A. Y. V a h o b o V, T. S. M a L ik o V


Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari)


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana18.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1707511
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 mavzu Moliyaviy siyosat

2.2. Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari)
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismlari (yo'nalishlari) 
quyidagilardan iborat:
byudjet siyosati;
• soliq siyosati;
• pul siyosati;
50


____________________________________ Mdim
• kredit siyosati;
baho siyosati;
• investitsion siyosat;
• ijtimoiy-moliyaviy siyosat;
• boj siyosati.
O'z navbatida, moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy 
siyosatini amalga oshirish vositasi hisoblanadi va shu ma’noda 
yordamchi rolni o'ynaydi. Bir vaqtning o‘zida davlat siyosatining 
boshqa — milliy, geosiyosat, harbiy — yo'nalishlari ham mavjudligini 
esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo'nalishning 
(iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig'indisi davlat 
siyosatini amalga oshirishdagi asosiy vosita sifatida xizmat qiladigan 
moliyaviy siyosatni aniqlab beradi.
Moliyaviy siyosat moliyaviy boshqaruvning tarkibiy qismi 
sifatida boshqaruvga xos yuqori (oliy) organlarga tegishlidir. 
Mamlakat sub’ektlari darajasida moliyaviy siyosat borasida qarorlar 
qabul qilish imkoniyatlari cheklangan va mahalliy hokimiyat 
organlarining funksiyalari unchalik katta emas. Ularning bu 
funksiyalari byudjet va mahalliy soliqlar bilan chegaralanadi.
Moliyaviy siyosatning tarkibiy qismi (yo'nalishi) sifatida davlat­
ning byudjet siyosati, eng awalo, har bir mamlakatning Konstitut- 
siyasi va byudjet jarayonida hamda qonun ijodkorligida alohida 
hokimiyat organlari funksiyalarini belgilovchi boshqa qonunlar 
majmuiga muvofiq aniqlanadi. O'zining hajmi va muhimligi jihati- 
dan katta ish bo'lishiga qaramasdan byudjet siyosatini faqat byudjet 
jarayoniga tegishli deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Qonun 
byudjet jarayonida hokimiyatdagi qonunchilik va ijroiya organlari 
funksiyalarini, mam lakat sub’ektlari funksiyalarini, byudjet 
federalizmi prinsiplarini, byudjet jarayoni sub’ektlarining huquq 
va majburiyatlari va h.k.larni aniq belgilashi kerak. Biroq byudjet 
siyosati shu bilan cheklanmaydi. Byudjet siyosati byudjetda to'plana- 
digan YalM hissasini aniqlashda, mamlakat yuqori va quyi organlari 
munosabatlarida, byudjet xarajatlar qismining tarkibiy tuzilishida, 
turli darajadagi byudjetlar o'rtasida xarajatlami taqsimlashda, davlat 
qarzini boshqarishda, byudjet defitsitini qoplash yo'llarini aniqlashda 
ifodalanadi.
51


A.V. Vahobov, T.S. M alikov

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling