Gipotezani sinab ko‘rish. Har qanday eksperiment gipotezasi bilan birga nol gipoteza ham bo‘lishi mumkin. Nol gipoteza quyidagi ikki holat bilan izohlanadi: unga ko‘ra, a) o‘zgaruvchan hodisalar o‘rtasida munosabat mavjud emas va b) qo‘lga kiritilgan har qanday natija bu tasodifiydir. Eksperiment eksperiment gipotezasini sinab ko‘radi. Bunda eksperiment gipotezasining rostligi isbot qilinmasdan, balki nol gipotezaning yolg‘on ekanligini isbotlashga uriniladi. YA’ni, eksperiment nol gipotezaga qarshi dalil yig‘adi. Xulosalovchi statistika ma’lumotlarni nol gipotezaga qarshi taqdim etadi. Bunda taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, gipoteza qanchalik darajada nolga teng, yoki olingan natijalar qay darajada tasodifiy kabi savollarga javob topiladi. SHuningdek, bunda p-qiymat formatida ish olib boriladi, ya’ni psixologiyada 0.05 eng kichik qiymat sifatida qaraladi. SHunda agar p < 0.05 bo‘lsa, u holda nol gipoteza inkor etiladi. Agar nol gipoteza inkor etilsa, eksperiment gipotezasi ma’lumotning ma’qul izohi/sharhi sifatida qabul qilinadi.
O‘zgaruvchan hodisalar yoki o‘zgaruvchilar (variables). Butun yoki hodisaning o‘lchanadigan/sinaladigan xususiyatlari o‘zgaruvchan hodisalar deyiladi. Eksperiment o‘zgaruvchan hodisalar o‘rtasida munosabatlarga induktiv tarzda asos solishga qaratilgan harakatdir. O‘zgaruvchan hodisalar turlicha tasniflanadi: a) tabiat: xulq-atvor (behavior), stimul, sub’ekt (tadqiqot ishtirokchisi); b) rol: mustaqil, tobe, tashqi (extraneous) va doimiy (constant); v) tur: kategoriyali (categorical), alohida/bo‘lingan (discrete), davomiy (continuous), tirtibli (ordinal).
Tabiat sinfiga kiruvchi o‘zgaruvchilar. Bunda mazkur o‘zgaruvchi qaerdan kelib chiqqan? U eksperimentning qaysi aspektiga aloqador? kabi savollar qo‘yiladi. Xulq-atvor o‘zgaruvchilari: ishtirokchilar javoblari (grammatik reytingi, munosabat bildirish vaqti, fizik harakatlari va h.k.). Stimul o‘zgaruvchilari: ishtirokchilar javoblariga ta’sir qiluvchi omillar (so‘zning uzunligi, grammatik struktura, chastota va h.k.). Sub’ekt o‘zgaruvchilari: ishtirokchilarning o‘zgarmas xususiyatlari (yoshi, jinsi, millati va h.k.).
Do'stlaringiz bilan baham: |