A. Y. Normurodova molekulyar fizika (risola) Toshkent – “Lesson press” – 2023
Download 0.72 Mb.
|
MOLEKULYAR FIZIKA — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2 - §. Modda miqdori. Molekulalarning massalari va o‘lchamlari
- 0,012kg ugleroddagi atomlar soniga
- =56Ч10
- Avogadro soni N
Nazorat savollari
Moddalar nimalardan tuzilgan? “Atom” so‘zi nimani anglatadi va u fanga kim tomonidan kiritilgan? Hozirgi zamon molekular fizika fani qanday asoslarga tayanadi? Moddalarning turli xil agregat holatida bo‘lishi nimalarga bog‘liq? Moddaning qanday agregat holatida diffuziya eng tez ro‘y beradi va nima uchun? 1.2 - §. Modda miqdori. Molekulalarning massalari va o‘lchamlari Tabiatdagi barcha moddalar Mendeleev davriy sistemasidagi 100 dan ortiqrok ximiyaviy elementlardan tashkil topgan. Elementlarning massasi katta aniqlik bilan o‘lchangan. Molekulaning massasi uning tarkibiga kiruvchi elementlar atomlarining massalaridan iborat bo‘ladi. Molekulalarning massasini yoki ularning sonini aniqlashda mol tushunchasidan foydalanish qulay. Mol moddaning shunday miqdoriki, undagi molekulaning soni 0,012kg ugleroddagi atomlar soniga teng. Bu son odatda, Avogadro soni deb ataladi. Uning qiymati NA=6,023Ч1023 1/mol, teng va modda turiga bog‘lik emas. Avogadro soniga teng zarrasi bo‘lgan modda miqdoriga 1 mol deyiladi. 1 mol miqdorda olingan modda massasiga molyar massa deb aytiladi. 1 mol modda massasining kg larda ifodalangan qiymati molyar massaga teng (). Masalan, Fe moddasidan 56g=0,056kg olsak, uning miqdori 1 molga teng. Demak, Fe uchun molyar massalarining =56Ч10-3kg/mol. O2 gazi uchun bu miqdor 32Ч10-3kg ga teng, ya’ni undagi modda miqdori 1 molga teng. Demak, O2 gazi uchun modda molyar massasi =32Ч10-3 kg/mol ga barobar. 1 mol modda miqdorida Avogadro soniga teng zarra bo‘lganligi uchun moddaning molyar massasi ni aniqlash uchun shu modda bitta molekulasi massasi m0 ni Avogadro soni NA ga ko‘paytirmoq kerak. =m0 NA (1.2-1) Yoki ixtiyoriy bitta molekulaning massasini topish uchun uning molyar massasini Avogadro soni NA ga bo‘lish kerak. (1.2-2) Masalan, SO2-karbonat angidrid molekulasining massasini hisoblaylik. Bu gaz uchun =0,044 kg/mol. Demak Istalgan massadagi moddada necha mol miqdorda modda miqdori borligini aniqlash uchun uning massasini shu moddaning molyar massasiga bo‘lish kerak. (1.2-3) Xuddi shuningdek, modda miqdorini shu moddadagi barcha zarralar sonini Avogadro soniga bo‘lish orqali xam topish mumkin. (1.2-4) Bu ikki tenglikdan yoki (1.2-5) Bu formula istalgan m massali moddadagi zarralar (molekulalar) sonini aniqlash imkonini beradi. Modda molekulasi massasini zichligi va xajmi orqali ifodalasak (1.2-6) kelib chiqadi. Agar modda molekulasini shar shaklida deb olsak, moddaning xajmini (1.2-7) deb hisoblash mumkin. Bu yerda r - modda molekulasining radiusi. (1.2-7) formulani inobatga olsak (1.2-7) formuladan molekulaning radiusi (o‘lchami)ni aniqlash mumkin. (1.2-8) Masalan: Suv molekulasini shardan iborat deb uning o‘lchamini aniqlasak, (suv uchun =0,018 kg/mol, =103 kg/m3) ga teng. Bundan ko‘rinadiki, istalgan moddaning molyar massasi, zichligi ma’lum bo‘lsa u modda molekulasining o‘lchamini (1.2-8) formula orqali aniqlash mumkin. Odatda molekula o‘lchami 10-10m tartibga ega. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling