Vazifa 1 (1). А) O’zbekiston ibtidoiy jamiyat davrida


Download 25.37 Kb.
Sana03.06.2020
Hajmi25.37 Kb.
#114140
Bog'liq
1 VAZIFA


Vazifa 1 (1). А) O’zbekiston  ibtidoiy jamiyat davrida





Davrlar nomi

Xronologiya

Manzilgohlar

Iqtisodiy hayot

Ma’naviy hayot

Odam turi

Poleolit

Ilk paleolit

Bundan 3-2,5 million yillardan

100- ming yilliklargacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.



Mamlakatimizning ilk paleolit davri, geologlaming hisobiga ko‘ra, tabiiy-geografik jihatdan yozi issiq, qishi sovuq, yog‘ingarchilik kam bo'lgan iqlim tartibi qaror topgan davrga to‘g‘ri keladi.

Ilk paleolit davrida odamlar to‘da-to‘da bo'lib, asosan, g'orlarda yashaganlar, tabiatdagi tayyor narsalarni-daraxtlarning mevalarini, o'simlik ildizlarini kovlab yeb tirikchilik qilganlar. Ular birgalashib yirik hayvonlarni ovlab, ushlab yeganlar, shuningdek, mayda jonivorlarni, ularning tuxumlarini ham iste’mol qilganlar.

qadimgi odamlarning mashg'ulotlari terib ozuqa topish, hayvonlarni ovlash, tosh qurollar yasash va ularni mukammallashtirishdan iborat bo'lgan. Mana shunday mehnat jarayonida odamlarning o'zlari ham o'zgarib, takomillashib borgan.

qadimgi odamlar hozirgi vaqtdagi odamdan anchagina farq qilardi. Ular ikki oyoqlab, oldinga engashgan, qo'llarini tizzasigacha osiltirgan holda yurganlar, qo'llari oddiy ishlarni - biron narsani ushlash, urish, yer kovlash kabilarni bajarishga qodir bo'lgan. Qadimgi odamlarning peshonasi tor, miyasi kichik bo'lgan, hali gapira olmagan, uzuq-yuluq ovozlar chiqarib g'azab va qo'rquv, yordamga chaqirish alomatlarini bildirganlar.

O’rta paleolit

Bosqichi bundan 100-40 ming yillar awalgi davrdir. Arxeologiyada bu davr Mustye2 madaniyati deb ham yuritiladi.

0 ‘rta paleolit odamlarining manzilgohlari Teshiktosh yaqinidagi Amir Temur g‘oridan, Samarqand viloyatining Omonqo‘ton, Qo‘tirbuloq, Zirabuloq, Toshkent viloyatining Xo‘jakent, Obirabmat, Farg‘ona vodiysining Qayrag‘och qishlog‘idagi Boqirg‘on darasi, Palmon qishlog‘i yaqinidagi Xo‘jaxayr soyi, Buxoro viloyatining Qizil Nura, Navoiy viloyatining Uchtut deb atalgan tog‘ yon bag‘irlaridagi o‘ng‘ur va buloq yoqalaridan topildi va o‘rganildi.

0 ‘rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali olovni kashf etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to‘yimli go‘sht iste’mol qilishgan, yirtqich hayvonlarni olov bilan qo'rqitishgan. Olovni bilib olish odamlar hayotida, ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo‘lgan.

Dastlabki odamlar hayvonlar kabi osmonda sodir bo‘ladigan momoqaldiroq va chaqmoq zarbidan, vulqon otilganda paydo bo'ladigan olov lavasidan, dahshatli yong'indan qo'rqar edi, keyinchalik undan foydalana boshlaydilar, olovni o‘chirmaslik uchun navbatchilik qilib, olovga shox-shabba tashlab turishgan

Mamlakatimiz hududida o'rta paleolit yoki mustye davri, avvalo, odamlar qiyofasining o'zgarishi, neandertallarning1 vujudga kelishi 1 Gcrmaniyaning Ncandcrtal vodiysidan topilgan, bundan 100-40 ming yillar ilgari yashagan odamlarga berilgan nom. bilan farqlanadi. Ulaming peshonasi va jag‘ tishlari bo'rtib chiqmagan, miyasi kattaroq bo‘lgan, tik yura olgan.

So’ngi poleolit

bosqichi miloddan taxminan 40-12 ming yillar oldingi davrdir.

So'nggi paleolit odamlarining manzilgohlari Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida ham topilgan. O'rta Osiyoda 30 dan ortiq bunday yodgorliklar topib o'rganilgan.

So'nggi paleolit oxirida yuz bergan tub o'zgarish ibtidoiy to'da o'rnida urug' jamoalarining vujudga kelishidan iborat bo'ldi. Qonqarindoshlikka asoslangan urug'jamoalari ona urug'i doirasida rasmiylashdi, u tarixda matriarxat deb nom oldi. Bir urug'dan tarqalgan odamlar jamoasi katta bir g'orda yoki bir necha kulbadan iborat joyda birgalikda yashagan, birgalikda mehnat qilgan, mehnat mahsulotlari butun urug' a'zolarining umumiy mulki hisoblangan.

Mehnat qurollari tayyorlash, ovqat topish, yoshlarga ov qilishni o‘rgatish ishlariga urug‘ oqsoqoli rahbarlik qilgan. Urug'ning eng tajribali va hurmatli a’zosi oqsoqol bo‘lgan

So'nggi paleolit davridayoq insonning yevropoid, negroid, mongoloid kabi irqiy turlari paydo bo'ladi.Bu irqlar odamlar taraqqiyotining sifat ko'rsatkichi bo‘lmay, tabiiy shart-sharoitlar ta’sirida vujudga keladi. Yevropoidlar Yevropada, Negroidlar Afrikada, Mongoloidlar Shimoliy, Sharqiy va Janubiy Osiyoda yashaganlar.

2

Mezolit

Yunoncha "mezos" - o‘rta, "litos" - tosh degan ma’noni bildiradi - o'rta tosh davri deyiladi va u miloddan awalgi 12 minginchi yillardan milloddan awalgi 7 ming yillikkacha davom etadi.

1967— yilda Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Bo‘zsuv soyining ikki tarmog'i qo'shilgan joyida mezolit davriga oid manzilgohni topadi, bu yodgorlikning yoshi miloddan awalgi o‘n mingginchi yilliklarga to‘g‘ri keladi. Bu manzilgoh Qoshilish nomi bilan ataladi. Bu makondan tosh qurollari, mezolit davri jamoalari qoldiqlari topildi. Surxondaryo viloyatidagi Ko‘hitongning Machay soyi qirg‘og‘idagi g‘orda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bu g‘orda mezolit davri odamlari uzoq yillar davomida yashaganligidan dalolat beruvchi madaniy qatlam ochildi. Machay manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurollari, o‘choq va kul qatlamlari topilgan.

O'q-yoydan foydalanish insoniyat taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo'lib, ovchilikni insonlarning hayot manbaiga aylantirdi, ovdan keladigan daromad va zaxiralar ko'payib borgan. O'q-yoy quroli odamning yolg'iz o‘zi hayvonlarni ovlashi, jamoadan ajralib hayot kechirishiga imkoniyat yaratadi.

Mezolit davriga oid mozorlarning tahlili odamlarda diniy e’tiqod shakllanayotganini, u dunyoga ishonganini ko'rsatadi. Machay qabristonida jasad chalqanchasiga yotqizilgani, ustiga qizil rang sepilib, atrofiga tosh taqinchoqlar terib qo'yilgani aniqlangan. Ko'hitong tog'idagi Zarautsoy qoyasidan (hozirgi Surxondaryo viloyati) topilgan suratlar esa tasviriy san’atning vujudga kelganligini ko'rsatadi.

Surxondaryo viloyatidagi Ko‘hitongning Machay soyi qirg‘og‘idagi g‘orda olib borilgan tadqiqotlar natijasida bu g‘orda mezolit davri odamlari uzoq yillar davomida yashaganligidan dalolat beruvchi madaniy qatlam ochildi. Machay manzilgohidan odam skeletlari, turli xil tosh va suyak qurollari, o‘choq va kul qatlamlari topilgan. Machayliklarning ov hayvonlari asosan tog1 arxari va jayronlar bo‘lganligi aniqlandi.

3

Neolit

Yunoncha "neos" - yangi, "litos" tosh degan ma’noni bildiradi -yangi tosh davri bo'lib, unga miloddan awalgi 6- 4- ming yillik kiradi.

Mamlakatimiz hududidan neolit davriga doir ko‘plab arxeologik yodgorliklar, odamlar yashagan manzilgohlar topilgan. Amudaryoning qadimgi Oqchadaryo deltasi yonidagi Kaltaminor kanali yaqinidan neolit davriga doir odamlar manzilgohi, Amudaryoning Yuqori Uzboy irmog'i va Orol dengizining shimoli-sharqiy bo'ylaridan yana ko'plab makonlartopibo‘rganildi. Bulaming hammasiga Kaltaminor madaniyati degan nom beriladi.

Neolit davrida qurollar ishlash texnikasida tub o'zgarish - inqilob sodir bo'ldi. Yangi tosh qurollari orqali silliqlash, pardozlash, parmalash usullari ixtiro etildi. Tosh qurollari orasida tosh boltalar, ponalar, iskanalar, tosh teshalar paydo bo'ldi. Neolit davri "toshboltalar asri" ham deyiladi. Hunarmandchilikning sopol buyumlar yasash tarmog'i vujudga keladi. Shuning uchun bu davrni "sopol asri" ham deyishadi.

Neolit davrida ishlab chiqaruvchi xo jalik shakllanib boMadi. Bu insoniyat erishgan katta yutuq bo'lib, odamlar tabiatga qaramlikdan butunlay qutiladilar. Urug' jamoalari ozuqa izlab ko‘chib yurishdan o‘troq hayot kechirishga o'tadilar. Doimiy yashaydigan kulbalar, uylar yasash odamlarning turmush tarziga aylandi, qishloqlar vujudga keldi.

Neolit davrida odamlar hayvon terisidan tikilgan kiyimlar o‘rniga jun va o'simlik tolasidan to‘qilgan matolardan tikilgan kiyimlar kiyadigan bo‘ladilar. Hunarmandchilikda to'qimachilik, tikuvchilik tarmog‘i ham paydo bo'ladi.

4

Eneolit

misdan qurollar yasash o'zlashtirilgani uchun mis-tosh davri deyiladi, u miloddan awalgi 4- ming yillikda yuz beradi.


0 ‘zbekiston hududidan eneolit va bronza davri odamlari hayotini tasvirlovchi ko'plab manzilgohlar topib o‘rganilgan. Buxoro viloyati Qorako'l tumani markazidan 15 km. shimoli-sharqdagi Zamonbobo ko'li atrofida 1950— yillarda Ya.G'G'ulomov, 1960— yillarda A.Asqarov tadqiqot ishlari olib borib, eneolit va bronza davri odam larining makoni va qabristonini topib o'rganadilar.


Zamonbobo makonidan maydoni 170 kv.m bo'lgan yerto'la tipidagi uy, ikki chayla, kulol-chilik xumdoni va boshqa ashyolar topildi. Makonning janubi-sharqiy tomoni suv toshqinidan himoyalanish maqsadida dambaga o'xshash devor bilan o'ralganligi ma'lum bo'ldi. Qazishlar vaqtida yerto'la va uning atrofidan o'choq o'rni, ustunlar o'rnatilgan chuqurchalar, qoramol, echki va yovvoyi hayvonlarning suyaklari, qorayib ketgan bug'doy va arpa donlari, qamish va poxol qoldiqlari. toshdan yasalgan yorg'uchoq siniqlari, chaqmoq toshdan yasalgan o'roq parchalari, toshdan yasalgan munchoqlar topildi.


Topilmalar zamonboboliklarning dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganini ko'rsatadi.

Odamlar bir-birini taniydigan, muloqotda boMadigan, bir urug'ga, avvalo, ona urug‘iga, keyinroq ota urug‘iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo‘ldi, mushkuli osonlashib bordi

5

Bronza

mis va qalay qotishmasidan mehnat qurollari yasash o'zlashtirilgan davr bo'lib, miloddan awalgi 3-2 minginchi yillarni o'z ichiga oladi.

Bronza davriga oid manzilgohlar hozirgi Xorazm va Qoraqalpog'iston hududlaridan ham topilib o'rganilgan. Amudaryo etaklaridagi Tozabog'yob kanali yaqinidan topilgan Tozabog‘yob madaniyati, Amirobod kanali etaklaridan topilib o'rganilgan Amirobod madaniyati shular jumlasiga kiradi.

Mamlakatimizning shimolidagi cho'l va dasht joylarida chorvador urug' jamoalari va qabilalar yashagan. Ularda chorvachilik xo'jalikning asosiy tarmog'i bo'lgan. Otliq cho'ponlar qoramol, qo'y, echkilardan iborat podalarni uzoq joydagi yaylovlarga haydab borganlar. Chorvadorlar yil fasllariga mos joylarga ko'chib yurganlar, novdadan to'qilgan uylar, ho'kizlar qo'shilgan g'ildirakli aravalardan foydalanib uzoq joylarga ham bora olganlar. Bu jarayon turli qabilalarning uchrashuvini, tanishuvini ta’minladi.

odamlar o'troq holda urug' jamoa bo'lib yashaganligi, sug'orma dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganligi aniqlandi

Ular o'zaro fikrlashadigan, aloqa qiladigan bo'ldilar, bir-birini tushunish uchun umumiy so'zlar topdilar. Asta-sekin bir nechta qabilalardan o'zaro tushunarli tilda gaplashadigan odamlarning katta guruhi - elatlar shakllanadi..



Odamlar bir-birini taniydigan, muloqotda boMadigan, bir urug'ga, avvalo, ona urug‘iga, keyinroq ota urug‘iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo‘ldi, mushkuli osonlashib bordi

6

Temir asr

Miloddan awalgi bir minginchi yillar boshlarida temirdan turli qurollar va asbob-uskunalar yasashning o'zlashtirilishi natijasida boshlanadi.

mamlakatimiz odam paydo bolgan ilk mintaqalardan

biridir. Vatanimizda odamlar qariyb million yillardan beri yashab

kelmoqdalar.


Miloddan awalgi birinchi ming yillik boshlarida ajdodlarimiz temirdan mehnat qurollari, qurol-yaroqlar, bezakli buyumlar yasashni o'zlashtiradilar va mamlakatimizda temirdan foydalanish keng tarqaladi. Odamlar hayotida temir davri boshlanadi.

Uy-joy qurilishi bir muncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo'lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g‘ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga mo'ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. Shu tariqa, odam larning turmush tarzi ham 0‘zgarib bordi, yashash bir muncha yaxshilandi, odamlar umri uzaydi. Bular aholining ko'payishini ta’minladi.

Odamlar bir-birini taniydigan, muloqotda boMadigan, bir urug'ga, avvalo, ona urug‘iga, keyinroq ota urug‘iga uyushib, bir joyda, birgalikda mehnat qilib yashaydigan bo‘ldi, mushkuli osonlashib bordi.


Vazifa1. B) Moveraunnaxrda arablar zulmiga qarshi kurash

Qo’zg’olon

Qachon  bo’lib o’tdi

Qaerda bo’lib o’tdi

Ishtiroq etgan kuchlar

Natija


Go’rak va Divashtich qo’zg’oloni



720- 722 yillarda birinchilar qatorida Arablarga qarshi

So’g’diyonada

So’g’dliklarning birlashgan kuchlari

Arablarga qarshi muvaffaqiyatli janglar qilib bir necha sezilarli zarbalar berganlar.

Abu Muslim qo’zg’oloni

751 -yillda

Tolos vodiysida

Abu Muslim boshchiligidagi qo’zg’alonchi kuchlar



Iroq va Jazoirda ummaviylar qo’shinlariga bir necha bor qaqshatkich zarbalar berdilar.

Muqanna

Oq kiyimlilar” qo’zg’oloni.



769 yilda

Arab istilochilari istibdodiga qarshi Movarounnahrdagi eng katta qo’zg’olon 

Oq kiyimlilar” yoki

qo’zg’olon rahbarining ismi bilan Muqanna qo’zg’oloni deb yuritiladi.



Bu qo’zg’olon deyarli butun Markaziy Osiyo hududlariga tarqaldi. 


Rofe ibn Lays qo’zg’oloni.

806 -810 yillarda

Movarounnahr va Xurosonda

Abbosiylar xalifaligiga qarshi koʻtarilgan qoʻzgʻolon. Bu qo’zg’alonga Nasr ibn Sayyo’rning nabirasi, buxorxudot Tugʻshodaning kuyovi Rofe ibn Lays boshchilik qilgan.

Rofe Ibn Lays QoʻzgʻoloniRofe Ibn Lays Qoʻzgʻoloni Movarounnaxr va Xurosonda xalifalik hokimiyati inqirozining tezlashuvi hamda somoniylar sulolasi vakillari Nuh ibn Asadii Samarqand, Axmad ibn Asadni Fargʻona (Narshaxiyning yozishicha, Marv), Yahyo ibn Asadni Choch va Usrushona, Ilyos ibn Asadni Hirot amirlari bulishi (817)ga imkon yaratdi

Download 25.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling