A. Y. V a h o b o V, T. S. M a L ik o V


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/14
Sana18.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1707511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 mavzu Moliyaviy siyosat

A.V. Vahobov. T.S. M alikov
sidagi masala bo‘yicha moliya nazariyasining asosiy yo‘nalishlari 
mumtoz burjuaziya siyosiy iqtisodchilari A.Smit (1723—1780) va 
D.Rikardo (1772—1823) hamda ingliz iqtisodchisi J.Keyns (1883- 
1946) va ularning izdoshlari tomonidan aniqlangan.
Mumtoz siyosiy iqtisod asoschilari bo‘lgan A.Smit va 
D.Rikardolar ilgari surgan konsepsiyalarning mohiyati shundan 
iboratki, davlat iqtisodiyotga aralashmasdan erkin raqobatni 
saqlamog‘i lozim va jamiyat xo‘jalik hayotini tartibga solishda asosiy 
rol bozor mexanizmlariga ajratilishi kerak. Ana shu prinsiplarni 
inobatga olgan holda yigirmanchi yuz yillikning 20-yillari oxiriga 
qadar moliyaviy siyosat davlat xarajatlari va soliqlarni cheklashga, 
davlatning muvozanatli byudjetini ta’minlashga qaratildi. Shu 
maqsadlarga muvofiq ravishda moliyaviy munosabatlami tashkil 
etish, asosan, harbiy, boshqaruv va davlat qarzini qaytarish hamda 
unga xizmat qilish xarajatlarini byudjetdan moliyalashtirish orqali 
•davlat ftmksiyalari amalga oshirilishini ta’minladi. Byudjet daromad­
lari esa, asosan, egri (bilvosita) soliqlar yordamida shakllantirildi.
XX asrning 20-yillari oxirlaridan boshlab keynschilik nazariy 
konsepsiyasi ustunlik qila boshladi. Unga ko‘ra, iqtisodiyot 
taraqqiyotida davlat rolini takror ishlab chiqarish jarayonining davriy 
rivojlanishiga aralashish va uni tartibga solish orqali kuchaytirish 
zarurligi asoslandi. Bunday moliyaviy siyosatni amalga oshirishning 
asosiy vositasi sifatida yangi ish joylarini yaratishga yo‘naltirilgan 
davlat xarajatlari maydonga chiqdiki, bu narsa bir vaqtning o‘zida 
bir necha iqtisodiy va ijtimoiy vazifalaming yechilishiga imkon berdi: 
aholining bandlik darajasi ortdi va aksincha, ishsizlik kamaydi; 
tadbirkorlik faoliyati o‘sdi; qo‘shimcha talab shakllantirildi; MD 
ko‘paydi; ijtimoiy ehtiyojlarni moliyalashtirishda katta imkoniyatlar 
paydo bo'ldi va h.k.
Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi Davlat byudjeti xarajatlari 
oshishiga olib keldi va shunga muvofiq ravishda bir vaqtning o ‘zida 
davlat daromadlari oshirilishini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy 
choralar ko‘rildi. Daromad solig'i davlat daromadlarini oshirishdagi 
asosiy manbaga aylandi. Uni hisoblashda soliqqa tortishning prog- 
ressiv stavkalari qo‘llanildi. Soliqlarning bunday tizimi MDni 
taqsimlashda davlatning rolini oshirishga olib keldi.
46


________________________________________
M alim
Moliyaviy yo‘nalishda har ikkala nazariy konsepsiyalar 
o'rtasidagi farq mohiyatan byudjet defitsitini turli xilda baholanishi 
bilan belgilanadi. Agar birinchi konsepsiya defitsitsiz byudjetni 
shakllantirish va undan foydalanish zarurligidan kelib chiqqan bo‘Isa, 
ikkinchi konsepsiya esa byudjet defitsitining bo‘lishi mumkinligiga 
yo'l qo'ygan va ayni zamonda iqtisodiy o‘sishni rag'batlantirishda 
byudjet defitsitiga faol rol ajratgan.
Haqiqatdan ham XX asrning 30—60-yillarida keynscha moliya­
viy siyosat deb nom olgan siyosat g‘arb mamlakatlarida o‘z samara- 
dorligini isbotladi. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi kengayishi 
va tartibga soluvchi funksiyasining kuchayishi oqibatida moliyaviy 
munosabatlami tashkil qilish murakkablashdi. Davlat xarajatlarini 
defitsitli moliyalashtirish siyosati davlat krediti rivojlanishini belgilab 
berdi. Uzoq va o‘rta muddatli qarzlarni jalb etish ssuda kapitallari 
bozorining rivojlanishiga olib keldi va o ‘z ahamiyati bo‘yicha davlat 
moliyaviy resurslarini shakllantirishdagi ikkinchi manbaga aylandi. 
Natijada MDni qayta taqsimlashda moliyaning roli yanada kuchaydi.
XX asrning 70-yillarida iqtisod nazariyasidagi neoklassik 
yo'nalish moliyaviy siyosatning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilab 
berdi. Bu konsepsiya davlatning tartibga soluvchilik rolidan voz 
kechmasa-da, uning iqtisodiyotga va ijtimoiy sohaga aralashuv 
darajasini biroz chekladi. Amalda esa davlatning aralashuvi 
kamaymadi, aksincha biroz kuchaydi. Chunki bunday aralashuv 
endilikda faqat Davlat byudjetining daromadlari va xarajatlari orqali 
amalga oshirilib qolmasdan, pul muomalasi, valyuta kursi, ssuda 
kapitallari va qimmatli qog'ozlar bozorini ham tartibga solish orqali 
sodir etildi. Buning natijasida davlatning ta’sir doirasi kengaydi va 
kapitallar oqimida uning roli kuchaydi. Bularning barchasi 
taraqqiyotning qayta qurish tuzilmasiga va ijtimoiy omillariga o'z 
ta’sirini ko'rsatdi.
Hozirgi paytda rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy siyosati 
zamonaviy nazariyalar ostida bo'lib, bu nazariyalar amalda tartibga 
solish tizimining konvergensiyasidan (qo'shilib ketganligidan) iborat. 
Shunga muvofiq ravishda ayrim davlatlar davlat tomonidan tartibga 
solishning ham keynschilik hamda neokeynschilik tizimi element - 
laridan foydalanadilar.
47



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling