A. Y. V a h o b o V, T. S. M a L ik o V


Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o‘ziga


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana18.10.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1707511
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2 mavzu Moliyaviy siyosat

2.3. Hozirgi bosqichdagi moliya siyosati va uning o‘ziga 
xos xususiyatlari
Yaqin o'tmishda, ya’ni sho'rolar davrida mamlakatimizning 
iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga, ma’lum ma’noda, to'sqinlik qilib 
kelgan moliyaviy siyosat yurgizilgan edi. Buning ustiga shu davrlar 
mobaynida mamlakat taraqqiyotini ta ’minlashda faol moliyaviy 
siyosatning roliga yetarlicha baho berilmadi. Jamiyat hayotining 
barcha jabhalarida va eng aw alo, iqtisodiy sohada moliyaviy 
munosabatlarning mavqyei buzib ko'rsatildi. Moliya va moliyaviy 
dastaklarning faol roli inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan 
muammolarni hal qilishga qaratilgan zarurusullarni ishlab chiqishga 
ojizlik qilib qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo'ljallangan va 
ilmiy jihatdan asoslangan konsepsiyalaming ishlab chiqilmaganligi, 
kam samara beradigan, qisqa muddatli foyda olishni ko'zlab amalga 
oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni qiyin ahvolga olib keldi.
O'zbekiston mustaqillikka erishib, iqtisodiy rivojlanishda bozor 
munosabatlariga yuz tutar ekan, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida 
bo'lgani kabi, moliya va moliyaviy munosabatlarda ham chuqur
57


islohotlarni amalga oshirishga to ‘g‘ri keldi. Belgilangan strategik 
vazifalar davlatning taktik chora-tadbirlari asosida bajarila boshlandi.
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga 
solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya qilishga 
qaratilgan boj siyosati ishlab chiqilib, hayotga tadbiq etildi. Bu 
siyosat hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson 
salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlar kirib kelishiga yo‘l 
qo'ymaslik va ilg'or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natija- 
larining mamlakat iqtisodiyotida yetakchi boMishini rag'batlantirish 
vositasida og'ishmay amalga oshirilmoqda.
O'zbekistonda moliyaviy siyosatning hozirgi kundagi asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat:
• davlat byudjetidagi defitsitni yo‘l qo'yilgan eng kam daraja 
doirasida (YalMning 3—4%i atrofida) cheklashga yo'naltirilgan 
qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish;
• davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur 
tarkibiy o'zgarishlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishning o'sishini 
ko'zlab yo'naltirishni ta ’minlash;
• ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish 
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini 
ta’minlash, fuqarolar konstitutsiya bilan kafolatlangan huquqlarini 
himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin 
mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini ko'tarish 
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish;
• ijtimoiy himoyaning maqsadli bo'lishiga erishish, moliyaviy 
m ablag'larning ijtim oiy yordam ga haqiqatda m uhtoj aholi 
qatlamlariga yetib borishini ta’minlash;
• Davlat byudjeti va korxonalar moliyaviy ahvolining barqa- 
rorligini ta’minlash;
• byudjet intizomiga qat’iy rioya qilish;
• soliq siyosatini takomillashtirish, soliqlarning iqtisodiyotga 
rag'batlantiruvchi ta ’sirini kuchaytirish maqsadida:
— soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy, 
tabiiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to'plangan mol-mulkdan 
samarali foydalanishga rag'batlantiruvchi ta ’sirini oshirish;
— korxonalar zimmasidagi soliq yukini, qo'shilgan qiymat va
A.V. Vahobov. T.S. M alikov
____________________________________
58


МаМт
foyda solig‘idan olinadigan soliq stavkalarini kamaytirish va shu 
asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
— soliq tushumlari tarkibini tubdan o'zgartirish, resurslar, mol- 
mulk solig'ining rolini oshirish, jismoniy shaxslardan soliq undirish- 
ning ilg‘or tizimini joriy etish.
• mahalliy byudjetlarni shakllantirish manbalari bolg an res- 
publika soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara o4ka~ 
zish;
• Davlat byudjeti daromadlarining katta qismini joylarga birik- 
tirish, mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkam- 
lash;
• soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga 
tadbiq etuvchi tegishli moliya-soliq mexanizmini ishlab chiqish va 
takomillashtirish;
• va boshqalar.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz moliya siyosati muammolari 
qatoriga uning hayot bilan hamnafasligini ta ’minlash, davlatimiz 
rivojlanishining o ‘zgargan sharoitlariga tezda moslasha bilishini 
ta ’minlash, o‘z yechimini kutayotgan vazifalarni hal etish uchun 
kerakli usullarni o ‘z vaqtida topa bilish, strategik konseptual 
yechimlarni ishlab chiqish, mablag'larga qarab yashash talabiga 
rioya etilishini ta’minlash, fuqarolar ijtimoiy talab-ehtiyojlarini 
qondirishning moliyaviy asosini belgilashda qoldiq usulidan ijtimoiy 
xarajatlarning maqsadliligini ta’minlashga ohish kabi tadbirlar kiradi.
Hozirgi sharoitda ishlab chiqilgan davlat moliya siyosati 
konsepsiyasining maqsadi iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, 
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini butun choralar bilan oshirish 
asosida jamiyat a ’zolarining turmush farovonligi darajasini ta’min- 
lashdan iborat. Moliya strategiyasining ijtimoiy yo‘naltirilganligi 
xalq farovonligini oshirishga yuboriladigan moliya resurslarini 
ko'paytirish imkoniyatlarini qidirib topishda namoyon bo'libgina 
qolmay, balki iqtisodiy siyosatning bosh maqsadiga butunlay 
yangicha yondoshuvda ham namoyon bo‘ladi va endilikda aholi 
turmush darajasi va ishlab chiqarishning o ’sishini moliyaviy resurs- 
laridan samarali foydalanish yo'nalishlarini belgilaydi.
Ijtim oiy him oya, birinchi navbatda, kam t a ’m inlangan
59



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling