A. Y. V a h o b o V, T. S. M a L ik o V
Download 0.56 Mb. Pdf ko'rish
|
2 mavzu Moliyaviy siyosat
A.V. Vahobov, T.S. Malikov
o‘zgarmasdan qolaversa, amalga oshiriladigan soliq islohotlari uning mohiyatini o'zgartirmasa, bunday holda davlatning moliyaviy siyosati davlat hokimiyatining tegishli organlari tomonidan faol ravishda hayotga tadbiq etilayotgan alohida shaxslar guruhining moliyaviy siyosatiga aylanib qoladi. Yuqorida bayon qilinganlardan quyidagi uch mantiqiy xulosa kelib chiqadi: • birinchidan, moliyaviy siyosat faqat o‘z manfaatlarini ko‘zda tutadigan hokimiyat organlarining u yoki bu maqsadlarga erishishi vositasi emas, balki jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini yechish vositasi bo'lishi kerak; • ikkinchidan, davlatning moliyaviy siyosati faqat davlat hokimiyat organlarining emas, balki moliya tizimi barcha sub’ektlarining manfaatlarini hisobga olishi lozim; • uchinchidan, davlat moliyaviy siyosati va davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatini farqlash zarur. Shunday qilib, davlat moliyaviy siyosatini mamlakat moliya tizimining barcha bo‘g‘inlarida moliyaviy resurslar o'sishini mutanosiblashtirilgan holda ta’minlash bo‘yicha davlat ijtimoiy- iqtisodiy siyosatining bir qismi sifatida qarash kerak. Xorijiy tajriba- laming ko'rsatishicha, moliyaviy resurslarning mutanosiblashtirilgan holda o'sishi zarurligini inkor etish mamlakat moliya tizimining degradatsiyalashuviga, iqtisodiyotning yemirilishi va vayron bo‘li- shiga olib keladi. Moliyaviy siyosatning o'ziga xos bo‘lgan eng asosiy xususiyati shundan iboratki, bu siyosat mam lakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga va iqtisodiy muvaffaqiyatlarga uzluksiz ravishda ta’sir ko‘rsatib turishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Bunday siyosat aholining turmush farovonligini ta ’minlab va davlat daromadlari manbaini ko‘paytirib, moliyaviy xo'jalikka nisbatan eng yuqori natijalami berishi mumkin. Moliyaviy siyosat ana shunga yo‘naltirilganligi orqali uning quyidagi eng asosiy maqsadini aniqlash mumkin: jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, aholi turmushi darajasi va sifatini oshirish uchun moliyaviy sharoitlarni yaratish moliyaviy siyosatning asosiy maqsadidir. Agar gap korxonalarning moliyaviy siyosati xususida ketadigan 42 МаМуд b o ‘lsa, bu narsa korxona m oliyaviy m enejerlarining biznesni yuritish m aqsadlariga erish ish bo rasid ag i fao liy atin i an g latad i. K o rx o n a m o liyaviy siy o sa tin in g m a q sa d i q u y id a g ila rd a n ib o ra t b o ‘lishi m um kin: • raqobat kurashi sharoitida korxonaning sog'lom faoliyat ko‘rsatishiga erishish; • yirik moliyaviy muvaffaqiyatsizliklardan va bankrotga (kasodga) uchrashdan qochib qutilish; • raqobatchilar bilan kurashda yetakchilikka erishish; • korxonaning bozor qiymatini maksimallashtirish; • korxona iqtisodiy salohiyatining o‘sish sur’atlarini barqaror o‘stirish; • ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini oshirish; • foydani maksimallashtirish; • xarajatlarni minimallashtirish; • rentabelli faoliyatni ta’minlash • va boshqalar. Korxona moliyaviy siyosatining u yoki bu maqsadlaridagi ustuvorlik, eng awalo, biznes yuritishning maqsadlariga muvofiq ravishda aniqlanadi. Q o ‘y d g a n maqsadlarga erishish uchun tegishli moliyaviy mexanizmdan foydalaniladi. Moliyaviy siyosat moliyaning o‘zida bevosita mujassam bo‘lgan boshqaruvning salohiyatli imkoniyatlarini, ishning aniq metodlari, moliya tizimi (boshqaruv sub’ektlari) organlarini tashkil qilish bilan bir joyga bog'lashga imkon beradi. Dunyoning barcha mamlakat - larida moliyaviy siyosat moliya tizimi orqali amalga oshirilib, uning faoliyati quyidagi prinsiplar asosida quriladi: • moliya tizimi bo‘g‘inlarining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olib moliyaviy boshqaruvni amalga oshirish; • barcha moliyaviy muassasalar funksiyalarining umumiyligi; • barcha quyi boshqaruv organlarining faol ishtirokida markazdan umumiy boshqarish. Moliyaviy siyosatni amalga oshirishning asosiy metodologik prinsiplari quyidagilardan iborat: • oxirgi maqsadga bog‘liqlik; • xo‘jalikdagi barcha tarmoqlaming makroiqtisodiymutanosibligi; 43 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling