A yillik ish xajmi
ATK bo‘yicha TXK, avtomobil resurs yo‘li, mukammal ta’mirlash davriyligi va texnik tayyorgarli koeffitsientini hisoblash
Download 116.82 Kb.
|
10- mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Ishning mazmuni
ATK bo‘yicha TXK, avtomobil resurs yo‘li, mukammal ta’mirlash davriyligi va texnik tayyorgarli koeffitsientini hisoblash.
1.Ishdan maqsad: Talabalarga ATK da TXK va avtomobil resurs yo’li yoki mukammal ta’mirlash davriyligini hisoblashda kompyuterni qo’llashni o’rgatish. 2.Ishning mazmuni: Avtomobil resurs yo’li yoki mukammal ta’mirlash davriyligini kompyuterda «EXCEL» dasturi yordamida hisoblash. 3.Jihozlar: Zamonaviy kompyuterlar Nazariy qism Avtotransport tarmog’i korxonalarini loyixalash jarayonida bajariladigan xisob ishlarini amalga oshirishda m’eyoriy miqdorlarni tanlash va ularni muayyan sharoit uchun xisobiy miqdorlarini aniqlash va texnologik xisob uchun qabul qilish ishlarini bajarishda quyidagi me’yoriy xujjatlardan foydalaniladi. 1. Avtotransport korxonalarini texnologik loyixalashning umumittifoq me’yorlari-(TLUM-01-91)-M., Giproaktotrans, 1991. 2. UzDEU avto qo’shma korxonasining Neksiya, Damas, Tiko avtomobillariga TXK va T xaqidagi Nizom. – T., “Uzavtotrans”, 1997. 3. O’zbekiston Respublikasi Avtomobil transporti xarakatdagi tarkibining texnik xizmat va ta’miri xaqidagi Nizom. –T., O’zavtotrans Korporatsiyasi. 1999.-199 bet. 4. Qurilish me’yori va qoidalari (QMK II-95). 5. Respublika davlat standartlari. Avtomobil transportiga TXK va T xaqidagi Nizomlar 2 qismdan iborat. Nizomning birinchi qismida asosan TXK turlari, ularning dastlabki me’yorlari, me’yorlarni to’g’rilash metodlari, TXK va T ishlarini tashkil etish prinsiplari xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Nizomning 2-qismida avtomobil oilasining aniq rusumlari bo’yicha TXK va T ishlarining turlari, bajariladigan ish turlari, TXK davriyliklari va mexnat xajmi me’yorlari to’g’rilash koeffitsientlarining qiymatlari, ish xajmining taqsimoti, TXK va T ishlarini tashkiliy prinsiplari xaqida ma’lumotlar keltirilgan. Qurilish me’yorlari va qoidalari ma’lumotnomasida avtotransport korxonalarini xajmiy-rejalashtirish echimlariga qo’yiladigan talablar, qurilish kontruksiyalarining o’lchamlari, avtomobillarni ishlab chiqarish binosi ichida joylashish o’lchamlari va boshqalar xaqida ma’lumotlar berilgan. Download 116.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling