism yerga tezroq tushadi, jismga ta’sir to‘xtatilsa harakat ham to‘xtaydi, degan noto’g’ri xulosalarga kelgan edi. Molekular fizikada moddalarning xossalari asosan ikki xil usul – statistik va termodinamik usullar bilan o‘rganiladi. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling